omillardir. Insonning ijtimoiy muhiti sharoitlari
ichiga kasb mehnati, turmush
tarzi, madaniyati va ma’naviyati kabilar kiradi.
Jahon fani to‘plagan ma’lumotlarga ko‘ra, ochiq havoda ortiqcha
zo'riqishsiz jismoniy mehnat bilan shug‘ullangan odamlarda harakatning tezligi,
qad-qomatning tikligi, ma’naviy tetiklik, ruhiy faollik uzoqroq saqlanadi. Mana
shu holat jismoniy tarbiya bilan doimiy shug‘ullanuvchi kishilarda ham bo‘ladi.
“Ummi uzaytirish muammolari” nomli (1952) kitobda dog‘istonliklarda
uzoq umr ko‘rishnipg acosiy sabablari quyidagilar ekani ta’kidlangan: 1)
Respublikaning tog‘li qismidagi iqlim sharoiti va jo ‘g‘rofiy omillar, 2) sutkasiga
3 -4 marta iste’mol qilinadigan go‘shtli, o'simlik moyli va sutli oziq-ovqatlar,
chekishning, ichish va ortiqcha jinsiy aloqaning ta’qiqlangani; 3) avlodan-
avlodga asrlar davomida o ‘tib kelayotgan madaniy an’analar, o‘ziga xos turmush
tarzi
va uning xususiyatlari; 4) gigienaning barcha qonun va qoidalariga rioya
qilinishi va butun umr bo‘yi jismoniy mehnat bilan shug‘ullanish; 5) bir maromda
ham passiv, ham aktiv hordiq chiqarish; 6) aholi turmush darajasining moddiy-
maishiy jihatdan yaxshilanishi va hokazolar.
S.Pako va uning izdoshlari ta’kidlaganidek, keksayish jarayonida ayrim
psixofiziologik va psixologik jarayonlaming barqarorlashuvi
inson umrining
uzayishiga, unda ijodiy faollik uzluksiz davom etishiga yordam beradi, aqliy
mehnat bilan doimo shug‘ullanuvchi keksa odamlarda mantiqiy xotira saqlanadi.
Shu bilan birga iqtidorli va aqlni peshlash mashqlari bilan shug*ullangan
kishilarda ham intellektning yuksak darajasi saqlanib, boshqa bilish
fimksiyalarining faoliyati bir tekis harakatni vujudga keltiradi.
Uzoq umr ko‘rishning, umr uzayishining muhim omillaridan yana bittasi
kasb-korlik faoliyatiga bog‘liq psixik holatning barqarorlashuvidir.
Ana shu
holatga insonning ko‘rish idrokida fazoni farqlash (fazoviy tasawur) qobiliyati
kiradi. Fransuz gerontologi va oftalmologi G.Offre “Gerontologiya asoslari”
(1960) kitobidan joy olgan “Ko*zning keksalarga xos o‘zgarishi” asarida ilmiy-
amaliy ahamiyatga ega boMgan ma’lumotlar keltiradi. Uning fikricha, keksalikda
presbioniya (grekcha, qarilikda ko‘rishning zaiflashuvi) hodisasi ro‘y berib,
yaqinni ko‘rish yomonlashadi. G.Offrening fikricha, 10 yoshdan ko‘rish
akkomodatsiyasining kuchi pasayishi, agar da 10 yoshda akkomodatsiya kuchi 16
dioptriyaga (grekcha optik oMchov) teng bo‘lsa, 40-45 yoshda-4, keyinchalik esa
1 bir dioptriyaga tushib ketishi mumkin. 50-60 yoshlarda akkomodatsiya o‘zining
eng quyi darajasiga tushadi, biroq shundan keyingi yosh davrlarida barqarorlashib
boradi. Jahon psixologiyasi fani ma’lumotlariga qaraganda, akkomodatsiyaning
kuchi
shunchalik kamayib boradiki, yaqinni faqat kuzoynak bilan ko‘riladigan
bo‘ladi.
Ba’zi manbalarda mayda narsalar bilan shug‘ullanmaydigan, ko‘zi uzoqni
ko‘rishga o‘rgangan odamda akkomodatsiya yuksak darajada saqlanishi, ko‘z
xiralashuvi juda sekin, goho butunlay ro‘y bermasligi mumkin.
243
M.Ya.Lojechnikova va L.N.Kuleshovaning aniqlashicha, haydovchilar,
temiryoMchilar, ovchilaming ko‘rish sezgirligi yoshligida 1 yoki 1,5 birlikkateng
bo*Isa, uzoq yiilardan keyin ham o‘zgarmasligi mumkin.
I.V.Davidovskiy va B.G.Ananevlar ta’kidlaganidek, qarish va uzoq umr
ko:rish o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Binobarin, ummi uzaytirishning juda ko‘p
omillari bor. Yuqorida uzoq umr ko'rishning ekologik
omillari ifodalandi, lekin
uning psixologik, ijtimoiy-psixologik omillari, manbalari va mexanizmlari ham
mavjuddir. U mum an aytganda, insonning umrini uzaytirish
uchun shaxslararo
yaxshi munosabat, shirin muomala, samimiy muloqot, oilaviy totuvlik, asab
sistemasini asrash, barqaror his-tuyg‘u, hamdardlik,
psixik faollik, irodaviy
tetiklik bo‘lishi zarur.
244