9. “Tarbiyachi faoliyati aslida, mohiyat bilan tashkilotchilik faoliyati ham muhim hisoblanadi”. Fikr kimga tegishli? a) A.S.Makarenko b) Al Forobiy
c) P.D.Redkin d) K.D.Ushinskiy
10. Bu qobiliyatlar tarbiyachining pedagogik vaziyat va turli xil jarayonlarni anglab yetishi va to‘g‘ri baholay bilishlarida namoyon bo‘ladi. Ushbu jumlada qaysi qobiliyat haqida fikr yuritilgan? a) Tadqiqiy b) Kommunikativ
c) Perseptiv d) Nutq
11. Bolalar ichki dunyosiga kira olish, ularning hissiy holatlarini obyektiv baholashi, qiziquvchanlik, parishonxotirlik, faollik yoki passivliklarni ko‘ra bilish, seza bilish bilan xarakterlanadi. Ushbu ta’rif qaysi qobiliyat haqida? a) Perseptiv b) Nutqiy
c) Obro‘ orttira olish d) Tashkilotchilik
12. Takt so‘zi qanday ma’noni bildiradi? a) Nazorat qilish b) Boshqaruv
c) Tahlil etish d) Ta’sir etish
13. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar bilan o‘zaro munosabatni qaysi tuyg‘ular bilan mustahkamlab borishi kerak? a) Mehribonlik b) Qattiqqo‘llik
c) Vatanparvarlik d) Ishonch va do‘stlik
14. …… - bu pedagogning bolaga maqsadga muvofiq pedagogik ta’sir o‘lchovi, muloqotning maxsuldor uslubini o‘rnatish ko‘nikmasi. Jumlani to‘ldiring. a) Pedagogik komunikatsiya b) Pedagogik diqqat
c) Pedagogik obro‘ d) Pedagogik takt
15. Tarbiyachi nutq texnikasining asosiy xususiyatlari qaysi javobda berilgan? a) Nutqida yangi kirib kelgan so‘zlardan foydalanish
b) Bolalar diqqatini jalb etish, mavzuga ularni qiziqtira olish
c) Bolalarga chet tilida gapirish d) Bolalarga sekin gapirish
16. Tarbiyachi faoliyatidagi “Pedagogik nutq texnikasi” tushunchasi qaysi tushuncha bilan uzviy bog‘liq? a) Kommunikativlik b) Pedagogik nazokat
c) Hech biri bilan d) Kreativlik
17. Nutqning adabiy til me’yorlariga to‘g‘ri kelishi nima deb ataladi? a) Nutqning to‘g‘riligi b) Nutqning ravonligi
c) Nutqning chiroyliligi d) Nutqning mantiqiyligi