E-qaror gov uz



Yüklə 205,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix07.11.2022
ölçüsü205,15 Kb.
#67666
1   2   3
VI-60-5-10-149-K 22

e-qaror.gov.uz
06.11.2022
2
belgilanmoqda va u milliy rivojlanishimizning yangi bosqichini boshlab beradi.
Bunga yaqqol misol Taraqqiyot strategiyasi “inson – jamiyat – davlat” degan yangi
tamoyil asosida ishlab chiqilgan.
Uchinchidan, Taraqqiyot strategiyasi 94 ta milliy maqsadlarni qamrab olgan
quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat:
birinchi, inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada
rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
ikkinchi, mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini
taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
uchinchi, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o‘sish sur’atlarini zamon
talablari darajasida ta’minlash;
to‘rtinchi, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
beshinchi, ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va
yangi bosqichga olib chiqish;
oltinchi, umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan
holda yechim topish;
yettinchi, mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq
va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borish.
To‘rtinchidan, Taraqqiyot strategiyasini har bir ustuvor yo‘nalishi
nomlanishidan boshlab, mazmun-mohiyatigacha inson qadrini ulug‘lashga
yo‘naltirilgan.
Beshinchidan, Taraqqiyot strategiyasi besh bosqichda, yurtimizda yillarga
beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo‘yicha “yo‘l xaritalari” qabul
qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi.
“Yo‘l xaritasi” tuzilishi jihatidan mukammallashtirilgan va unda milliy
maqsadlar, asosiy ko‘rsatkichlar va chora-tadbirlar, uni amalga oshirish mexanizmlari
va shakli, muddati, nazorat qiluvchilar, mas’ul ijrochilar aniq ko‘rsatilgan. 
Oltinchidan, Taraqqiyot strategiyasini alohida ustuvor yo‘nalishi sifatida
“ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi
bosqichga olib chiqish” belgilanmoqda.
Shu maqsadda “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasini amalga
oshirish orqali milliy qadriyatlarimizni yanada rivojlantirish, madaniyat va san’atni
yuksaltirish, “jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan
yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalashga alohida ahamiyat berish nazarda
tutilmoqda.
Bunday bebaho boylikni avaylab-asrash hamda davlatimiz va jamiyatimizning
bor kuch va imkoniyatlarini, mamlakatimizdagi do‘stlik va ahillik muhitini yanada
mustahkamlashga yo‘naltirish maqsadida Taraqqiyot strategiyasida millatlararo
munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasining
izchil amalga oshirilishini ta’minlash belgilanmoqda.



Yüklə 205,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin