Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 1. Atamalar qanday yasaladi?
2. Atamalar necha guruhga bo`linadi va ular qaysilar?
3. O`z sohangizga oid atamalardan misollar keltiring va izohlab bering
6-amaliy mashg`ulot Mavzu: Matn va uning turlari. Reja: 1. Mikromatn va makromatn 2. Ilmiy va ilmiy-ommabop matnlar 3. Ixtisoslikka oid ilmiy matnlarda sohaviy terminlar. Malum bir shaxs tomonidan ayrim voqea-hodisa, narsa-buyumning izchil tasviri va tavsifi uchun tuzilgan gaplar sirasi matn deyiladi. Matn tuzilishi 2 xil bolib, ular mikromatn va makromatndir.
Bir necha gaplarningozaro Grammatik va mazmuniy boglanishidan tashkil topgan,mazmuniy yaxlitlikga ega bolgan qoshma gaplarga nisbatan yirikroq yozma va ogzaki nutq parchasi mikromatn deyiladi. Bir umumiy mavzu ostida birlashgan bir necha mikromatnlardan tashkil topuvchi yaxlit asarga makromatn deyiladi.
Matnning turlari ham 2 xil: malumotnoma matni va ijodiy-tavsifiy matn.
Malumotnoma matnida bolib otgan voqea-hodisa yoki mavjud holat haqida oddiy axborot beriladi. Ijodiy-tavsifiy matn sozlovchi yoki yozuvchi tomonidan ijodiy ravishda bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxsning tasviri yoki xabar, malumotning ijodiy-tavsifiy bayonidir. Ilmiy, publitistik va badiiy uslublar, shuningdek, insho ham ijodiy-tavsifiy matnning korinishlaridir.
Matn malum fikrlar yigindisi hisoblangan nutq, nashrdan chiqqan asardir. U oziga xos asar hisoblanishi va mazmunga (ilmiy, rasmiy, badiiy va hokazo) yoki hujjat xarakteriga ega boladi. Matn ikki xil korinishda boladi: dialogik va monologik. Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha mazmundagi fikr-axborot almashinuvidan iborat.
Malum voqelik haqida tasavvur (malumot) beradigan bir yoki bir necha sintaktik birliklardan tashkil topgan nutqiy butunlik matn hisoblanadi.
Dialogik matnning mano munosabatiga kora turlari. 1) ikki yoki undan ortiq kishining nutqiy muloqoti, suhbat;
2) adabiy badiiy matn komponenti, asardagi personajlarning nutqiy muloqoti berilgan orinlar. Hozirgi zamon prozasi rivoya, tavsif va dialogdan tarkib topadi; zamonaviy epik asarlarda dialog salmogining ortishi kuzatiladiki, bungaturlararosintezlashuv, badiiy adabiyotning boshqa sanatlar bilan ozaro aloqasi natijasi sifatida qarash mumkin;
3) falsafiy publisistik mazmun yonalishidagi janr, unda qoyilgan masala bir necha kishining suhbati shaklida muhokama etiladi. Dialog janriga antic davrning Suqrot, Aflotun singari mutafakkirlari asos solganlar. Keyinchalikorta asrlar, Uygonish davri va Yevropa marifatchilik adabiyotida ham dialog janri ancha faol bolgan .Ozbek adabiyotida dialogning ildizlari munozara janriga borib taqaladi. XX asr boshlari ozbek adabiyotida dialog janri, unga xos unsurlardan marifatchilik goyalarini ommalashtirishda samarali foydalanildi. Jumladan, Fitratning Munozara, Bedil asarlarini dialog janri namunasi sanash mumkin.
Dialogik matn tarkibida soroq olmoshlari, muomala odobiga oid soz va iboralar, yuklamalar, undovlar, kirish sozlar keng qollanadi. Kop kishilik dialoglarda suhbat mavzusi savol-javobdan iborat bolmay, ortaga tashlangan savol, taklif, davat, biror xabar, dalillarbilan xulosalanadi. Bunday matndagi gaplar, asosan, sodda gaplardan tashkil topadi, sodda gaplarning bir tarkibli turlari, toliqsiz gaplar, soz-gaplar faol ishlatiladi.
Ikki kishi ortasidagi dialog - nutq savol-javob, buyruq-javob, xabar-etiroz kabi mazmunlarda bolib, fikr xususidagi tasdiq yoki inkorni, ziddiyat yoki munozarani ifodalaydi. Dialogik matn sozlashuv uslubi va badiiy uslubga xosdir.
Monologik matn. Monologik matnda mazmun izchilligi
Monolog ( yunon. monos yakka, logos so‘z ) yakka haxsning ayni paytda javob berilishini talab qilmaydigan, o‘zgalar replikalari bilan bo‘linmagan nutqi. Monolog ogzaki shaklda ( turli yiginlardagi nutq, maruza, hisobotlar) ham, yozma shaklda ( publisistika, memuarlar va h. ) ham keng qollanadi. Badiiy adabiyotda monologlardan turli maqsadlarda foydalaniladi. Ayniqsa, dramatic asarlarda monologlarning badiiy estetik vazifalar doirasi ancha keng.
Tavsifiy (monologik) matnsozlovchi yoki yozuvchi tomonidan bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxs tasviri, tavsifi yoxud xabar, malumot bayonidir. Maqola, insho ham tavsifiy matnning bir turi sanaladi.Malum voqea-hodisalarga, narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, ularni badiiy-tasviriy vositalar yoki dalillar bilan tariflash, izohlash, isbotlash, asoslash tavsifiy matnga xos xususiyatlardandir. Tavsifiy matnda belgi-xususiyat ifodalovchi sozlar, atamalar, modal sozlar, felning funksional shakllari, ravishlar faol qollanadi.
Tavsifiy matn yaratishda uyushiq bolaklar, ajratilgan gap bolaklari, atov gaplar, sodda gaplar, qoshma gap korinishlaridan ham keng foydalaniladi.