Dutor cholg'usi uning strukturasi Reja



Yüklə 25 Kb.
tarix24.06.2023
ölçüsü25 Kb.
#134927
Dutor cholg\'usi uning strukturasi


Dutor cholg'usi uning strukturasi
Reja:

  1. O’zbek milliy dutor cholg’usi

  2. Dutor haqida umumiy ma’lumot


DUTOR (fors — ikki tor) — 1) torli chertma milliy musiqa cholgʻusi. Oʻzbek, tojik, uygʻur, turkman, qoraqalpoq xalqlari orasida keng tarqalgan. Oʻzbek Dutori muloyim, nafis va shi-rali ovozi b-n boshqa cholgʻulardan aj-ralib turadi. U asosan tut, oʻrik yogʻochlaridan yasaladi. Cholgʻuning kosaxonasi (rezonatori) 8—12 ta yupqa, bir-biriga yonmayon yopishtirilgan taxtacha (qovurgʻa)dan ishlanadi. Kosaxonaning ustki, ochiq qismiga yupqa qopqoq yopiladi va kosaxona boʻgʻiz orqali dastaga ulanadi. Dutorning uzun va ingichka dastasiga 13—17 ta parda bogʻlanadi. Kosaxona va dastaga suyak va sadafdan ishlangan bezak naqshlar oʻyib yopishtiriladi. Torlari ipak iplaridan eshiladi. Ular Tanavor sozi (kvarta), Munojot sozi (kvinta), Qoʻshtor sozi (unison)ga sozlanadi. Uygʻurlarda Dutor kattaroq shaklda, Turkmanistonda fakat oʻyma (qazma) turi, Xorazm va Qoraqalpogʻistonda kosaxonasi qovurgʻalik Dutorlar bilan birga hajmi kichik, oʻyma xillari ham uchraydi. Dutor yakkanavoz va joʻrnavoz cholgʻu sozi boʻlib, sozandadan katta ijro mahoratini talab etadi. Dutorda yakka zarb, qoʻshzarb, bilak zarb, bidratma, teskari zarb kabi ijro usullari mavjud. Dutor haqidagi dastlabki yozma maʼlumotlarni Navoiyning zamondoshi Zaynulobidin al-Husayniy «Musiqaning ilmiy va amaliy qoidalari» nomli risolasi (16-bobi)da uchratamiz. 16—17-a. larda «Dutoriy» ta xallusi bilan ijod etgan (hirotlik Yusuf Mavdudiy Dutoriy, mashhadlik Mirquliy Dutoriy kabi) sozandalarning nomlari manbalarda saqlangan. Hozirda milliy Dutor ijrochiligining oʻziga xos uslublari 4 ta asosiy (Andijon, Toshkent, Samarqand va Xorazm) maktablari orqali namoyon boʻladi. 20-a. da Andijon maktabi namoyandalaridan Dorip dutorchi, M. Najmiddinov, O. Rustamov, K. Jabborov, Fargʻonada Qoʻzixon Madrahimov ijrosida «Nolish», «Choʻpon», «Andijon Kurdi», «Andijon Sayqali», «Tuya boʻzloq», «Qoʻshtor»; Toshkent maktabi yirik vakillaridan Solixon Hoji, A. Vahobov, F. Sodiqov, M. Yunusov, T. Alimatov, 3. Obidov, S. Yoʻldoshevlar talqinida «Sharob 1, 2», «Shafoat 1, 2, 3», Toshkent Sayqali», «Toshkent Kurdi», «Rajabiy 1, 2», «Kurash», «Dutor Bayoti», «Dutor Navosi»; Samarqand maktabi ustozlaridan Hoji Abdulaziz, Qori Siroj Yusupovlar ijrosida «Guluzorim», «Bebokcha», «Bozurgoniy», «Gullar vodiysi»; Xorazm maktabi vakillaridan N. Boltayev, Yu. Jabborovlar ijrosida «Koradali», «Aliqambar», «Saqili Navo» singari mumtoz kuylarda oʻz ifodasini topgan. 1970-y. lardan yakka Dutorda Shashmaqom cholgʻu va ashula yoʻllari ham ijro etila boshlandi. Oʻzbek bastakorlaridan N. Hasanov «Gilos», F. Sodiqov «Dutorim», S. Yoʻldoshev «Dil kuylasin», 3. Obidov «Togʻ goʻzali», O. Qosimov «Yangra sozim» kabi asarlarni Dutor uchun yaratganlar;
2) dutor-alt — anʼanaviy Dutorni 1930-y. larda qayta ishlash natijasida paydo boʻlgan turi. Torlari kapron (yoki boshqa polimer iplari)dan ishlanadi. Dastasiga xromatik tartibda joylashgan yogʻoch yoki suyak pardalari yelimlab yopishtiriladi. Repertuaridan asosan oʻzbek kompo-zitorlari tomonidan qayta ishlangan (garmonizatsiyalashgan) xalq kuylari, fortepiano joʻrligida ijro etilayotgan asarlar oʻrin olgan. Mazkur Dutor asosida (Oʻzbek xalq cholgʻulari orkestriga moslab) turli hajmdagi Dutor xillari (D. — bas, Dutor — kontrabas) ishlandi.
Dutor juda qadimiy musiqa asbobi, uning paydo bo’lish tarixiga kelsak, eramizdan avvalgi asrlarga borib taqaladi. Dutor tojikcha so’z bo’lib ikki tor degan ma’noni bildiradi.
Dutor asr-asrlardan o’zbek xalqiga madaniy xizmat qilib kelayotgan milliy musiqa cholg’ulardan biri hisoblanadi. Bu cholg’u faqat o’zbek xalqining cholg’usi bo’lmay, balki uni qardosh tojik, uyg’ur, qoraqalpoq, turkman xalqlari ham o’zlarining sevimli cholg’usi deb hisoblashadi.
Dutor kvarta, kvinta, oktava va unisonga ham sozlanadi. Bizda qo’llanilayotgan dutor-alt deb ataladi. Bu cholg’u kichik oktava lya va mi notalarga sozlanadi. Dutorga o’xshash cholg’uni, qozoqlarda «Do’mbira», qirg’izlarda «Qo’buz» deb atashadi.
Dutorning yasalishi
Dutorlar asosan ikki xil turda yasaladi. Qadim o’tmishda sozandalarimizga xizmat qilib kelayotgan dutor dastasiga ichak yoki ipakdan eshilgan pardalar bog’langan diatonik tovushqatorda (mumtoz kuylar va maqom yo’llari ijro etilardi) bog’langan va bu dutorlarni xalq dutorlari deyilgan.
Dutor yasalishi jihatdan ikki qismdan iborat (dasta va kosa) bo’lib, bularni birlashtiruvchi qismini «Bug’iz» deb ataladi. Dutorning kosasi o’yma va qovurg’achalarning birlashganidan yasalishi mumkin. «O’yma dutor» Samarqand, Xorazm, Tojikiston va Turkmanistonda qo’llanilib, bir bo’lak tut yog’ochidan o’yib ishlanadi. Qobirg’ali dutor ham tut yog’ochidan ishlanib, 8-10 bo’lak yupqa taxtachani egib birlashtiriladi. Kosa ustiga yopishtiriladigan qopqoq ham tut yog’ochidan tayyorlanadi. Odatda dutor yasaladigan tut yog’ochi soyada quritiladi. Dutorning umumiy uzunligi 1200-1300 mm, ayrim joylarda esa 750-800 mm ni tashkil etadi.
1936-37 yillarda Toshkentda o’zbek musiqa cholg’ularini takomillashtirish ustaxonasi ochilib, boshqa sozlar qatori nota ilmiga moslashtirilgan yog’och pardali, kapron torli yangi dutorlar ishlab chiqarila boshladi. Hozirgi kunda bu dutorda malakali o’qituvchilarimiz tomonidan yosh dutorchilarga ijrochilikdan saboq berilmoqda. Dutor haqida gap borganda, albatta, uning mohir ijrochilarini eslab o’tish joizdir.
Mashhur dutorchilar: H.A.Abdurasulov, Abdusoat Vahobov, Davlatoxun Qodirov, Yunus Rajabiylar dutor cholganlarida kishilar og’ir sukunatga cho’mib, olam-olam ma’noli hissiyotlar ummoniga botar ekan. Ulardan keyin esa Shokir Sartarosh, Orif Qosimov, Zokirjon Obidov, To’xtamurod Rasulov va boshqalar.
Hozirda esa xizmat qilib kelayotgan dutorchilar G’ulom Qo’chqorov, Abdurahim Hamidov, Mirsodiq Ergashev, Ro’zibibi Hojiyeva, Malika Ziyayeva, Obidjon Odilov, Sulton Qosimov va boshqalar.
Dutor prima
Dutor prima dutorning kichraytirilgan turi. Buning qopqog’i tut o’rniga archa daraxtidan qilinadi. Ipak torlari o’rniga ichak tor tortilgan. Pardalar dastasini o’yib xromatik holda doimiy o’rnashtirilgan. Torlar kvarta bo’yicha birinchi oktavadagi mi va lya ga sozlanadi. Notalar skripka kalitida, eshitilishiga nisbatan oktava yuqorida yoziladi. Xajmi kichik oktavadagi mi-lya dan birinchi oktavadagi sol va ikkinchi oktavadagi do ga qadar. Dutorlar oilasiga mansub bu cholg’u asbobi eng baland tovushga ega bo’lib, skripka kalitida yoziladi. Ikki kapron ipak toridan iborat ushbu cholg’u asbobi kvarta oralig’ida sozlanadi. Applikatura jihatidan rubob prima g’ijjak asbobiga o’xshab ijro etiladi. Masalan: pissikato, bidratma, stakatto va hokazolar.
Dutor primani sozlanishi birinchi tor (pastki tor) mi va ikkinchi tor (yuqorigi tor) lya tovushlaridir. Dutor primaning umumiy ovoz hajmi birinchi oktavadagi mi tovushidan uchinchi oktava lya tovushiga qadar. Dutor prima orkestrda solo chalish va jo’rnavozlik vazifasini bajaradi.
Dutor sekunda
Yangi ishlangan dutorlar oilasiga kiruvchi ushbu dutor-sekunda cholg’usi, ovoz jihatidan o’rtacha registrda. Uning ham torlari ikki ipak tordan iborat bo’lib, kvarta oralig’ida sozlanadi. Tashqi ko’rinishi dutor primadan bir oz kattaroq qilib ishlangan, ya’ni dutorlarning kosasi bir xil bo’lib, dastasinnng uzunligi har xil bo’ladi. Dutor-bas va dutor-kontrabas cholg’u asboblarini kosasi katta bo’ladi. Dutor sekunda cholg’usining birinchi tori kichik oktava lya tovushiga, ikkinchi tori kichik oktava re tovushiga sozlanadi. Umumiy ovoz hajmi kichik oktavadagi lya tovushidan ikkinchi oktavadagi re tovushigacha.
Dutor-bas
Dutor-bas maxsus sinfi Toshkent Davlat konservatoriyasida 1948 yil ochilgan bo’lib, A.Nazarov ushbu sinfni tugatib, hozirgi kunda 1960 yildan buyon ushbu sinfda dars berib kelmokda. Dutor-bas iqtisosligi bo’yicha ijrochilarni tayyorlash va tarbiyalashda dosent A.K.Nazarovning xizmatlari kattadir. Dutor-bas asbobi o’zbek xalq cholg’u ansambli tarkibida bas tovushini mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Ushbu asbobni sozanda o’tirgan holda ijro etadi.
Dutor bas-dutorning katta qilib ishlangan turi. Dutor basning to’rtta tori bo’lib, bular kvinta bo’yicha sozlanadi. To’rtinchi tor katta oktavadagi do, uchinchi tor katta oktavadagi sol, ikkinchi tor kichik oktavadagi re va birinchi tor kichik oktavadagi lya tovushlariga sozlanadi. Lya tori ichakdan qilingan bo’lib, qolganlari metaldandir. Notalar eshitilishi bo’yicha, bas kalitida yoziladi. Ovoz hajmi katta oktavadagi do dan birinchi oktavadagi sol ga qadar.
Dutor-kontrabas
Dutor kontrabasning kosasi katta-katta "Qobirg’alar" dan iborat bo’lib, dutor basdan ancha kattaroq qilib ishlangan. Dastasi dutor bas asbobidan uzunroq bo’ladi, quloqlari temir metaldan ishlangan bo’lib, qattiq, tortib turish vazifasini bajaradi. Dutor kontrabasning torlari juda qalin bo’lib, orkestrda o’zining yo’g’on bas tovushi bilan, pastki registr tembrini mustahkamlaydi. Dutor kontrabasning kosasiga maxsus tayyorlangan tayoqcha o’rnatilib, o’tirgan holda ijro etiladi.
Qonun
Qonun yaqin va o’rta Sharq mamlakatlari cholg’usi hisoblanadi. Xususan, qonun cholg’usi Forobiy tomonidan musiqa nazariyasining qonuniyatlarini ifoda etuvchi cholg’u sifatida ixtiro etilgani haqida ma’lumotlar bor. Bu cholg’u Armaniston, Ozarbayjon, Turkiya, Sharqiy Turkiston markaziy Osiyoda keng ishlatilgan.
XVII asrda Darvishali Changiy yozib qoldirgan «Risolayi musiqiy» da qonunning qadimiy cholg’u asboblaridan ekanligi qayd qilinadi. Bu cholg’u bizda XX asrning 30-yillardan boshlab ishlatilmadi va nihoyat 1978-1980- yillarda mohir sozanda, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Abdurahmon Xoltojiyev tomonidan yanada qaytadan o’lkamizga olib kelindi va ishlatila boshlandi.
Cholg’ular haqidagi kitobning arfaga bag’ishlangan bo’limida, Forobiy eslatgandek «Ma’zif» cholg’usi ovozining yo’nalishi jihatidan arfaga yaqin, sadosi ochiq torlarning tebranishi orqali hosil bo’ladi. Safiuddin Urmaviyning XII asr yozishicha, ikki turdagi qonun mavjud bo’lgan.
XV asrda «Kanz-al-tuxaf» nomli (anonim) fors traktatida qonun va nuzxa haqida rasmlar bilan ma’lumot berilgan. Muallifning yozishicha, qonun olxo’ri daraxtidan tayyorlangan yoki uzumning zangidan. Pastki qismining uzunligi 81 sm, qarama-qarshi qisqa tomoni 45,5 sm, qiya tomoni 74,25 sm. O’sha davrning qonunida 13 ta uchtalik torlar bo’lgan. O’ng tomonida xarrak, yana shu qiya tomonida quloqlar joylashgan.
Nuzxa qonunga nisbatan ikki barobar katta, shamshod, kiparis yoki qizil tol daraxtidan tayyorlangan. Ustki qismi (dekasi) ud sozinikiga o’xshash, juda ham yupqa qilingan. Torlarining bir qanchasi uchtalik. Ular butun ustgi qobiq bo’ylab tortilgan. Ular orasida bittalik turli uzunlikdagi torlar joylashgan. Quloqlar cholg’uning chap tomonida joylashgan. Nuzxani ham, qonun singari, ikkala qo’l barmoqlarida chalishgan.
Qonunning tuzilishi
Hozirda qo’llaniladigan qonun ko’p torli, yassi sathli, trapsiya ko’rinishdagi cholg’udir. Uzunligi 800-900 mm, eni 380-400 mm bo’lib, chinor, tut, yong’oq, o’rik daraxtlari yog’ochidan tayyorlanadi. Daraxt yog’ochidan yasalgan qopqog’i (deka) asosiy vazifani bajaradi. Dekaning ozroq qismi hayvon yoki baliq terisi bilan qoplanadi. Qopqoqning ustida turli gul shaklidagi uchta tovushxonasi mavjud. Pastki qopqog’i va atrofi aksariat hollarda klyon daraxti yog’ochidan yasaladi. Ustki qopqog’i oralig’ida 24-25 ta (uchtalik) ichak – yupqa torlari va ya’ni 72-75 dona torlar joylashgan. To’g’ri burchak shakldagi qismida teshik orqali torlar o’tkazib bog’lanadi va yopib qo’yiladi. Uchburchak shaklidagi qismida maxsus kalit bilan buraladigan yog’och quloqlariga, torlarning boshqa tomoni soat millariga qarama-qarshi ravishda o’ralib, maromiga yetgunga qadar sozlanadi. Teri qoplamining ustida torlar, ostida uzun yog’och xarrak joylashadi. Boshqa tomonidagi shayton xarrak orasidan simlar o’tkaziladi. Shayton xarraklari yonida 1-2-3 tagacha maxsus «Urb» moslamalari joylashtirilgan. Urb moslamalari ijro vaqtida torlarni kichik sekunda, katta sekunda va kichik tersiyagacha ko’tarib-tushirish imkoniyatini beradi.
Qonunga o’xshash cholg’ulardan: ruslarda Gusli, latishlarda Kuokle, estoniyada Kannel, latviyada Konkles, ozarbayjonda Cheng, ukrainada Bandura, osetinlarda Duadastanon, G’arbiy Ovrupada Simbala deb yuritiladi.
Qonunni noxun va mediator bilan ijro etadilar. O’ng va chap qo’l ko’rsatgich barmoqlariga, ba’zida boshqa barmoqlarga ham noxun taqilib, barmoq va noxun orasiga mediator kiydirib ijro etiladi. Mediator 30-40 mm uzunlikda va 1,5-2 mm qalinlikda, eni esa 0,5-0,7 mm bo’ladi. Noxun esa bo’yi 25-30 mm, eni 10-15 mm bo’lib, sozandaning qo’liga osongina moslashtirish mumkin bo’lgan holda metaldan yasaladi
Dutor juda qadimiy musiqa asbobi uning paydo bo‘lishning tarixiga kelsakeramizdan avvalgi asrlarga borib taqaladi. Dutorlar tut, o‘rik, yong‘oq, archa
yog‘ochlaridan yasaladi. Dutorlar yasalishi jihatdan ikki qismdan iborat yani, dasta
va kosa bo‘lib, bularning birlashtiruvchi qismini esa “bug‘iz “ deb ataladi. Dutorlar
kosasi o‘yma va qovurg‘achalarning birlashganidan yasalishi mumkin. 1936-1937-
yilarda Toshkentda o‘zbek musiqa cholg‘ularini takomillashtirish ustaxonasi
ochilib, boshqa sozlar qatori nota ilmiga moslashtirilgan yog‘och pardali, kapron
torli yangi dutorlar ishlab chiqarila boshladi. Hozirgi kunda bu dutorlar malakali
o‘qituvchilarimiz tomonidan yosh dutorlarchilarga ijrochilikdan saboq berib
kelmoqda.
Dutorlar oilasi 6-ta:
1. Prima
2. Sekunda
3. Alt
4. Tenor
5. Bas
6. Kontrabas
Prima - dutorning kichraytirilgan bir turi hisoblanadi. Buning qopqog‘i tut
o‘rnida archa daraxtidan qilinadi. Ipak torlari o‘rniga ichak tor tortiladi. Pardalar
dastasini o‘yib xromatik holda doimiy o‘rnatilgan. Torlari kvarta va unisonga
sozlanadi. Birinchi oktavadagi “mi va lya “ga sozlanib, notalar skripka kalitida
yoziladi. Notalar eshitilishiga nisbatdan oktava yuqorida yoziladi. Hajmi kichik
oktavadagi mi-lyadan birinchi oktavadagi sol va ikkinchi oktavadagi do-ga qadar.
Bu asbob, dutorlar oilasiga mansub bo‘lib, ushbu cholg‘u asbobining eng
baland tovushga ega. Applikatura jihatidan rubob prima, g‘ijjak asboblariga
o‘xshab ijro etiladi. Masalan pissikato, bidratma, stakatto va h.q. Dutor primaning
umumiy ovoz hajmi birinchi oktavadagi mi tovushidan uchinchi oktavadagi lya
tovushiga qadar bo‘lib, orkestrda solo va jo‘rnavoz bilan ijro etiladi.
Dutor sekunda - yangi ishlangan dutorlar oilasiga mansub cholg‘usi, ovoz
jihatidan o‘rtacha registrda uning ham torlari ikki ipak tordan iborat bo‘lib, kvarta
oralig‘ida sozlanadi. Tashqi ko‘rinishi dutor primadan bir oz kattaroq qilib
ishlangan, ya’ni dutorlarning kosasi bir hil, lekin dastasining uzunligi har hil bo‘lib
ishlangan. Lya va re ga sozlanib, umumiy ovoz hajmi kichik oktavadagi lya
tovushidan ikkinchi oktava re tovushigacha sozlanadi.
Dutor alt - ikki tor degan ma’noni anglatadi. Dutor asrdan- asrga o‘tib, o‘zbek
xalqiga madaniy xizmat qilib kelayotgan milliy musiqa cholg‘ularidan biri
hisoblanadi. Bu cholg‘u faqat o‘zbek xalqining cholg‘usi bo‘lmay, balki bizni
qardosh tojik, uyg‘ur, qoraqolpoq, turkman xalqlarining sevimli cholg‘usi
hisoblanadi.
Dutor kvarta - kvinta, oktava va unisonga ham sozlanadi. Dutorga o‘xshash
cholg‘uni qozoqlarda “do‘mbira“, qirg‘izlarda “qo‘buz deb ataladi. Dutorlar
to‘qqiz tuzilishga ega:
1. Dastasi
2. Kosasi
3. Asosiy harak
4. Shayton harak
5. Quloqlari
6. Pardalari
7. Tiqn ya’ni simni ko‘taruvchi
8. Ovoz joyi
9. Simlari ya’ni lya va mi
Dutorning kosasi o‘yma va qovurg‘achalarning birlashganidan yasalishi
mumkin. “O‘yma dutor“- Samarqand, Xorazm, Tojikistonda va Turkmanistonda
qo‘llanilib, bir bo‘lak tut yog‘ochidan o‘yib ishlanadi. Qovurg‘ali dutor ham tut
yog‘ochidan ishlanib, 8-10 santimetr bo‘lak yupqa taxtachadan egib birlashtiriladi.
Kosa ustiga yopishtiriladigan qopqoq ham tut yog‘ochidan tayyorlanadi. Odatda
dutor yasaladigan tut yog‘ochi soyada quritiladi. Dutorning umumiy uzunligi
1200-1300 milimetr, ayrim joylarda esa 750-800 milimetrni tashkil etadi. Ushbu
cholg‘u haqida gap borganda, albatta, uning mohir ijrochilarini eslab o‘tish joizdir.
«Natijada 2003-yil “Ta’lim hamma uchun” dasturining Milliy rejasi ishlab chiqildi.
“Ta’lim hamma uchun” dasturining Milliy rejasi 2000- yilgi Dakar shartnomalari
doirasida ishlab chiqilgan bo‘lib, siyosatchilar, ta’lim tizimi, vazirlik va idoralar
rahbarlari, pedagoglar, jamoat arboblari, O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz
ta’lim tizimini rivojlantirish muammolari bilan qiziquvchi barcha shaxslar uchun
mo‘ljallangan. “Ta’lim hamma uchun” Milliy harakat rejasini ro‘yobga chiqarish
bo‘yicha yaqin davrlar (2001-2015- yillar)ga mo‘ljallangan tadbirlar belgilanib,
“Ta’lim hamma uchun milliy harakati hamda umumiy o‘rta ta’lim maqsad va
vazifalarini ro‘yobga chiqarish siyosati” deb nom olgan VI bandining IX yo‘nalishi
Maxsus ta’limga yo‘naltirilgan bo‘lib, unda maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim
muassasalariga jalb etishda qonunchilik va me’yoriy bazani takomillashtarish,
maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim-tarbiya, maxsus ta’lim mazmunini, inklyuziv
ta’lim jarayonining o‘quv-uslubiy tomonini takomillashtirish, pedagog kadrlarni
qayta tayyorlash va malakasini oshirish, inklyuziv ta’limning moddiy-texnika
bazasini mustahkamlash, inklyuziv ta’limni joriy etishda targ‘ibot-tashviqot
ishlarini olib borish va boshqa masalalar qayd etilgan”. «Yangi O‘zbekiston
taraqqiyot strategiyasi yetti yo‘nalishdan iborat etib belgilandi. Bu – bejiz emas.
Zero, ajdodlarimiz yetti raqamini baxt-saodat va omad keltiradigan, ezgu niyatni
ro‘yobga chiqaradigan xosiyatli timsol, deb bilganlar » [2].
Mashhur dutorchilar: H. A. Abdurasulov, Abdusoat Vohobov, Davlatoxun
Qodirov, Yunus Rajabiylar dutor chalganlarida kishilar og‘ir bir sukunatga
cho‘milib, olam-olam ma’noli hissiyotlar ummoniga botardilar. Ulardan keyin esa
Shokirjon sartarosh, Orif Qosimov, Zokirjon Obidov, To‘xtamurod Rasulov va
boshqalar davom ettirganlar. Hozirgi kunda esa xizmat qilib kelayotgan dutorchilar
G‘ulom Qosimov, Malika Ziyaeva, Obidjon Odilov, Sulton Qosimov va boshqalar.
Dutor Tenor - Ushbu dutor rekonstruksiya qilingan cholg‘u bo‘lib, o‘rta va
pastki registrlarda ovoz hosil qiladi. Dutor tenor sol kalitida yoziladi va
yozilganlaridan bir oktava past eshitiladi. Unda ikkita tor bo‘lib (re va sol) kvarta
va kvinta intervaliga sozlanadi.
Dutor bas - bu cholg‘u eng birinchi bo‘lib 1948-yil Toshkent Davlat
konservatoriyasida yasalgan. Dutor bas asbobi o‘zbek xalq cholg‘u ansambli
tarkibida bas tovushini mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Ushbu asbobni
sozanda o‘tirgan holda ijro etadi, dutor bas-dutorning katta qilib ishlangan turi.
Dutor bas kvinta intervaliga sozlanadi, uning 4-ta tori mavjud, bular to‘rtinchi
“do”, uchinchi “sol”, ikkinchi “re”, birinchi “lya “ lya tori ichakdan qilinadi
qolganlari esa metallardan yasalgan. Notalar eshitilishi bo‘yicha bas kalitida
yoziladi, ovoz hajmi katta oktavadagi do dan birinchi oktavadagi solga qadar. Bu
cholg‘ularda ijrochilarni tayyorlash va tarbiyalashda dotsent A. K.Nazarovning
xizmatlari kattadir. A.Nazarov ushbu sinfni tugatib, hozirgi kunda 1960-yildan
buyon ushbu cholg‘udan dars berib kelmoqda
Dutor kontrabas - bu chog‘u dutorlar oilasining eng yirik shakli ya’ni bu
asbob dutor basdan ancha kattaroq qilib ishlangan variantidir. Dutor kontrabasning
kosasi katta –katta “qobirg‘acha”lardan iborat, dastasi dutor bas asbobidan uzunroq
bo‘ladi, quloqlari esa temir metalldan ishlanib, qattiq tortilib turush vazifasini
bajaradi. Bu asbobning torlari juda qalin bo‘lib, orkestrda yo‘g‘on bas tovushi
bilan farq qiladi. Dutor basning kosasiga maxsus tayyorlangan tayoqcha o‘rnatilib
o‘tirgan holda ijro etiladi.
Xulosada shuni aytishim mumkinki, maqolada bevosita musiqaga tegishli bir
qator tushuncha ham tilga olingan. Xususan, dutorga ta’rif berar ekan, O‘zbekiston
san’at va madaniyati yoshlar kelajagida muhim o‘rin tutadi. Bizning milliy kuyqo‘shiqlarimizni shunchalik o‘tkir va sehrli kuchi borki, biz o‘zga yurtlarga borib
bemalol yurtimizni milliy kuy – qo‘shiqlarini namoyish eta olamiz va ularning
hayratiga sazovor bo‘la olamiz. Bu shundan dalolat beradiki ertangi farovon
kelajagimiz albatta biz yoshlarni qo‘lida ekanligi har bitta O‘zbekiston yoshlarini
intilishga, izlanishga harakat qilishidan asli to‘htamasligini anglatadi.
„Dutor oʻrganish kitobi“ — oʻzbek musiqachisi Abdusamad Ilyosov qalamiga mansub dutor chalishni oʻrgatuvchi qoʻllanma. 1966-yil Toshkent shahrida „Oʻqituvchi“ nashriyoti tomonidan chop etilgan.[1] Qoʻllanma „madaniy-oqartuv“ texnikumlar hamda musiqa bilim yurtlari uchun qoʻllanma oʻlaroq yozilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:


1. I. A. Karimov “Yuksak ma’naviat yengilmas kuch” Toshkent. Ma’naviat
nashriyoti 2008-yil.
2. Sh. M. Mirziyoev “Milliy taraqqiyot yo‘limizni qattiyat bilan davom ettirib
yangi bosqichga ko‘tyaramiz” Toshkent. O‘zbekiston 2017-yil.
3. M. Rizaeva “Yosh avlod keljagi buyuk davlat” Toshkent Cholpon nashriyoti
2003-yil
Yüklə 25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin