Estetika (yun. — his qiluvchi, hissiy tarbiyaga doir) — inson bilan dunyo oʻrtasidagi qadriyat munosabatining oʻziga xos tomonlarini va kishilarning badiiy faoliyati sohasini oʻrganuvchi falsafiy fan. "Estetika" terminini nemis faylasufi A.Baumgarten (1714—62) ilmiy muomalaga kiritgan. Estetikaning sinonimi sifatida goʻzallik falsafasi, sanʼat falsafasi, badiiy ijod falsafasi iboralari qoʻllanib kelingan. Keyingi paytlarda nafoyeatshunoslik yoki nafosat falsafasi atamalari ham Estetikani anglatadigan boʻldi. Estetika oʻz ichiga sanʼat Estetikasi, tabiat Estetikasi, texnika Estetikasi, dizayn, sport Estetikasi, turmush Estetikasi, atrof muhitni goʻzallashtirish va boshqalar sohalarni qamrab oladi.
Estetika nafosat, did, goʻzallik, xunuklik, ulugʻvorlik, tubanlik, fojiaviylik, kulgililik, moʻʼjizaviylik, hayolilik singari kategoriyalar bilan ish koʻradi. Ular orasida nafosat tushunchasi alohida oʻrin egallaydi., ikkinchi tomondan, estetik xususiyatlarni — amaldagi goʻzallik, ulugʻvorlik, fojiaviylik, kulgililik va h.k. jihatlarni oʻz ichiga oladi. Ana shu keyingi jihati bilan nafosat baʼzan Estetikaning predmeti sifatida ham qabul qilinadi.
Estetikaning tadqiqot obʼyektlari ichida sanʼat alohida oʻrinni egallaydi, u qadimdan to hozirgi kungacha eng koʻp tadqiq etilgan estetik soha hisoblanadi. Estetikaning bu borada sanʼatshunoslik fanlaridan farqi shundaki, u oʻz obʼyektiga falsafiynazariy jihatdan yondashadi. Estetika sanʼatni — sanʼatkor, sanʼat asari, sanʼat asarini idrok etuvchi shaxsdan iborat yaxlit tizimda olib oʻrganadi, barcha sanʼat turlari uchun zarur boʻlgan umumiy qonunqoidalarni ishlab chiqadi. Mas, adabiyotshunoslikdatch qofiya nazariyasini musiqaga yoki haykaltaroshlikka nisbatan qoʻllab boʻlmaydi. Estetikadagi kompozitsiya yoki uslub nazariyasi esa meʼmorlikdan tortib badiiy suratkashlikkacha boʻlgan hamma sanʼat turlariga taalluklidir. Ayni paytda Estetika sanʼatning tabiati, uning ijodiyligi va boshqalar jihatlarini tadqiq etadi; badiiy oqimlar va yoʻnalishlarning , ijodiy uslublarning mohiyatini oʻrganadi.
Dostları ilə paylaş: |