Dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va asosiy funksiyalari


Dunyoqarashning tarixiy shakllari



Yüklə 102,41 Kb.
səhifə3/5
tarix12.10.2023
ölçüsü102,41 Kb.
#154693
1   2   3   4   5
Презентация Microsoft PowerPoint (2) mirjalol

Dunyoqarashning tarixiy shakllari

  • Masalan, bu hodisaning mohiyatini yaxshiroq tuShunish uchun shaxsiy kutubxonada kitoblar yig’ilishi bilan bog’liq misolga murojaat etish o’rinli bo’ladi. Mazkur kutubxonada kitoblar bir nechta bo’lsa, ularni tizimga solish talab etilmaydi, ular qaerda yotgani va ularning o’zaro munosabati qandayligi ham ahamiyat kasb etmaydi. Kutubxona hajmi o’nlab kitoblar bilan o’lchangan taqdirda esa, ulardan foydalanishga qulaylik yaratish uchun kitoblarni muayyan tarzda joylashtirish, tizimga solish talab etiladi. Kitoblar soni qancha ko’p bo’lsa, ular bilan ishlash Shuncha oson va qulay bo’lishi uchun ularni tasniflash, tartibga solish, ruknlarga ajratish tizimi Shuncha murakkab bo’ladi.
  • Ibtidoiy odamlarning ancha rivojlangan dunyoqarashida o’zini o’zi tashkil etish qonunlariga muvofiq ayni Shunday tartiblilik dastavval mif hamda dinning ilk shakllari ko’rinishida vujudga keldi.

Mif - dastlabki dunyoqarash shakli

  • Mif - dastlabki dunyoqarash shakli. «Mif» tushunchasi yunoncha “mythos” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, afsona, rivoyat degan ma’noni anglatadi. Mif – bu turli xalqlarning dunyoning kelib chiqishi, tabiat hodisalari, fantastik mavjudotlar, xudolar va qahramonlarning ishlari haqidagi tasavvurini ifodalovchi muayyan tarzda tizimga solingan dunyoqarashdir.
  • Mifda bilimlar, diniy e’tiqodlar, ma’naviy madaniyatning turli elementlari, san’at, ijtimoiy hayot kurtaklari birlashgan bo’lib, Shu tariqa ibtidoiy odamlar dunyoqarashi ma’lum darajada tartibga kelgan, ularning dunyo haqidagi qarashlari esa muayyan tizimga solingan. Mazkur tizimga solishning muhim shakllari epos, ertaklar, afsonalar, rivoyatlar bo’lib, miflar avvalo ular orqali ifodalanadi. Shu tariqa to’plangan bilimlar va tajriba keyingi avlodlarga o’tishi ham ta’minlanadi.

Mifologik va diniy dunqarashning o’zaro aloqasi va farqi

  • Mifologik va diniy dunqarashning o’zaro aloqasi va farqi. Mifologik dunyoqarashning o’ziga xos xususiyati Shundan iboratki, bu oddiy rivoyat, biron-bir voqea haqidagi hikoya emas, balki og’zaki «muqaddas» matnning arxaik ongdagi voqea-hodisalarga, insonga va u yashayotgan dunyoga ta’sir ko’rsatuvchi muayyan borliq sifatidagi in’ikosidir. Mif, insoniyat tarixining ilk bosqichlarida, odamlar xulq-atvori va o’zaro munosabatlarini tartibga solish funksiyasini bajargan, chunki unda axloqiy qarashlar, insonning borliqqa estetik munosabati o’z ifodasini to’gan. Mifologiyaga Shu narsa xoski, unda hamma narsa bir, yaxlit, ajralmasdir; tabiat narsalari va hodisalari inson bilan ayni bir qonunlarga muvofiq yashaydi, inson bilan bir xil sezgilar, istaklar, mayllarga ega bo’ladi.
  • Shunday qilib, mif kimningdir uydirmasi yoki «o’tmish sarqiti» emas, balki Shunday bir o’ziga xos tilki, inson uning yordamida qadim vaqtlardanoq dunyoni tavsiflagan, o’zining o’sib borayotgan tarqoq bilimlarini umumlashtirgan, talqin qilgan, tasniflagan va muayyan tizimga solgan.

Yüklə 102,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin