Analitik usullar validatsiyasi Titrimetrik usullar validatsiyasi
Ma’ruza 3 AFFERENT INNERVATSIYAGA TA’SIR ETUVCHI MODDALAR. Afferent nervlar oxirida sezuvchanlikni kamaytiruvchi moddalar. Maxalliy anesteziyalovchi moddalar. Maxalliy anestetiklar sezuvchan nerv oxiridagi tolalarda o’tkazuvchanlikni xamda qo’z’aluvchanlikni asliga qaytar falajlaydi, avvalo og’rik yo’qoladi, katta mikdorlari boshqa sezuvchanliklarni xam kamaytirib boradi.
Maxalliy anesteziyalovchi moddalar xushbuy kislotalar (benzoy, paraminobenzoy)ning murakkab efirlari – novokain, dikain, anestezin va ularning amidlari – lidokain (ksikain), trimekaindan tashkil topgan
Maxalliy anestetiklar uchlamchi aminlar bo’lgani uchun suvda erimaydi, tibbiy amaliyotda ularning suvda eriydigan gidroxlorid tuzlari qo’llanadi. Maxalliy anesteziya bo’lishi uchun tuzlar gidrolizlanib, asoslar xosil bo’lishi kerak.
Tuzlar to’qimalarning odatdagi ishqoriy muxitda (rN – 7,35 – 7,4 ) gidrolizlanadi, yallig’langan to’qimalarda muxit kislotalik tomoniga o’tadi (rN- 5,0-6,0), bu muxitda maxalliy anestetiklar tuzlari gidrolizlana olmaydi, anestetik erkin xolda ajralmaydi, shuning uchun yallig’langan to’qimalarda ularning ta’siri kamayib ketadi.
N=R xCI+NaO N=R+NaCI+2O
Ajralib chikkan anestetik suvda yomon eriydi, nerv tolalarini oxirida mikrokristallar sifatida chukib, ular urnini oladi. Mikrokristallar yogda eriydigan bulgani uchun nerv tolalarini membranalari ularni kamrab oladi.
Birok maxalliy ta’sir bulishi uchun anestetik ionlangan kation shaklga utishi kerak, shundan keyin resteptor bilan boglaniщ xususiyatiga ega buladi.
N=R x CI ( maxalliy anestetikning tuzi, suvda yaxshi eriydi, ogrik koldirmaydi).
N=R (maxalliy anestetik, ionlanmagan, suvda erimaydi, nerv tolalari membranalarida tuplanadi, ularning lipoidlarida eriydi).
N=R x + maxalliy anestetikning ionlangan, kation shaklli resteptorlarni boglovchi xususiyatga ega.
N=R resteptor. Resteptorlar bilan boglanadi, Na ionlari membranadan utolmaydi, impulslar utkazilishi va tarkalishi falajlanadi.
Anestetiklarning kation shakli kalstiy ionlariga nisbatan karama- karshi xususiyatga ega. Ular **sust** kalstiy kanallarini oksil molekulalari bilan boglab, kalstiyning nerv xujayralarini ichiga utishiga tuskinlik kiladi. Maxalliy anestetiklar kalstiyni fakat nerv xujayralariga emas, uning sillik mushaklarga, miokardga, yurakning utkazuvchan sistemasidagi xujayralarga utishiga xam tuskinlik kiladi. Xujayra membranalari mustaxkamlanadi, kuzgaluvchi impulslar kelganda natriy kanallari ochilmay, natriy xujayra ichiga utolmaydi. Shu tufayli xarakat potenstiali yukoladi, utkazuvchanlik, kuzgaluvchanlik falajlanadi.
Maxalliy anestetiklar fakat sezuvchan tolalarini emas, xarakatlantiruvchi, vegetativ nerv tolalarida xam
kuzgaluvchanlikni utkazishni falajlaydi. Ularning ushbu ta’siri nervlarning
mielin pustlogi borligi, bu pustlokning kalinligi, moddalarning fizik-kimyoviy xossalari bilan boglik. Maxalliy anestetiklarga ayniksa ingichka mielinsiz tolalar sezuvchan buladi. Infiltrastion anesteziyada impulslar kuzgaluvchanligining falajlanishi dastlab shu nervlardan boshlanadi, taktil, ogrik xamda xaroratga sezuvchanlik yukoladi. Anestetiklar simpatik nerv tolalarini xam falajlaydi, yuborilgan joyda kon tomirlar kengayadi,
xarakatlantiruvchi nervlar oxirida sezuvchanlik yukoladi. Maxalliy anestetiklar nerv tolalarining Shvann pustlogidan utolmaydi. fakat kuzgaluvchanlikni utkazish yullarini, Ranve tugunchalarini falajlaydi.
Anesteziya maxalliy anestetiklarni bevosita nerv tukimalari bilan boglanishi tufayli kelib chikadi. Maxalliy anestetiklar nerv impulslarni utishini markaziy xamda vegetativ gangliylarda falajlaydi. Ular presinaptik tolalardan astetilxolin, noradrenalinning ajralishiga tuskinlik kiladi.
Maxalliy anestetiklar xar xil anesteziya (yunoncha – ap – inkorlik, anestesis – sezuvchanlik), uchun birinchi galda joylarda ogrikni bartaraf kilish uchun kullanadi. Bular bolalarda kamrok, fakat tez utadigan, deyarli ogrik bermaydigan jarroxliklarni utkazish uchun kullanadi. Bolalarda maxalliy anestetiklar kupincha umumiy narkoz moddalari bilan birga kullanadi.