14 Full tayyor Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish jihatidan guruhlanishi va ular o`rtasidagi munosabatlarni amal qilishi
1.3. Rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro tovar almashinuvida tutgan roli Rivojlanayotgan mamlakatlarning eksportidagi sanoat mollarining ulushi ham usib bordi. Agar u 1970 yilda – 7,6% ni tashkil etgan bo`lsa, 1980 yilda 11% ni , 1991 yilda 19,5% ni , 1995 yilda 25%, 2003 yilda esa 30%ni tashkil etgan edi. Хullas,jaxon xo`jaligida 90 yillar rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon eksportidagi ulushi doimiy o`sishlik tendentsiyasiga ega, bo`lganligi bilan xarakterlanadi.
Sanoat maxsulotlari eksporti hajmining o`sishida, mashina va asbob – uskunalar eng muhim rol o`ynamoqda. Ularni eksport qilish 2017-2019 yillarda 85-90 marotabaga usib, sanoatning umumiy ulushi 35-36% ni, tovarlar eksportining umumiy hajmi esa 22% ni tashkil etgan edi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning ba’zi birlari (Eron, Kongo, Boliviya, Paragvay kabi 12 davlat) 2017-2018 yillar mobaynida xom-ashyo maxsulotlarni chetga chiqarish hisobiga uzlarining xalqaro mehnat taqsimotida katnashish imkoniyatlarini kuchaytirishga erishdilar. Boshqa mamlakatlar esa, uzlarining jahon eksportidagi shaxsiy ulushlarini, sanoatda qayta ishlanadigan maxsulotlarning tashki bozordagi aktiv xarakati hisobiga oshirib borgan edi. O`z navbatida, mazkur guruhlar urtasidagi alohida mamlakatlar erishgan muvaffakiyatlarni ham alohida ajratib ko`rsatish maqsadga muvofiqdir. Jahon iqtisodiyotida oldingi o`rinlardan birida “yangi industrial mamlakatlar” borayotgan bo`lsa, boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar esa, eksportning asosini tashkil etuvchi sanoatni kuchaytirish va kengaytirish borasida eng kam ulushni qo`lga kiritishgan. Ba’zi birlari esa, masalan, Afrikaning eng yirik mamlakati hisoblanmish Nigeriya o`zining sanoat eksportidagi ulushini tobora qisqartirib bormoqda.
Хalqaro savdo misolida, rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etishini baholash orqali jahon xo`jaligi tizimining butunlay notenglik asosida kurilganligini kurishimiz mumkin. Ba’zi bir rivojlanayotgan mamlakatlar ilmiy texnologik yutuklardan kam foydalanayotgan bir paytda, rivojlanayotgan dunyoning kolgan qismi oldindek an’anaviy industriallashuvga, ba’zi bir qismi esa industriallashuvgacha bo`lgan texnalogik yutuqlarga asoslanib tarakkiy etmoqda.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi ahvoli bilan bog`lik bo`lgan umumiy xolatlarni xarakterlash orqali shu narsani ta’kidlab o`tish lozimki, qoloq rivojlanayotgan mamlakatlar borgan sari xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimidan “ajratib” qo`yilmoqda. Bunday fikrlar 1996 yilda xalqaro savdoning rivojlanishiga bagishlab o`tkazilgan BMT ning konferentsiyasida (YuNKTAD) qilingan ma’ruzalarda keltirib o`tilgan edi. Doklad avtorlarining fikricha, Urugvay, Raundi, doirasida amal qiluvchi global savdo bitimi maqomini olgan GATT – qishloq xo`jaligi maxsulotlarini eksport qilishda subsidiyalarni qiskartirish kerakligini ta’kidlab o`tadi. Bunday vaziyat, kuchsiz rivojlangan mamlakatlarga nisbatan berilgan kuchli zarba edi. Hozirgi kunda johon iqtisodiyotida bug`doy, qand, go`sht va boshqa turdagi oziq-ovqat maxsulotlarining bozor narxlari oshib bormoqda. 2000 yilda 300-600 mlrd. dollarni tashkil etgan edi.
Dunyo savdosida xom-ashyo va oziq-ovqat maxsulotlarining ulushi tobora qisqarib borishi rolini yo`qotmoqda. Iqtisodiy o`sishni qo`llab-quvvatlash maqsadidagi xom-ashyoviy ixtisoslashuv esa vaqtincha o`zining yordamchilik rolini bajarishga kodirligini ko`rsatmoqda xalos. Хalqaro savdoning rivojlanish tendentsiyalarini guvohlik berishicha; so`nggi o`n yilliklarda turli xildagi xizmatlarning hajmi va ahamiyati beqiyos darajada o`sib bormoqda.
Rivojlanayotgan mamlakatlar o`zlarining bu yo`ldagi imkoniyatlaridan samarali foydalanmoqdalar. Masalan, sayyoxlik va mehnat bilan bog`lik xizmatlar, turli xildagi “iflos” va past maosh to`lanadigan ishlar uchun ishchi kuchlarini eksport qilish shular jumlasidandir.
Sayyohlik ko`p yillardan buyon, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xorijiy valyutalar tushumining asosiy manbalardan biri bo`lib qolmoqda. Misr uchun turizm sohasidan kelayotgan daromad xorijiy mamlakatlarda vaqtinchalik band bo`lgan misrlik ishchilar hisobidan keladigan valyutalar va xorijiy yordamlardan keyingi uchinchi o`rinni egallaydi. So`nggi yillarda turizm Turkiyada yuqori sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Bu ko`rsatkich turizmning umum jahon miqyosidagi 4% li o`sish ko`rsatkichi bilan taqqoslanganda, yiliga 8%ni tashkil etadi. Turkiya ko`proq milliy iqtisodiyotning turizm tarmog`ini dinamik rivojlanishi bilan farq qiluvchi besh mamlakat qatoriga kiritilgan. Shu narsa kutilmoqdaki, 2005 yillarning oxiriga borib Turkiya sayyoxlikdan tushadigan daromadning o`lchami bo`yicha dunyoda oltinchi o`rinni egallashi bashorat qilinmoqda.