DTPI IQTISODIYOT YO’NALISHI
(SIRTQI) 9-GURUH TALABASI
QADIRBERDIYEVA
SARVINOZNING IQTISODIYOT
FANIDAN TAQDIMOTI
Mavzu:Davlatning byudjet soliq
siyosati
Reja
Davlatning Byudjetining asosiy qismini nimalar tashkil qiladi?
O’zbekistonda qachon soliq siyosati tasdiqlangan
2000 yilda mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot qanchaga teng bo’lgan
Davlat byudjeti
Davlat byudjeti —
davlatning
muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun moʻljallangan pul
daromadlari va harajatlari majmui. Davlat byudjeti davlat ixtiyoridagi pul fondlarining
taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh boʻgʻini hisoblanadi. Davlat byudjeti
tarkiban umumdavlat (yoki markaziy) byudjeti (mamlakat miqyosidagi umumiy
daromadlar va harajatlar yigʻindisi) vamahalliy (munitsipal) byudjet (hududiy
tuzilmalar — oʻlka, viloyat, tuman va h.k. doirasidagi pul daromadlari va harajatlari)ga
boʻlinadi. Ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bogʻliq boʻladi.
Davlat jamiyatga ijtimoiy xizmatlar (milliy xavfeizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saklash,
atrof-muhitni himoya qilish, nochorlarga yordam berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar
koʻrsatish va b.) koʻrsatadi va bularning barchasi harajat talab qilad
Byudjet daromadlari
Byudjet daromadlari soliqlar, solikdan tashqari yigʻimlar, davlat zayomlaridan tushgan pul,
davlat mul-kini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablagʻlardanshakllanadi. Byudjet
daromadining aholi jon boshiga hisoblangan miqdori mamlakatning byudjet salohiyati
(potensiali) deb yuritiladi va bu byudjet daromadining umumiy hajmiga hamda aholining
soniga bogʻliq. Byudjet harajatlari uning daromadidan ortib ketsa, byudjet taqchilligi, yaʼni
kamo-madi yuzaga keladi. Kamomadmiqdori mamlakat yalpi millim mahsulotning 3—3,5 % ga
teng boʻlishi meʼyoriy hisoblanadi. Byudjet kamomadining gʻoyat oshib ketishi va uni daromad
bilan taʼminlash mumkin boʻlmaganda byudjet harajatlari qisqartiriladi. Markaziy, mahalliy
davlat byudjetilari va davlat byudjetidan tashqari fondlar (davlatning muayyan maqsadli
fondlari, maxsus maqsadli soliqlar, zayomlar, byudjetdan subsidiyalar hisobiga yaratiladigan
maxsus fondlar) yigʻindisi davlatning yigma byudjetini tashkil etadi. Davlat byudjeti, odatda,
joriy yilda kelgusi yil uchun tuziladi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida u chorak yoki yarim yilga
tuzilishi ham mumkin. Davlat byudjetini huku-mat tuzadi va yuqori qonun chiqaruvchi organ
(
parlament
) tomonidan tasdiqlanadi.
Qo’shimcha ma’lumot
Davlat byudjeti muayyan mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarni ham ifodalaydi.
Jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va faoliyatiga qarab davlat byudjeti
mohiyati, uning daromadlari va harajatlari xususiyati hamda tarkibi turlicha boʻladi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlatning iqtisodiyot, ishlab chiqaruvchi, milliy
daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashga faol aralashuvi davlat byudjeti mavqeining
oshishiga sabab boʻladi, milliy daromad davlat ixtiyorida yigʻiladi va uning byudjet orqali
qayta taqsimlanadigan qismi koʻpayadi.
Yalpi ichki mahsulot qiymati
1995-yilda Oʻzbekistonda byudjet kamomadi 3 %, 1996-yilda 3,5 %, 1997-yilda 2,2 %,
2000-yilda yalpi ichki mahsulotning 1 % (32,8 mlrd. soʻm)ga teng boʻldi. Amalda boʻlgan
qonunchilikka muvofiq tashkil etiladigan byudjetdan tashqari jamgʻarmalar (ijtimoiy
sugʻurta jamgʻarmasi, ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi, Kasaba
uyushmalari federatsiyasi Kengashi jamgʻarmasi, yoʻl jamgʻarmasi, Oʻzbekiston
Respublikasi Davlat mul-ki qoʻmitasi jamgʻarmasi, mineral xom ashyo bazasini tak ishlab
chiqarish fondi, oʻzini oʻzi boshqarish mahalliy organlarining maxsus fondlari)ning
maqsadli yoʻnalishlarini saqlab qolgan holda, 1995-yildan boshlab Oʻzbekiston
Respublikasining birlashgan byudjetiga kiritildi.
Davlat byudjeti bo’yicha qonun:
Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjetida jami daromadlar va harajatlar oʻzgarishlarida
ishlab chiqarishning rivojlanishi, xoʻjaliklar va aholi daromadlarining oʻsishi asosiy
ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda davlat byudjetini shakllantirish tartibi Oʻzbekistan
Respublikasining 2001-yil 1 yanvardan kuchga kirgan „Davlat byudjeti tizimi toʻgʻrisida“
qonuni (2000-yil 14-dekabr)ga muvofiq olib boriladi
Dostları ilə paylaş: |