Kukunlar oddiy va murakkab bo‘ladi: oddiy kukun (pulvis simplex) –bitta moddadan iborat bo‘ladi, murakkab kukun (pulvis compositus) –ikki va undan ortiq dori moddasidan iborat bo‘ladi
Kukunlar oddiy va murakkab bo‘ladi: oddiy kukun (pulvis simplex) –bitta moddadan iborat bo‘ladi, murakkab kukun (pulvis compositus) –ikki va undan ortiq dori moddasidan iborat bo‘ladi.
Kukunlar oddiy va murakkab bo‘ladi: oddiy kukun (pulvis simplex) –bitta moddadan iborat bo‘ladi, murakkab kukun (pulvis compositus) –ikki va undan ortiq dori moddasidan iborat bo‘ladi.
Ko‘pincha kukunlar 0,1 grammdan 1,0 grammgacha alohida dozalarga bo‘lingan (pulveres divisi), aniq dozalangan (ad usum internum), bir marta qabul qilishga mo‘ljallangan (pro dosi) bo‘ladi. Agar dozalangan kukundagi dori moddasi 0,1 grammdan kam bo‘lsa, kukun massasini ko‘paytirish uchun oddiy shakar (Sacchărum) yoki sut shakari (Sacchărum lactis) qo‘shiladi.
Alohida dozalarga bo‘linmagan kukunlar (pulveres indivisi) –bu 1,0 grammdan 100 grammgacha bo‘lgan tashqariga qo‘llash uchun ishlatiladi.
Bir marta qabul qilishga mo‘ljallangan (pro dosi) yoki bir kunlik (sutkalik) dozadagi (pro die) kukunlar qog‘oz kapsulalarda (in capsŭlis chartaceis), qog‘oz xaltachalarda (in saccŭlis chartaceis), mumli yoki parafinli qog‘ozda (in charta cerāta, in charta paraffināta), qutichada (in scatŭlis) qadoqlangan bo‘ladi.