135
qolgandi. Bu joy xaritaning toʻrtinchi boʻlagiga tegishli edi.
Shu kuni qahramonlarimiz oʻzlari
uchun ikki kunlik
taʼtil eʼlon qilishdi. Ular bu ikki kun davomida Koinot
muzeyidagi turli ajoyibotlarni koʻrishdi, koʻngilochar
bogʻlarda miriqib hordiq chiqarishdi. Taʼtildan soʻng ular
qoʻmondon Dordon va muzey direktori bilan uchrashishdi.
– Mana, sizning qoʻlingizda koinot xaritasining uchta
qismi yigʻildi, – salmoq bilan gap boshladi Dordon. – Aslida,
men koinot himoyachisi sifatida bunga yoʻl qoʻymasligim
kerak. Zero, ajdodlarimiz bu xarita boʻlaklarining yana
yigʻilishini sira istashmagan.
Bordi-yu xarita yovuz
kuchlarning qoʻliga tushib qolsa bormi, hammasi tamom!
Bu gaplardan Margol va Ahmadning rangi oqara
boshladi. Nahotki, bu ikki rahbar bir boʻlib ulardan shuncha
mashaqqat bilan erishilgan xaritani tortib olishsa? Yoʻq,
bunga aslo koʻnib boʻlmaydi.
– Biz qoʻmondon Dordon bilan kelishib, – endi direktor
soʻzga kirdi, – sizlarni yolgʻiz qoʻymaslikka qaror qildik.
Qahramonlarimiz endi yengil nafas ola boshladilar.
Xayriyatki, ularning maqsadi boshqa ekan.
– Ha, bundan keyin men oʻzimning
shaxsiy kemam
va xos askarlarim bilan sizlarga hamrohlik qilaman. N
2
G
ni topib, Salmirni halokatdan qutqarguningizcha mening
nazoratimda boʻlasiz. Safar soʻngida esa xaritani oʻzimga
qaytarib berasiz.
– Juda yaxshi, biz qarshi emasmiz, toʻgʻrimi, Ahmad? –
Margol Ahmadga yuzlandi.
– Albatta, qoʻmondonning kemasi “Koʻkkezar”ga
shatakka olinsa bas.
– Unday boʻlsa, qiladigan ishlarimizni kelishib olsak, –
dedi Dordon Ahmadga savolomuz boqib.
Lekin hozirgi vaqtda na Ahmadda va na Margolda biror
reja bor edi. Chunki xaritaning toʻrtinchi boʻlagi dom-
136
daraksiz yoʻqolgan. Million yillar oldin meriyalik olimlar
uni juda maxfiy tarzda yashirib qoʻyishgan. Hozirga
kelib qadimgi meriya xalqi yoʻq boʻlib ketgan. Ularning
yashirin faoliyatidan xabardor
biror jonning borligi esa
katta shubha ostida edi. Shuning uchun qahramonlarimiz
toʻrtinchi boʻlakni topish oson boʻlmasligini, ularni hali
oldinda juda ogʻir sinovlar kutayotganini yaxshi his qilib
turishgan edi.
Kutilganidek, toʻrtinchi boʻlakni qidirish jarayoni qiyin
kechdi. Mana, bir necha oy oʻtsa hamki, xaritadan biror
darak yoʻq. Bu vaqt oraligʻida fazogirlarning galaktikada
bormagan joyi deyarli qolmadi.
Tarixchilar, yozuvchilar,
etnologlardan
1
soʻrab-surishtirishdi, ammo birorta kimsadan
joʻyali maʼlumot chiqmadi.
Shunda Ahmad va Margol koinot oʻtmishini
boshqalardan yaxshiroq biladigan galaktikadagi eng
kuchli tarixchini topib u
bilan suhbatlashishga qaror
qilishdi. Endi ular koʻproq oʻsha tarixchini qidirishga
vaqt sarflay boshladilar. Yaxshi tarixchilarni esa
galaktikaning eng qadimiy
yulduzlari yaqinidan topish
mumkin edi. Sababi, bunday yulduzlar tizimidagi
sayyoralarda galaktikaning eng qadimiy xalqlari yashar,
bu xalqlar koinotda sodir boʻlgan barcha voqealardan
xabardor boʻlib turar edilar.
‒ Xoʻsh, oʻsha qadimiy yulduzni qayerdan topamiz? –
soʻradi bir kuni qidiruv ishlaridan charchagan Dordon.
– Bunday yulduzlar galaktikamizda koʻp boʻlsa kerak,
– javob berdi Ahmad. – Masalan, 2014-yilda yerlik olimlar
galaktikadagi eng qari yulduzning birini aniqlashgan.
1
Etnolog ‒ jahon xalqlarining
kelib chiqish tarixi,
madaniyatini oʻrganuvchi mutaxassis.
137
Bu yulduzning yoshi 13,5 milliard yilga teng, “Katta
portlash”dan koʻp oʻtmay paydo boʻlgan. Yulduz Yer
sayyorasidan 6000 yorugʻlik yili uzoqlikda joylashgan.
Yulduzlar qarigani sari kichrayib, soviy boshlaydi va oʻzidan
juda kam yorugʻlik nuri chiqaradi. Keksa yulduzlarni shu
jihatiga qarab ham aniqlab olish mumkin.
‒ Yoʻ-oʻq, – eʼtiroz bildirdi Margol. – Bizga undan ham
qari yulduz kerak. Aytishlaricha, bunday keksa yulduzlarni
faqat galaktikamizdagi ikkinchi
Qora tuynuk yaqinidan
topish mumkin ekan...
***
Dostları ilə paylaş: