E. G' G'oziev O'zbekiston respublikasi



Yüklə 112 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/64
tarix07.01.2024
ölçüsü112 Kb.
#211287
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64
G`oziyev E.G`. Ontogenez pisixologiyasi


'' 
‘ 
■ * I '
 
76 
-iT . T 
'A


qtyni-qcrshnilarga ham b o g ia n ib (o ‘rganib) kolnikib qoladi. Taxminan 8 -0
oyligidan kattalar bilan dastlabki o ‘yin faoliyatini boshlaydi.
O lyin faoliyatidagi tabassum, jonlanish, shodlik tuyg‘ulari a w a l faqat 
kattalar ishtirokida namoyon b o ia d i, vaqt o ‘tishi bilan o‘yinning o ‘zi bolaga 
quvonch bagishlaydi. G o‘dak bir yoshga yaqinlashgan sari kattalaming xatti- 
harakatlarini izchil kuzatishdan tashqari, unda asta-sekin ularning faolivatida 
ishtirok etish tuyg‘usi, istagi paydo b o ia d i, keyinchalik ularga k o iu a k berish 
ish tiy o g i tu g ‘iladi. Natijada bola individual faoliyat 
turidan hamkorlikdagi 
faoliyatga ham o ‘ta boshlaydi. M aium ki, hamkorlikdagi faoliyat muloqot 
k o ia m in i kengaytirishga yordam beradi.
Tadqiqotchilardan N.L.Figurin va M.P.Denisova go‘dakning bir yoshgacha 
davridagi psixik o ‘sishini o ‘rganganlar. Olingan m aium otlaridan kelib chiqib bir 
yoshgacha kulgi inson chehrasi va tovushidan ta ’sirlanish asosida vujudga 
kelishini ta'kidlaganlar. Bolaning boshini burib qarashi asosan insonning 
tovushiga javob reaksiyasi tarzida namoyon b o isa -d a , u keyinchalik boshqa 
tovushlardan ta'sirlanishda ham ko‘rinadi.
Bolada qo‘rquv hissi kishilami tanish va notanishga, qarindosh va 
begonaga ajratish, niqobni farqlash jarayonida vujudga keladi. Shuning uchun 
ijtimoiy tajriba va ko‘nikmalami o ‘zlashtirishda, biror holatni yaqqol aks 
ettirishda 
goldak 
kattalarga 
taqlid 
qiladi. 
Taqlidchanlik 
bolaning 
ijtimoiylashuviga keng imkoniyatlar yaratadi va uni faoliyatining yanada 
takomillashuviga turtki b o ia d i.
Yuqoridagi 
tadqiqotchilam ing 
fikr-mulohazalarini 
umumlashtirsak, 
qimmatli umumpsixologik fikrlarm muayyan tartibda, izchil joylashtirish 
mumkin b o ia d i. Birinchidan, mazkur yosh davrida bola bilan uni parvarish 
qilayotgan kattalar o ‘rtasida yaqin va nisbatan barqaror aloqa o ‘matiladi. 
Ikkinchidan, go‘dak qatnashadigan har qanday favquloddagi holat va muammoli 
vaziyatda kattalar markaziy siymoga aylanadilar. Uchinchidan, go'daklik 
davrining oxirida hamkorlikdagi o ‘yin faoliyati individual o ‘yin faoliyatiga 
aylanadi.
77


Shunday qilib, go'daklik davrida kattalar bilan faol aloqaga kirishish 
ehtiyoji tug'iladi va bu aloqa nutq davrigacha m uloqotning o ‘ziga xos yangi shakli 
sifatida bolaning o‘sishida muhim rol 
0
‘ynaydi. Bir yoshgacha davrda paydo 
bo'lgan ehtiyojning tobora chuqurlashuvi bilan nutq davrigacha muloqot 
cheklanganligining nomutanosibligi bir yoshdagi inqirozni keltirib chiqaradi. 
Vujudga kelgan qarama-qarshilik o ‘z yechimini nutq orqali muloqot davrida 
topadi va bola o^sishning bir bosqichidan ikkinchi bosqichiga o'layotganini 
ifodalavdi. G o'dakning nutq faoliyati takomillashgan sayin m uloqotning 
mazmuni boyib, ko‘lami kengayib boradi. N atijada haqiqiy m a’nodagi 
shaxslararo munosabat vujudga keladi, go‘dakning shaxsga aylanishi va 
ijtimoiylashuviga keng im koniyatlar yaratadi. M azkur davrda g o ‘dakning 
o ‘sishini ta’minlovchi ob’ektiv va sub’ektiv sharoitlar yaratilishi - bolaning 
faolligi ortishi uchun psixologik negiz bo‘ladi.
L.l.Bojovich olib borgan tadqiqotning natijasi tu g ‘ilish davriga kelganda 
bolaning miya po‘stlog‘i faoliyat ko‘rsata boshlasa-da, aslida u na anatomik va na 
funksional jihatdan rivojlangan b o blishini ko‘rsatdi. Vaholanki, uning psixik 
dunyosida vujudga keladigan ehtiyoj laming kuchi, davom iyligi, barqarorligi ana 
shu rivojlanishga bog'liqdir. Shunday ekan, organlam ing rivojlanishi g o ‘dakning 
funksional holatiga aloqadorligi sababli bosh m iyaning rivojlanishi ham unga 
yangi qo‘zg‘atuvchilaming ta ’sir qilishiga va bu ta’sim ing bosh miya katta yarim 
sharlari po‘stlog‘ida faoliyat uyg‘otishiga bog‘liqdir. Bosh miya markazlari esa 
jadallashgan orientirovka faoliyatining kuchiiligi tufayli funksional jihatdan 
rivojlanadi.
Mohir tadqiqotchi N.M .A skarinning fikricha, katta yoshdagi odam ning 
tabassumi yoki yoqimli ovozidan boshqa hech qanday q o ‘zg‘atuvchi g o'dakda 
shunchalik quvonch va shodlik his-tuyg‘usini vujudga keltira olmaydi. Shu 
sababli quvonch tuyg‘usini uyg‘otish va mustahkamlash uchun tarbiyachilar 
go‘dak bilan tez-tez muloqotda boMishi, yoqimli ohangda, samimiy suhbatlashib 
turishi lozim.
Harakatning psixologik xususiyatlari va mexanizmlarini qator tajribalar 
asosida o'rgangan olim lardan D.B.Elkoninning ishonch bilan ta ’kidlashicha, 2 -3
haftalik go‘dakda ko‘z konvergensiyasi vujudga kelsa ham, o 4z nigohini turli 
jism larga qaratib turish jarayoni juda qiyin kechadi, hayotining 3 -5 haftalarida 
esa uning nigohi oz fursat bo4sa-da, muayyan ob’ektga to‘p!ana boshlaydi. 4 -5
haftalik go‘dakda 1-1,5 metr naridagi jism lam i kuzatish ko‘nikmasi hosil b o ‘ladi.
78


Ikki oylik bola 2 -4 metr uzoqlikdagi narsani kuzatishni o ‘rganadi, u uch oyligida 
4 -7 metr oraliqdagi jism lam i ham payqay oladi, nihoyat, 6 -1 0 haftalik go‘dak 
hatto, aylanayotgan narsalam ing harakatini idrok qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Keyinchalik hissiy organiarining ko‘z bilan turli funksional aloqalar o ‘matishi 
qaror topadi. G o‘dak to ‘rt oyligida uning jism ga tikilishi va tomosha qilishi 
nisbatan barqaror boMadi.
Yuqoridagi fikrlarga qaramay, mazkur yoshdagi bolalarda qo‘l harakati 
hali 
beixtiyor 
xususiyatga 
ega 
bo‘lib, 
jism lam i 
maqsadga 
muvofiq 
harakatlantirishdan ancha uzoqdir. G o‘dak 4 oyligidan boshlab narsaga qo'lini 
yo'naltiradi, asta-sekin unda paypaslash uquvi namoyon bo'la boshlaydi, 5-6 
oyligida narsani ushlash va uni o ‘ziga tortib olish (qo‘ldan yulib olish) 
ko‘nikmalari shakllanadi. Harakat va teri tuyush organlari sifatida qo‘sh vazifani 
o'tovchi ko‘rish qobiliyati bir maromda rivojlanishdan birmuncha kechikadi. 
Bola 6 oyligida unda o'tirish, turish, emaklash, yurish, gapirish ko‘nikmalari 
shakllanadi.
Yuqoridagi hollam ing moddiy asosini o ‘rgangan N.M .Shchelovanov 2 
oylik bolada bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘i o ‘z funksiyasini boshlashini, bu 
hoi barcha idrok qilish organlarida, jum ladan, eshituv, ko'ruv apparatlarida shartli 
reflekslar paydo bo'lganidan dalolat berishini uqtiradi. Olimning fikricha, 
eshitish, ko‘rishning yuksak analizatorlari, hattoki, ulaming kortikal bollimlari 
rivojlanganidan keyin bolada harakat va harakat hodisasi rivojlanadi.
D.B.Elkonin o ‘z tadqiqotlaridan kokzning rivojlanishi 4 oylik go'dakda 
ayrim harakatlam i va harakatlanuvchi o b ’ektlam i kuzatish imkonini yaratadi, 
degan xulosa chiqaradi. Mazkur yosh davrida predmetning harakati ko‘z 
harakatini vujudga keltiradi. Uning rivojlanishi qo‘l bilan paypaslash harakati 
paydo boMishi bilan boshlanadi.
G o‘dakning harakati o ‘z q o ‘lini silash va ushlab ko‘rishdan boshlanib, 
choyshab va ko'rpachalam i paypaslashga borib yetadi. Odatda, bola qo‘lini uzoq 
vaqt ko‘rpacha va choyshab ustida harakatlantiradi. Tashqi ta'sirga javob sifatida 
paydo b o ig a n psixik jarayonning mazmuni q o 'ln in g jism ketidan emas, balki 
jism bo‘ylab harakat qilishidan iboratdir.
D.B.Elkonin va V.S.M uxinalaming fikricha, bolada 5 oyligidan jism lam i 
ushlash harakati boshlanadi: unda predmetni paypaslash uchun qo'lini uzatish va 
uzalilgan qoMlarini ko‘zdan kechirish yoki tekshirish vujudga keladi. Bunda 
ushlab olish sodir bo‘lmasa-da, ushlashga intilish bo'ladi; vaholanki, go'dakning 
qo‘l barmoqlari narsani ushlab turish imkoniga ega boMmaydi.
79


C»o‘dak bir necha marta natijasiz harakat oqibatida kaft va barm oqlarini 
yaqinlashtirib, shunday qulay holat yaratadiki, qo‘lining uchi jism ga tegishi 
bilanoq uni ushlab oladi. Q o‘l bilan ushlashning vujudga kelishi ham g o ldaklik 
davrining muhim rivojlanish pallasi hisoblanadi. Chunki q o ‘l bilan ushlash 
harakati, birinchidan, ko‘rish harakatini muvofiqlashtirsa, ikkinchidan. m azkur 
psixologik holat birinchi y o ‘naltirilgan harakatni ifodalaydi, uchinchidan, 
jism larni ushlashga intilishning o ‘zi narsa bilan turli harakatlam i bajarish 
(manipulyatsiya)ning eng qulay shartidir.
K o'pgina psixologlarning fikricha, olti oylik g o ‘dak yotgan joyidan turib 
o'tirishga harakat qiladi. Chunki bunda jism ni tutib turgan qo‘lning harakatini 
kuzatish imkoni tu g ila d i, o'tirganda q o i harakatlari bilan ko‘ruv idrok maydoni 
o lzaro m utanosiblashadi. 7 oylikdan bolada narsani idrok qilish va ushlab olish 
harakati o ‘rtasida uzviy aloqa vujudga keladi. Masalan, bola o'yinchoqni ko‘rishi 
bilanoq uni olish uchun qo‘lini cho‘zadi.
N.L.Figurin va M .P.Denisovalam ing fikricha, yarim yoshgacha davrida 
go4dakda jism larga takroriy intilishning paydo bo‘lishi harakatning 
rivojini 
yangi bosqichga ko‘taradi. Mualliflar mazkur holatni chuqurroq 
o ‘rganish 
maqsadida sinaluvchilar har xil rangli va hajmli kub, silindr, prizm a kabi geom et- 
rik jism lam i ko‘rsatishgan. Har qaysi jism bolada faol orientir (cham alash, 
m o ijal) refleksini vujudga keltirgan: bola a w a l jism ni ko‘zdan kechirgan, key in 
uni qoTiga olgan, u bilan m ashg‘ul 
b o ig a n , so‘ngra unga uzoq term ulgan 
qaytadan ushlab ko‘rgan, bir q o iid a n boshqa q o iig a bir necha marta olib 
o‘ynagan. Jism 15-25 daqiqa go‘dakning qo‘lida turgan, olingan va undan farqli 
yana bitta jism bilan qolshib, go'dakning oldiga qo‘yilgan. Tajribada bola tanish 
jism ga 
mutlaqo 
e’tibor 
qilmay, 
faqat 
“yangi”siga 
talpinavergan. 
Tadqiqotchilam ing ta’kidlashlaricha, “yangilik” alomati bola uchun muhim 
ahamiyat kasb etgani sababli unda orientir refleksi borgan sari faollashib borgan. 
Shuning uchun “yangi”lik alomatining qo‘zg ‘atuvchilik xususiyati bolaning 
faoliyatida uchraydigan takroriy va uzluksiz harakat mexanizm larini tushunishga, 
idrok qilinayotgan narsalarga faol ko‘z yugurtirish v ajism bilan turli harakatlam i 
bajarishning psixologik mohiyatini ochishga xizmat qiladi.
Keyinchalik, y a ’ni go‘dak ikkita jism dan foydalanishi. ular bilan m ashg‘ul 
b o iis h i natijasida unda mazkur predmetlar bilan funksional harakatlam i am alga 
oshirish sodir b o ia d i. N arsa bilan funksional harakatni am alga oshirishda, 
birinchidan, shu harakatlar predmet bilan munosabat o ‘m atishni talab qiladi, 
ikkinchidan, mazkur harakatdan foydalanish jarayonida g o ‘dakning q o ‘l ishlari 
k o ia m i kengayadi.
R.Ya. Abramovich - Lextman go‘dakning bir yoshgacha davrida 
predmetlar bilan harakat qilishini o ‘rganib, ulam ing oltita rivojlanish bosqichidan 
iborat ekanligini aytadi. Bular: a) faol sergaklik (tetiklik) - 2 haftalikdan 4 -5
haftalikkacha; b) sensor faollik - 1,5 oylikdan 2,5-3 oylikkacha; v) harakatoldi -
2,5-3 oylikdan 4-4 .5 oylikkacha; g) sodda “sermahsul” harakat - 4 oylikdan 7 
oylikkacha; d) o‘zaro b o g ian g an (uyg‘un) harakat - 7 oylikdan 10 oylikkacha;
80


ye) funksional harakat - 10-11 oylikdan 12-13 oylikkacha davoni etadi. M uallif 
har bir bosqichning o‘ziga xos xususiyatlarini ham sxematik, ham tekstual tarzda 
ifodalagan.
Bir yoshgacha bolalarda ta ’sirlanishning eng muhim jihatlari paydo 
bo'lishi va shakllanishi jarayonining rivojlanishi sxemasini N.L.Figurin va 
M.P.Denisova tuzdilar. Buning uchun ular ta'sirlanishning 34 ta ko‘rinishini 
tanlab: ta’sirlanish mavjud emasligi, ta’sirlanish namoyon bo'lishi, uzil-kesil 
ta’sirlanish shakllanish bosqichlariga psixologik lavsif berganlar.
Jism ning 
xususiyatiga 
qarab 
bola 
harakatidagi 
o'zgarishlarni 
M .Yu.Kistyakovskaya, 
D.B.Elkonin, 
Ye.A.Arkin, 
V.S.Muxina, 
N.A .M enchinskaya va boshqalar, retseptor faoliyat mexanizmlarini I.P.Pavlov va 
uning shogirdlari F.R.Dunaevskiy va boshqalar o'rganishgan. Ulaming 
talqinicha, emaklash - go'dakning fazoda mustaqil holda o‘rin almashtirishi, 
harakat qilishning dastlabki ko‘rinishidir. Mustaqil yurish - go‘dakning 
insonlarga xos y o ‘sinda fazoda siljish, joyidan qo'zg'alishni amalga oshirish 
uchun muayyan darajada tayyorgarlikni taqozo qiluvchi harakatlaming yangi 
ko'rinishidir.
Shunday qilib, goldakning jism lar bilan bevosita amaliy aloqaga kirishuvi 
va ular yordam ida harakatlanishi narsalam ing yangi xossa va xususiyatlarini bilib 
borishi, ular bilan munosabatini yanada kengaytirishi uchun imkon yaratadi.
Hayotining ikkinchi yarim yilida bolaning predmetlar bilan har xil 
harakatlami 
am alga 
oshirishdagi 
ildamligi, 
orientirlash 
faoliyatining 
murakkablashuvi. fazoda o'rin alm ashtirishining yangi shakllari vujudga kelishi 
uni katta yoshdagi odam larga bevosita bog'lab qo'yadi.
G o‘dak o'sishining murakkabligi uning xilma-xil faoliyati o ‘zaro 
bog'langanidir. Shuning uchun katta yoshdagi odamlar bu davrda go'dakning 
ehtiyojlarini to‘la qondirishga harakat qilishlari kerak. Shundagina ularning bola 
psixik dunyosiga muntazam va maqsadga muvofiq ta ’sir etishi bola bosh miya 
katta yarim sharlari po'stining faoliyatini takomillashtiradi.
G o'dak hayotining dastlabki oylaridan boshlaboq, o‘yin faoliyati uning 
hayotida muhim o ‘rin egallaydi va unda ko‘rib va eshitib idrok qilish uquvini 
o'stiradi, jism lam ing rangi, shakli, katta-kichikligini ajrata olish qobiliyalini 
rivojlantiradi. O 'yin faoliyati go'dakning borliqni bilishida va uni aks ettirishida 
muhim rol uynaydi.
81


3.4. G o ‘d a k d a m u lo q o t k o 'la m in in g k e n g a y is h i v a n u tq n in g
Oldingi sahifalarda bayon qilinganidek, go‘dakning kattalar bilan uzviy 
bog'liqligi majburiy m uloqotga kirishishni taqozo qiladi. Shaxslararo aloqa 
o'm aiish zarurati bolada noverbal, nutqsiz m uloqotning maxsus shakli paydo 
bo'lishiga olib keladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, organizm ning tashqi va 
ichki qo‘zg‘atuvchilarga javobi “jonlanish”ni keltirib chiqaradi. M uloqotning eng 
oddiy k o krinishlari keyinchalik boshqa murakkabroq k o ‘rinishlarining vujudga 
kelishiga puxta zamin yaratadi.
Katta yoshli kishilar tovushiga taqlid qilish, go‘dakni qurshab turgan 
odamlar nutqini idrok qilishi tom m a’nodagi nutq faoliyatini tarkib toptiradi. 
M uloqotning sovnggi turlari go'dak hayotining ikkinchi yarim yilida ko‘zga 
tashlanadi. Uning o ‘zini parvarishlayotgan, odamlarga iliq 
tabassum , quvonch 
na shodlik tuyg‘usi bilan boqishi faqat xush kechinmalaridan emas, balki ichki 
mexanizmlarini ifodalovchi, muayyan darajada tashkil topgan ijobiy ta ’sirlanishni 
aks ettiruvchi muloqotdan ham iboratdir. Katta yoshli odam lardan ta ’sirlanish his- 
tuyg‘usi go‘dakning hayoti va faoliyatida 
bir 
necha yo ‘nalishda qaror topib 
boradi. Ulardan bittasi quvonch yoki tabassum tuyg‘usida: kattalarga butun vujudi 
bilan talpinishi, tikilib turishi, harakatlarini kuzatishi, qo‘lini uzatishi, boshini 
qo‘zg‘atuvchi kelgan tom onga burishi, o ‘ziga xos tovushlar chiqarishi yoki 
gugulashida yaqqol ko‘rinadi. T a’sirlanish his-tuyg‘usi “jonlanish m ajm uasi” 
bilangina emas, balki uning alohida tarkibiy qismlari (tovush, chehra va 
hokazolar) ta ’sirida ham vujudga keladi. 
T a’sirlanish 
tuyg‘usi keyinchalik 
tanlovchanlik xususiyatini kasb etib, faqat ayrim (yaqin, tug'ishgan) kishilarga 
nisbatangina hosil bo‘ladi.
Oldingi bo‘lim larda ta’kidlanganidek, ta’sirlanish tuyg‘usi a w a l umumiy 
xususiyatga ega bo‘ladi, keyinchalik (4 -5 oylik paytlarda) kishilarni tanish va 
begonaga ajratish bilan yakunlanadi. Y a’ni tanishlar go‘dakda chuqur ijobiy 
kechinmalar xosil qilsa, begonalar quvonch va tabassum hislarini butunlay 
to ‘xtatishga ham olib keladi. Tanish kishi psixik jarayon sifatida bolaning 
psixikasida alohida ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan katta yoshdagi odam lar 
go‘dak uchun dastlabki tanish jarayonning ob’ektiga aylanadilar va muloqot 
davom ida ijobiy ta’sirlanish tuyg'usini paydo qiluvchi qolzg‘atuvchi vazifasini 
o ‘taydilar.
82


Insonga qaratilgan ta ’sirlanish tuyg‘usi vaqt o ‘tishi bilan turli jism larga 
ham ko‘chadi. Kattalar qoMidagi masalan, o ‘yinchoq go‘dakda quvonch va 
jonlanish hissini uyg‘otadi, jism lam ing bola nigohini o‘ziga jalb etish xususiyati 
ham 
kattalar yordam ida ro‘yobga chiqadi. G o'dak yarim yoshida ular bilan 
muloqotga kirishish jarayoni ikki xil xususiyat kasb etadi. A w al muloqot bir 
tomonlama, faqat ta ’sir o ‘tkazish bilan chegaralansa, endi teskari munosabat 
(go'dakning ularga javobi tariqasida) ham vujudga keladi. Chunonchi, bola 
kattalam ing kiyimini tortqilaydi, ularga qichqiradi, hatto, hiqillaydi va hokazo. 
Mazkur psixik holat bolaning kattalar bilan muloqoti rivojlanishning yuqoriroq 
bosqichiga ko‘tarilganidan dalolat beradi. 
G oldakning katta odamlarga 
qo‘yadigan talablari (garchi q at’iy ohangda, so ‘z bilan ifodalanmasa-da) bevosita 
yordam ga muhtojligini bildirish (masalan, qo‘lini o ‘yinchoq qisib olsa, ko'ylagi 
ilinib qolsa, koptogi dumalab ketsa, charchasa va boshqa hollar ro'y bersa, 
boshqalami chaqiruvchi signal) vazifasini bajarsa, keyinchalik shunchaki 
chaqirish vositasiga aylanadi va bu hoi muloqotga ehtiyojdan, uning nisbatan 
taqchilligidan kelib chiqadi. Shuningdek, bola o ‘yin faoliyatida qiyinchiliklarga 
uchrasa, o lyin qovushmasa ham mazkur chaqiriq vositasidan foydalanadi.
Bola hayotining ikkinchi yarim yilligida kattalar nutqini idrok qilishi va uni 
tushunishi jadal sur’at bilan o ‘saveradi. Chunki ona yoki tarbiyachi uni 
parvarishlash va tarbiyalash jarayonida har bir harakatni tushunchalar. so‘z 
birikmalari, atamalar bilan birga amalga oshiradi, harakat bilan predmetning 
uzviy bog‘liqligini yoritishga tirishadi. M a’lumki, har qaysi predmet va voqea o‘z 
nomi bilan ifodalanadi, natijada bola uchun onaning yoki tarbiyachining 
(m urabbiyaning) nutqini tushunish va uni ilg‘ab olish birmuncha yengillashadi. 
Bulam ing barchasi bola bilan katta yoshli odamlar o ‘rtasida uzluksiz hamkorlik 
vujudga kelishini taqozo qiladi. Bolaning hamkorlikdagi (ota-ona, enaga, 
murabbiya yoki tug1 ishganlari ishtirokidagi) o ‘yin faoliyati ham, his-tuygluga 
berilishi ham nutq va nutq faoliyati bilan cham barchas bog‘liq boMadi.
Olima G .L.Rozengart-Pupko bolaning nutqni tushunishi (idrok qilishi) 
jarayonini o‘rganib, ko‘ruv idroki va predmetlarga ko‘z yugurtirish, ulaming 
nomlarini tushunish rivojlanishiga yordam beradi, deya xulosa chiqaradi. 
Tadkiqotchilardan Z.I.Barabanova goldakning nutqni idrok qilishini tekshirib, 
undagi turli analizatorlarning roliga baho beradi. Uning m a’Iumotlariga 
qaraganda, qo‘zg‘atuvchi 10 marta namoyon bo‘lishida ko‘ruv analizatorlarining 
y o ‘nalishi 86 foiz bolada saqlangan, eshituv analizatorining esa 60 foiz 
sinaluvchilarda y o ‘qola boshlagan. Q o‘zg‘atuvchining 20 marta ta’sir ko‘rsatishi 
natijasida ko‘ruv analizatorini ta ’sirlanish orientirovkasi 18 foiz bolada so‘ngan, 
eshituv analizatori xuddi shu paytda umuman batamom so ‘nib bo‘lgan.
D.B.Elkonin xulosasiga ko‘ra, nutqni tushunish vujudga kelishining asosiy 
shartlari quyidagilardan iborat: a) umumiy holatdan jism ni ajrata olish; b) narsaga 
diqqat-e’tiborini to1 plash; v) favqulodda holatga qarab anglanadigan his- 
tuyg‘uning mavjudligi va boshqalar.
83


O lzgalar nutqini tushunish ko‘ruv idrokining zam irida vujudga keladi. 
Bolani o ‘zgalar nutqini tushunishga o ‘rgatishda katta odam biror o ‘yinchoqdan 
ta'sirlanishni hosil qiladigan q o ‘zg‘atuvchini uyg‘otadi. Bunda o ‘zi jism va 
rasm larga bolaning diqqatini jalb etadi yoki uning q o ‘lidagi yoxud stol ustidagi 
ob ’ektlam i ko'rsatib “S um ay qani?”, “ Katta ayiqcha qani?’\ “ Koptok qani, 
avtom obil-chi?” kabi savollar bilan m urojaat qiladi.
K attalam ing bola bilan m ash g u lo tlam i bir necha m arta takrorlashi 
natijasida talaffuz qilinayotgan so ‘z bilan predmet uzviy b og‘lanadi va bu 
bogManish bir necha bosqichlarda namoyon bo‘ladi. D astaw al kattalarning savoli 
bolada hech qanday ta ’sirlanish tuyg‘usini q o ‘zg latm aydi, hatto, go‘dak o ‘sha 
predmetga qiyo ham boqmaydi. Ikkinchi bosqichda bolada savolga nisbatan sust 
harakatlanish hosil bo ‘ladi va u predmet turgan tomonga diqqatini y o ‘naltiradi. 
Nutqni idrok qilishning uchinchi bosqichida go‘dak uchun jism ning mohiyati va 
mazmuni muhim aham iyat kasb etmaydi, balki berilayotgan savolning 
intonatsiyasi, ritmi, tempi, mantiqiy urg‘usi bosh mezon, asosiy turtki vazifasini 
bajaradi. 0 ‘zgalar nutqini tushunishning oxirgi bosqichida goAdak predmetni 
anglatuvchi so‘z bilan predmetni o ‘zaro bog‘Iash im koniyatiga ega bo‘ladi, 
natijada boshqa joylardan ham shu predmetni topish uchun ijodiy izlanishga 
harakat qiladi. Nutqni idrok qilish va tushunishning oxirgi bosqichi go ‘dakning 
9 -1 0 oyligidan boshlanadi va uni o ‘zgalar nutqini tushunishning ilk shakli va 
ko'rinishi deb ataladi.
Tadqiqotchi F.l.Fradkina kattalam ing go‘dakka qaratilgan nutqidan 
quyidagi ta ’sirlanish holatlarini ko‘rish m um kinligini aniqlagan: 1) nomi aytilgan 
predmetga javob tariqasida burilib qarash (7 -8 oylikda); 2) turm ush tajribasida 
egallangan harakatlam i kattalar eslatishi bilanoq bajarishga intilish (7 -8 oylikda);
3) kattalam ing nutq orqali ko‘rsatm asi bo‘yicha oddiy topshiriqlam i bajarish ( 9 -
10 oylikda); 4) nutq orqali ko‘rsatm a bo‘yicha zarur predmetnn tanlab olish (1 0 -
11 oylikda); 5) “M umkin em as” degan taqiqlovchi so ‘z ta ’sirida harakatini 
to ‘xtatish (12 oylikda) va hokazo.
G o‘dakda o'zg alar nutqini idrok qilish va unga javob berishga intilish, 
xususan q o ‘zg‘atuvchiga javoban u yoki bu harakatni am alga oshirish 
m urakkablashib boraveradi. 
Bular uning aqliy imkoniyatlari darajasiga 
(tiyrakligiga, topqirligiga) bevosita bog‘liq boMib, bola ulardan ta'sirlanish 
natijasida narsalarga nigoh tashlaydi, uni ushlab olish uchun qo‘l cho‘zadi, unga
84


emaklab boradi. Tushunish vujudga kelayotgan jarayonda favqulodda holatga 
qarab ta’sirlanishning o‘zi ham murakkablashib boradi. Dastlab ta’sirlanish biror 
jism ga nisbatan paydo boMadi, keyinchalik biror jism ni boshqa ob’ektlar bilan 
yonma-yon turgan joyidan tanlab olish birmuncha qiyinchilik bilan ko'chadi. 
Tushunishning rivojlanish bosqichlari ko‘ruv idroki bilan nutq o'rtasidagi o‘ziga 
xos m unosabat tariqasida namoyon bolladi. Shuning uchun tushunish, ya’ni 
nutqni idrok qilish go‘dakni orientirlash faoliyati negizida vujudga kelib, ko'ruv 
orientiri shaklida ifodalanadi. Tushunishning o ‘zi ham ko‘ruv orientirining 
o‘sishida yangi bosqich hisoblanib, harakatning so‘z bilan boshqaruv bosqichiga 
ko‘chganligini bildiradi.
D.B.Elkoninning fikricha, bir yoshgacha bola psixikasi o‘sishining o‘ziga 
xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: I) kattalar nutqini tushunish hamda 
dastlabki so ‘zlami mustaqil talaffuz qilish; 2) predmetlar bilan xilma-xil 
harakatlami uyg‘unlashtirib, ish-harakatini bajarish; 3) yurishga urinishning ro‘y 
berishi; 4) xatti-harakatni so*z bilan boshqara olish; 5) so‘z bilan goldakning idrok 
qilish faoliyatini boshqarish va hokazolar.
Shunday qilib, bir yoshgacha go‘dak egallagan eng qimmatli xususiyat 
paydo bo'ladi va u boladagi ijtimoiy ehtiyojning vujudga kelishida va uning shu 
ehtiyoj orqali katta yoshdagi odamlar bilan bevosita muloqotga kirishida o‘z 
ifodasini topadi. Shuning uchun jism lar bilan maqsadga muvofiq xatti- 
harakatlami birgalikda amalga oshirishda, bilish jarayonlari va shakllari zamirida 
muloqotga ehtiyoj tug‘iladi. G o‘dakning o‘sishi kattalar bilan muloqotga kirishish 
natijasida ro'y beradi.
Demak, uch oylik go‘dak gapirayotgan odamni o ‘z ko‘zlari bilan topish 
imkoniyatiga ega bo4ladi, chunki unda shu paytgacha tovush manbaini izlash 
uquvi shakllanadi. Shunga ko‘ra bola tovush kelgan lomonga qarab, so‘zlovchiga 
munosabatini his-tuyg‘uga o ‘rab ifodalay oladi. Go‘dakning borgan sari diqqat 
bilan atrof-muhit manzaralarini va har xil ovozlami eshitish hamda ko‘rish 
imkoniyati uning umumiy o ‘sishida alohida ahamiyat kasb etadi. Tajribalar 
tahlilidan ko‘rinishicha, ko‘rish, eshitish analizalorlari go‘dakning voqelik va 
borliq bilan, kattalar bilan o ‘zaro muloqotga kirishishi natijasida takomillashadi. 
G o‘dakning o ‘z ko‘z!ari orqali inson va jism lar to‘g ‘risida muayyan ma’lumot 
olishi turmush tajribasi ortib borishi bilan vujudga keladi. Eshitish analizalorlari 
yordamida tovushlami idrok qilish ovozlami farqlashdan iborat shartli 
reflekslam ing tabiatiga ko‘proq bog4iqdir. Shu sababli go'dak inson bilan 
musiqaning tovushini ajrata biladi, ulaming kuchsiz va kuchliligini, yoqimli va 
shovqinliligini sezadi. Uning eshitib tushunishi va nutqni idrok qilishi kolpincha 
shartli bog‘lan ish laming sifati bilari o ‘lchanadi.
Inson zotining bir yoshgacha davrini nutqgacha davr deb atash odat b o iib
qolgan. Bu davr mobaynida go‘dak bosh miya yarim sharlari ikkinchi signallar 
sistemasi faoliyati bilan bogl liq anchagina ishlami am alga oshiradi. Nutqni 
tushunib idrok qilish esa kun say in o ‘sib, takomillashib boradi, uning ko‘lami 
kengayadi.
85


G o'dak ikki ovlik b o ig u n ic h a g ‘udurlashni o ‘rganadi. G ‘udurlanish ijobiy 
his-tuyglu, barqaror kayfiyatning mahsuli sifatida boshlanadi. U asta-sekin 
artikulyar apparatning takomillashuvi natijasida tovushlam i o ‘zaro farqlay 
boshlaydi. Yuqorida aytilganlam ing barchasi, bola am alga oshirayotgan nutq 
faoliyatining nishonasi tug'ilayotganini ko‘rsatadi.
G o'dak hayotining birinchi yarim yilida turli xususiyatlarga ega 
analizatorlar rivojlanib, orientirlash reaksiyasi aniqroq ifodalana boshlaydi. 
Shartli reflekslar k ollami tobora kengayishi natijasida voqelikka hissiy m unosabat 
takomillashadi. G o'dak hayotining ikkinchi yarim yilida esa u kattalarning imo- 
ishoralarini tushunib idrok qila boshlaydi. Faol nutq alom atlarining vujudga 
kelishi bilan go‘daklik davri tugaydi va ilk bolalik yosh davri boshlanadi.
Inson ontogenezida uning I yoshdan 3 yoshgacha o ‘sish davri alohida 
ahamiyat kasb etadi. Chunki bu davrda inson zotiga xos eng muhim sifatlar, 
xarakter xislati, atrof-muhitga, o'zgalarga munosabat, xulq-atvor, tafakkur va ong 
kabi psixik aks ettirishning turli ko‘rinishlari shakllanadi. Bularning barchasi 
qarama-qarshiliklar kurashi ostida tarkib topadi, ya’ni uning imkoniyati bilan 
intilishi o‘rtasidagi ziddiyat rivojlanish negizi hisoblanadi.
Bolaning yurishga urinishi, turli narsalar bilan ovunishi va m ashg‘ul 
boMish imkoniyatlari kengayishi, uning kattalarga bevosita tobeligi, ularga 
bog‘liqligi nisbatan kamayishiga olib keladi. Binobarin, uning mustaqil harakat 
qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.
R.Ya.Abramovich-Lextmanning tadqiqotlarida ifodalanishicha, bir yoshli 
va bir yoshu ikki oylik bolada turli narsalar bilan harakat qilishning oddiy turi 
jadal rivojlanadi. Boshqacha aytganda, unda jism lar bilan muayyan harakatni 
amalga oshirishning nisbatan barqaror usullari shakllana boradi. Shunday 
harakatlar tobora ortadi va murakkablashadi, ularning mohiyati borgan sari 
chuqurlashadi, koMami esa kengayadi.
D .B.Elkoninning fikricha, bolalarda keng koMamli va ko‘p miqdordagi 
predm etlam i 
tanish, 
idrok 
qilish, 
ularning xususiyatlarini 
o'zlashtirish 
ehtiyojining ortishi katta yoshdagi odamlar bilan m uloqotga kirishish mayli,
86


tuyg'usi va istagini kuchaytiradi. Shunday bo‘lsa-da, bu muammo bola shaxsiy 
o'yin faoliyatini tashkil qilishda hali kattalam ing madadiga va yordamiga 
muhtojligini ko‘rsatadi.
Bir yoshli va undan sal oshgan bolaning har xil harakatli o'yinlarda 
muvaffaqiyatsizlikka uchrashi ko'zlagan ishni bajarishidagi noxush kechinmalar 
uning m hiy dunyosida dastlabki jazava (affektiv) tuyg‘u va hisni vujudga 
keltiradi. Shuningdek, o ‘z faoliyatida uchraydigan ko‘ngilsiz voqealarga shaxsiy 
munosabatini bildirish - aks ettirishning yangi shakli ta’sirlanish (reaksiyaga 
kirishish)ni tarkib toptiradi.
A chchiqlanish, jahl qo‘zg‘alishi, qahru g'azab tuyg'ularining xususiyatini 
tadqiq qilgan T.E.Konnikova m a’lumotlariga binoan, bir yoshli bolada ko'pincha 
bezovtalanish, xatti-harakatdagi “portlash”, qahri qattiqlik yuzaga keladi. 
Olimaning fikricha, uning psixikasida paydo bo‘Iayotgan xulq hosilasi 
tirishqoqlikning o ‘ziga xos ko‘rinishidan iborat bo‘lib, u o‘zi yoqtirgan narsani 
tezroq qo‘liga olish xohishi bilan uzviy bogMiqdir.
Odatda, affektiv holatga berilishni yoki affektiv ta’sirlanishni bola kattalar 
bilan muloqotda psixik jihatdan qoniqmasligi hosil qiladi. Psixologik 
m a’lumotiarga ko‘ra, “portlash”, “ lov etish” xususiyatiga ega bo ‘lgan afTekt 
quyidagi sabablar bilan vujudga keladi: I) kattalar bolaning xohish-istaklarini 
tushunm asligi, imo-ishorasi va yuz-chehra harakatlariga, pantomimikasiga (yuz 
bilan tana harakatlari qo‘shilishi) e ’tiborsizligi; 2) bolaning ixtiyorsiz xatti- 
harakatiga 
batamom 
qarshilik 
ko‘rsatishi, 
shuningdek, 
uning 
talabini 
bajarmasligi, qoniqtirmasligi; 3) boladagi o ‘zgarishlarga oid bilimlardan 
bexabarligi, bu o‘zgarishlam i oldindan seza olmasligi va boshqalar.
Jazavaga tushishning xususiyati va darajasi bolaning yashash sharoiti 
hamda unga kattalaming m unosabatida o ‘z ifodasini topadi va mahalliy mezonlar 
yordami bilan aniqlanadi. N .A.M enchinskaya o ‘z kundaliklarida bir yarim yoshli 
o ‘g ‘lining o'jarligini shunday ta'riflaydi: “Mumkin emas!” degan taqiqlashga 
javoban Sasha o ‘jarlik qilar, sho‘xligini yana zo‘r berib davom ettirishga urinar 
edi; uning o‘jarona xohishini boshqa ob’ektga tortish bilangina bartaraf qilsa 
bo‘lar edi: ko'pincha taqiqlashga qarshi yig‘lab injiqlik qilar, hatto, o‘zini polga 
otar qo‘l va oyoqlarini tapillatar, ammo bunday “jazava” uning xulqida juda kam 
sodir boMib, uni bunday sho'xliklaridan tez va oson chalg‘itish mumkin edi..”
Psixologlardan L.S.Vigotskiy, P.P.BIonskiy va ulaming shogirdlari olib 
borgan ishlardan ko‘rinadiki, bolada paydo bo‘lgan dastlabki so‘z-ibora go‘daklik 
davridan ilk bolalik davriga o ‘tishning eng muhim jihati va sharti hisoblanadi. 
Harakat bilan so'zning bog‘lanishi bolaning mustaqilligi va mustaqil faoliyatni 
amalga oshirishi uchun zarur sharoit yaratadi, unda intilishni jadallashtiradi.
Nemis psixologlari V.Shtem, K.Byuler va boshqalam ing tadqiqotdarida 
bayon qilinishicha, bola qo'llaydigan dastlabki so'zlar ikkita m uhim xususiyatga 
egadir: birinchi xususiyati ular kattalar nutqidagi so‘zlardan fonetjk jihatdan 
keskin farqlanishidir; ikkinchi xususiyati esa o'zining qam royi bilan ko‘pm a’noli
87


ekanligidir. Boshqacha aytganda, m azkur so ‘zlar, iboralar m a’lum predmetni 
emas, balki qator narsalam ing nomini, hatto, guruhlarini anglatishi mumkin.
Yuqoridagi m ulohazalam ing dalili sifatida T.E.Konnikova tajribasidan 
namuna keltiramiz. Olimaning nuqtai nazaricha, kattalar bilan bolalar m uloqotida 
ishlatiladigan so ‘zlam ing farqlari turli manbaga va asosga bog‘liqdir: a) bolalar 
nutqida shunday so ‘zlar q o ‘llanadiki, ular hech qachon katta odam larda shunday 
m a’noni bildirmaydi (adiga - baliq moyi, ika - sharf, gili-giliga - qalam); b) 
kolpincha bola nutqidagi so 'zlar kattalar so ‘zlashuvining maMum b o ‘lagini emas, 
balki uning o'zagini tashkil qiladi, xolos (“is” - issiq”, “di” - keldi); v) bolalar 
kattalar qoMlaydigan so'zlam i buzib talaffuz qilsalar-da, lekin predm etning 
timsoliga asoslanib, ulam ing umumiy fonetik va ritmik jihatlarini saqlaydilar (“ti- 
ti” - soat, “pa-pa” - mashina, “ Iing-Iing” - radio, televizor); g) taqlidiy so ‘zlar 
(“vov - vov” - it, “m u-m u" - sigir, “ba - ba” - qo‘y kabilar).
D.B.Elkonin tajribasida bir yoshu uch oylik Galya uchun “aka” degan 
tushuncha (sun'iy bo‘lsa-da) hoM mevalar, konfet, qand, zoldir singari narsalam i 
anglatgan. T.E.Konnikova tajribasida esa xuddi shu yoshdagi N onna “kx-kx” 
deganda mushuk, soch, m o‘ynani atagan. Bu misollami psixologik nuqtai 
nazardan tahlil qilsak, ularda umumpsixologik qonuniyatga va xossaga mos 
keluvchi ikkita xususiyat haqiqatan mavjudligiga ishonch hosil qilam iz, chunki 
bu voqelik metodologik hamda fenomenologik ahamiyat kasb etadi.
Juda kovp yirik psixologlar fikriga va kuzatishlarimiz natijalariga ko'ra, 
bolaning nutqi ixtiyorsiz birdaniga vujudga kelish xususiyatiga ega bo‘lib, 
kattalaming mazmunli nutqi ta’sirida “nochor ahvolga tushib” qolib, o ‘z faolligini 
yo‘qotadi. Hatto, zarur shart-sharoit yaratilgan taqdirda ham bola o ‘zining nutq 
boyligidan unumli foydalana olmaydi, chunki unda nutqning ichki dasturi mavjud 
emas, shu boisdan tasodifiy xususiyatga ega. 

Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin