Dzyudo kurashining texnikasi va taktikasi Reja: Dzyudo kurashining texnikasi Dzyudo kurashida texnik-taktik tayyorgarligi Dzyudo kurashining texnikasi


Dzyudo kurashida texnik-taktik tayyorgarligi



Yüklə 18,94 Kb.
səhifə2/2
tarix16.12.2023
ölçüsü18,94 Kb.
#182269
1   2
Dzyudo kurashining texnikasi va taktikasi Reja Dzyudo kurashini-fayllar.org

Dzyudo kurashida texnik-taktik tayyorgarligi
Dzyudo kurashida texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirishda, asosan, texnik-taktik tayyorgarlik va har xil xujum harakatlariga oid kombinatsiyalar bilan bog‘liqdir, deb tekshirish natijasida olingan materiallarda izoh berilgan.

Dzyudochilar bilan olib boriladigan kо‘p yillik tayyorgarligi - sportchilarni tayyorlashga qaratilgan murakkab xamda uzoq davom etadigan pedagogik jarayondir. Terener, musobaqa faoliyatidagi mashg‘ulot rejasini tuzayotib musobaqa nagruzkalari xajmi, yо‘nalishi qay tarzda о‘zgarib borishini, bu о‘zgarishlar sportchilarning jismoniy, texnika-taktik va nazariy tayyorgarligiga qanday ta’sir kо‘rsatishini hamda u sport yutuqlarining dinamikasida aks etishini tasavvur kila olishi lozim.


Yuqori malakali dzyudochilarning musobaqa faoliyatini tahlilida mashg‘ulot nagruzkalari yо‘nalishi hamda hajmi о‘ziga xos xususiyatlarga ega. Tayyorgarlik bosqichida umumiy va yordamchi tayyorgarlik asosiy о‘rinni egallaydi.
Erishilgan yutuqlarni saqlab qolish kо‘p yillik mashg‘ulot jarayonida umumiy , yordamchi va maxsus tayyorgarlikning taxminiy nisbatlari foizda hisoblanadi. Ixtisoslashgan bazaviy tayyorgarlik bosqichida maxsus tayyorgarlik ulushi muhim darajada oshadi va umumiy tayyorgarlik ulushi kamayadi. Alohida imkoniyatlarni maksimal amalga oshirish bosqichida maxsus tayyorgarlik umumiy ish xajmidan 60% gacha yetishi va undan kо‘p bо‘lishi mumkin.
Musobaqalarda yutuqlarni ushlab turishda maxsus tayyorgarlik ulushi qat’iy yuqori bо‘ladi va umumiy tayyorgarlik ulushi minimumgacha kamaytiriladi. Har xil tayyorgarlik turlari nisbatlarining bunday sxemasi hamma sport turlari uchun umumiy hisoblanadi, lekin dzyudoda u mashg‘ulot tо‘g‘risida umumiy tasavvurlarni beradi. Dzyudochilarning yutuqlar kо‘p jihatdan dzyudochining oqilona texnik-taktik tayyorgarligiga bog‘liq.
Dzyudochilarning mukammal texnika - bu eng yuqori natijaga erishish maksadida sport mashqlarini bajarishning samarali usullari yig‘indisidir. О‘rgatish jarayonida texnikani egallash darajasi о‘zgarib turadi. Musobaqalardagi oqilona texnika kurashchiga xarakatlarni tejamkorlik bilan bajarish uchun imkon yaratadi.
Texnik-taktik tayyorgarlikning har bir bosqichida “о‘sish о‘lchamini” aniqlash va musobaqalarda kayd qilingan texnik-taktik harakatlarini baholash tizimidan foydalanish lozim. Sport kurashi bо‘yicha maxsus ilmiy-uslubiy adabiyotlarni har tomonlama tahlil qilish natijasida kurashchining texnik-taktik tayyorgarligini kо‘p yillik rejalashtirishni ishlab chiqdi. Dzyudochilarning bellashuvdagi texnik elementlari va taktik tayyorgarlik usullari, asosan, 10-15 yoshda о‘rganilishi lozim. Texniktaktik mahoratni kelgusida takomillashtirish о‘smirlik hamda о‘spirinlik yoshlarida amalga oshiriladi.
Dzyudochilarning texnik-taktik tayyorgarlikka vaqtning umumiy sarflanishi kurashchilar malakasi ortib borishi bilan о‘sadi, lekin mashg‘ulotning umumiy hajmiga nisbatan foizlarda kamayib boradi. Bunday nisbat kuch tayyorgarligi va tezkorlik chidamliligi darajasini oshirish zaruriyatiga bog‘liq.
Dzyudochilarning texnik-taktik harakatlarni tuzilmasi Dzyudo kurash taktikasi texnika rivojalanishi, musobaqa qoidalari va hakamlik tizimining о‘zgarishiga muvofiq holda muntazam rivojlanib kelmoqda. Hozirgi paytda dzyudochi tomonidan tо‘xtovsiz hujum bajariladigan texnik-taktika harakatlari afzal hisoblanadi. Ushbu holda, hattoki agar u ballar bilan baholanadigan hech qanday hujum uyushtirmagan, uning raqibi esa faqat himoyalangan bulsa ham, unga ustunlik beriladi, raqib esa sustkashligi uchun ogohlantirish oladi.
Texnika taktikaning asosiy vositasi hisoblanadi. Muayyan taktikani tanlash ham usullar jamg‘armasiga bog‘liq. Kо‘pincha u dzyudochining jismoniy qobiliyatlari: kuchi, tezkorligi, chaqqonligi bilan aniqlanadi. Ushbu sifatlardan biron birining yuqori darajada rivojlanganligi shu jismoniy sifatga urg‘u bergan holda (hal etuvchi harakat bilan) taktikani tuzishga imkon yaratadi.
Musobaqalarda bellashuvni olib borish taktikasi, asosan, raqib tayyorgarligi darajasiga bog‘liq. Bellashuv taktikasini tо‘g‘ri tuzish uchun, birinchi navbatda, raqibning qanday hujum harakatlarini qо‘llashi, qanday himoyalanishi, uning jismoniy tayyorgarligi qandayligini bilish lozim. Musobaqa oldi tayyorgarlik bosqichlarida taktikani о‘z tayyorgarligining kuchli tomonlari va muayyan raqibning bо‘sh tomonlarini hisobga olgan holda rejalashtirish shart.
, agar kurashchi katta kuchga ega bо‘lsa, unda hal qiluvchi hujumni kuch usulida qurish lozim. Agar raqib harakatlarni tez bajara olsa, unda uning harakatlarini ushlab olishlar bilan bо‘g‘ish va kuch bilan bostirish zarur. Agar u jismonan kuchli bо‘lsa, uning harakatlaridan ilgari harkatlanish va murakkab hujumlar bilan ustunlikka erishish lozim. Raqibning yaxshi kо‘rgan hujumlarini bilgan holda qarshi hujum harakatlarini tanlash zarur.
Taktik reja quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
1. Bellashuv maqsadi va unga erishish uslublari. Maqsad kurashchi va raqibning imkoniyatlariga qarab belgilanadi. Nisbatan bо‘sh raqib bilan bо‘ladigan kurashda kurashchining maqsadi - sof g‘alabaga; kuchli raqib bilan esa - ochkolar bо‘yicha g‘alabaga erishishdan iborat.
2. Texnik harakatlarni tanlashda о‘z tayyorgarligini hisobga olgan holda belgilangan maqsadga tо‘liq mos keladigan va muayyan raqib bilan kurashishda samarali bо‘lgan texnik harakatlar hamda ularni tayyorlash usullarini (MHH) tanlaydi. Usullar va MHH raqibning bо‘sh tomonlarini hisobga olgan holda tanlanadi.
3. Bellashuvni tuzishning umumiy yо‘nalishi bellashuvning birinchi davridanoq g‘alabaga erishish yoki ballarda ustunlikka ega bо‘lishga qaratiladi.
4. Bellashuv sur’ati. Yaxshi tayyorgarlikka ega bо‘lgan kurashchi yetarlicha chidamlilikka ega bо‘lmagan, lekin kuch va texnikada undan ustun bо‘lgan raqib bilan uchrashuvda bellashuvni yuqori sur’atda olib borishni rejalashtirishi maqsadga muvofiqdir. Chidamli raqib bilan bо‘ladigan bellashuvda о‘z energiyasini tejab sarflash lozim. Raqibga bellashuvni yuqori sur’atda olib borishga yо‘l qо‘ymaslik maqsadida uning harakatlarini cheklab quyish, о‘zi esa qarshi hujum uchun eng kichkina imkoniyatdan foydalanib qolishga tayyor turishi lozim.
Dzyudochi bellashuvda yutqaza turib, oxirgi sekundga qadar hal qiluvchi hujumni tayyorlashi lozim. Dzyudochi, о‘z harakatlari bilan mag‘lubiyatni tan olgandek kо‘rsatib, raqib uchun kutilmagan vaziyatda “portlashi” va bellashuv taqdirini о‘z foydasiga hal qiluvchi murakkab xujumni amalga oshirishi zarur. О‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida birinchi marta kurash bellashuvi tuzilmasini tashkil etuvchi va muayyan vazifalarni hal etishning turli usullari hamda vositalarini tavsiflovchi taktik harakatlar ajratildi: - razvedka qilish - harakat kurashchilarning katta “aldamchi” faolligi bilan tavsiflanadi.
Bellashuvning birinchi minutlarida manevr olib borish aldamchi haraktalar, siltashlar, chorlash hisobiga amalga oshiriladi. Sifat tavsiflari (rо‘yobga chiqish yoki chiqmaslik) keyingi harakatning amalga oshirilish darajasi bо‘yicha aniqlanadi; - hujumni amalga oshirish - ushbu harakat uchun oldindan aniq tayyorgarlik kо‘rmasdan hujumning texnik usulini о‘tkazish xosdir. Usulni bajarish vaqti, aks holda - shunday tayyorgarlik vaqti ham qayd qilinadi. Ikkala holda ham usulning tugash vaqti yoki maqsadli kо‘rsatmaning о‘zgarish vaqti qayd etiladi; - qarshi hujumni amalga oshirish - maqsad bellashuvda raqibning xujum harakatlari paytida singari maxsus yaratiladigan sharoitlar vaqtida yuzaga keladi.
Birinchi holatda kurashchi avval himoyalanish harakatini amalga oshiradi, sо‘ngra qarshi hujumni bajaradi. Ikkinchi holatda kurashchi raqibni ma’lum bir ushlab olishga chorlaydi va keyin qarshi hujum harakatlari amalga oshiriladi. Birinchi holda himoyalanish harakatini tugallash vaqtidan boshlab to qarshi hujumning texnik usulini yakunlashga qadar, ikkinchi holda - chorlashni qо‘llash paytidan boshlab to usulni yakunlash yoki maqsadli kо‘rsatmani о‘zgartirishga qadar bо‘lgan vaqt oraliqlari hisobga olinadi; - himoyalanishni amalga oshirish - himoyalanish harakatlari raqib tomonidan ma’lum bir hujum harakatini amalga oshirish uchun ushlab olish paytidan boshlanadi va himoyalanishni amalga oshirish yoki raqib tomonidan hujumni amalga oshirish bilan yakunlanadi; - faollikni namoyish qilish - ushbu harakatni hal etish boshi va oxiri birmuncha qо‘shilib ketgan hamda kurashchining о‘zidan tuzatish kiritishni talab qiladi. Lekin diqqat bilan tahlil qilganda ularni yetarlicha aniq kо‘rish mumkin. Faollik bilan siltashlar, itarishlar, aldamchi harakatlarning kо‘pligi bilan tavsiflanadi.
Dzyudochilar hujum usullarining boshlang‘ich harakatlarini bajarayotgan paytlarida, odatda, usulni oxirigacha yetkazmaydilar; - ustunlikni ushlab qolish, ya’ni kurashchi yutilgan ballar orqali ustunlikka erishgandan sо‘ng uni ushlab qolishi lozim. Bu taktik harakat shu bilan tavsiflanadiki, sportchi imkon qadar uzoq vaqt ichida raqibiga yutqazib qо‘yilgan ballarni kamaytirishga xalaqit berishi zarur.
Ushbu harakatni amalga oshirishda manevr olib borish va hujum harakatlari keng qо‘llaniladi, buning ustiga kurashchi asosan ushlab olishni amalga oshiradi hamda hakam bellashuvni tо‘xtatgunga qadar raqib harakatini cheklab qо‘yadigan holatda turadi; - kuchni tiklash - kurashchi, turtishlardan foydalanib, harakatlarni cheklab, manever olib borib, nafas olishni tiklashga va, mushaklarni tо‘liq bо‘shashtirib, ulardagi qon oqimlarini kuchaytirishga harakat qiladi.
Bu holda ushlab olishlarga yо‘l qо‘ymasdan, raqibni uzoq masofada ushlashga intiladi; - tatami chetida ushlab olishni amalga oshirish - hujum usuli bilan bajariladi, bunda usulni amalga oshirish uchun faqat ushlab olish bajariladi va bu ushlab olishda sportchi raqibni tatami tashqarisiga itarib chiqaradi. qoidalarda о‘zgarishlar bо‘lganligi sababli bu harakatlarni qо‘llash mumkin bо‘ldi. Bu yerda, agar kurashchi raqibni ushlab olib, tatami tashqarisiga chiqsa, unga bu harakati uchun yutuq balli yoziladi, raqib esa ogohlantiriladi. Bu topshiriqning boshlanishi usulni amalga oshirish uchun ushlab olish paytidan boshlab to uni tamomlagunga yoki hakam xushtagi chalinguncha qadar qayd qilinadi; - xavfli holatni amalga oshirish - ushbu harakatni hal qilish boshlanishi va oxiri bellashuvda yaqqol kо‘zga tashlanadi. Bu xavfli holat paydo bо‘lish paytidan boshlab belgilanadi va “tushe” holati yoki raqib tomonidan xavfli holat bartaraf etilishi bilan tugullanadi; - xavfli holatni bartaraf etish - vazifaning vaqt paramertlari (xavfli holatni amalga oshirilishidan oldin bartaraf etish) oldingi harakatdagi kabi yengil qayd qilinadi.
Dzyudochi musobaqalarda g‘alabaga erishish uchun 60% gacha hujum va himoyalanishlarni amalga oshirishi lozim. Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga kо‘ra, sportchilar musobaqalarda g‘alaba qozonishi uchun 70% gacha razvedka harakatlarini, 60% - ushlab olishlarni, 60% - faollikni namoyish qilishni, 100% - xavfli holatni amalga oshirishni, 60% - qarshi hujum harakatlarini, 80%- ustunlikni ushlab qolishni, 80% - kuchni tiklashni, 100% - xavfli holatni bartaraf etishni bajarishlari lozim. Asosiy texnik harakatlarni samarali bajarishda tayrlov harakatlari katta ahamiyatga ega, shuning uchun ular uzviy bog‘liqlikda takomillashtirilishi lozim. Takomillashtirishda asosiy qiynchilik harakatning bir turidan ikkinchisiga о‘tish fazasida yuzaga keladi. Mahorat darajasi qancha yuqori bо‘lsa, bunday bog‘liqliklar kam kо‘zga tashlanadi.
http://fayllar.org
Yüklə 18,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin