O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI TILLAR KAFEDRASI
DORI SHAKLLARI. DORI SHAKLLARINING LOTINCHA NOMLANISHI. YUMSHOQ DORI SHAKLLARINING RETSEPTLARDA YOZILISHI
Patologik holat, kasallikni davolash yoki oldini olish uchun qo‘llaniladigan moddalar dori vositasi (remedia, medicamenta) deb ataladi.
Tayyor dorining ko‘rinishi dorilarning shakli (forma medicamentōrum) deb ataladi. Masalan: tabletka (tugmachasimon) yoki kukun, surtma yoki malham, eritma yoki aralashma.
Dori shakllari offitsinal (officina –apteka, ustaxona) yoki standart bo‘lishi mumkin. Ular farmatsevtik zavod yoki fabrikalarda Davlat Farmakopiyasining ma’lumotlari, tasvirlari asosida tayyorlanadi.
Shifokorning retsepti asosida dorixonada tayyorlangan dori shakllari magistral dori shakllari (magister, tri,m– o‘qituvchi, rahbar) deb ataladi.