TABIIY TOSH ASHYOLARINING XILLARI
Xarsangtosh portlatish usuli bilan yoki zarba beruvchi ma-shinalar yordamida qazib olinadi. Xarsangtosh bo‘laklari poydevorlar qurishda, devor terishda, vodoprovod quduqlari qurishda ko‘plab ishlatiladi. Xarsangtosh noaniq shaklda va har xil kattalikda bo‘ladi (300—500 mm). Siqilishdagi mustahkamligi 10 MPa dan, yumshash koeffitsienti esa 0,75 dan kam bo‘lmasligi kerak. Yo‘lka va pollar uchun ishlatiladigan xarsangtosh taxtalari markasi 800 dan kam bo‘lmasligi lozim.
Qoplama toshtaxtalar sokol bloklari, zinapoya, pilyastr va ustun qismlari, deraza tokchasi, qirg‘oqlarni puxtalovchi toshtaxta va boshqalar kiradi. Qoplama buyumlar tayyorlashda markasi 1000 dan kam, suv shimuvchanligi 0,5% dan ko‘p bo‘lmagan tog‘ jinslari ishlatiladi.
Toshtaxtalarning qalinligi — arralangani 25—60 mm, yo‘nilgani esa 100—150 mm dan ko‘p bo‘lmasligi
kerak. Qoplama buyumlar sifatida zichligi 1300 kg/m3, markasi 200, sovuqqa chidamliligi 25 sikl, yumshash koeffitsienti esa 0,7 dan kam bo‘lmagan ohaktoshlar ishlatiladi. Bunday buyumlarning suv shimishi 12% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Ohaktoshdan to‘g‘ri burchakli toshtaxtalar (3.12-rasm) va yonlari tekislangan me’mor qismlari tayyorlanadi. Ularning o‘lchamlari: uzunligi 394-994 mm, eni 394—954 mm va qalinligi 50-80 mm. Bundan tashqari, kerakli o‘lchamdagi toshtaxtalarni buyurtirish ham mumkin.
Yengil jinsli toshlardan arralanib tayyorlangan devorbop toshlar sun’iy toshlarga nisbatan qurilishda katta ahamiyatga ega.
Chig‘anoq tosh, g‘ovakli ohaktosh, tuf va opok kabi yaxlit yengil jinslardan arralash usuli bilan turli o‘lchamlarda devorbop bloklar tayyorlanadi. Og‘irligi 1500 kg gacha bo‘lgan bunday bloklar qurilishda devorlar va pardadevorlar, me’mor qismlari sifatida ishlatiladi. Bloklar qalinligi 300—500 mm (devor terish
uchun) va 100—200 mm (pardadevor uchun) ga teng qilib tayyorlanadi. To‘g‘ri devor va bino burchaklarini terish uchun, shuningdek, ravoqlar sifatida 3.13-rasmda ko‘rsatilgan tosh bloklari ishlatiladi.
Hozirgi kunda tog‘ jinslarini faqat pardozbop va dekorativ ashyolar sifatida ishlatish samarali degan tasavvurlar bor. Biroq tabiiy toshlarning zaxiralari ko‘p bo‘lgan hududlarda ular eng arzon va asosiy qurilish ashyolari bo‘lib qolmoqda. Ularni bino va inshootlarda yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar, devor, pardadevor, poydevorlar qurishda ishlatish mumkin. Tabiiy toshlarni qurilishda ishlatish hududiy zaxiralarga bog‘liq. O‘zbekistonda juda katta miqdorda tabiiy toshlardan buyumlar ishlab chiqarilmoqda.
Qurilishda keng tarqalgan devorbop tabiiy toshlar quyidagi markalarga bo‘linadi: chig‘anoq tosh — 4; 7; 10; 15; 25; 35; 50; vulqon tufi, mayda g‘ovakli ohaktosh — 3,5; 5,0; 7,5; 100; 150; 200. Yengil toshlarning zichligi bir-biridan katta farq qiladi (900—1800 kg/m3).
Yengil jinslardan tayyorlangan devorbop toshlarning yumshash koeffitsienti 0,6 dan kam bo‘lmasligi kerak. Devorbop toshlar quyidagi o‘lchamlarda tayyorlanadi (mm): 490240100, 39019088, 380380215, 390190288.
Toshlarni qayta ishlash sanoati mexanizatsiyalashishi natijasida to‘g‘ri shaklga ega bo‘lmagan tog‘ jinslari qurilishda juda kam ishlatilmoqda.
Ma’lumki to‘g‘ri shaklga ega bo‘lmagan tog‘ jinslaridan qurilgan devorning talab darajasidagi mustahkamligi yuqori bo‘lmaydi. Asosan, seysmik hududlarda bunday tog‘ jinslaridan yaratilgan konstruksiyalarning mustahkamligini ta’minlash zarur. Shuning uchun tabiiy toshlardan qurilgan devorlar temir-beton bog‘lamalar yordamida mustahkamligini oshiradi.
Bino va inshootlarning devorlarini qurishda har xil rangdagi (kulrang, oq, qizil, jigarrang va h.k.) pardozbop toshlar ishlatiladi (3.14-rasm). Ularning mustahkamligi 0,4—40 MPa, og‘irligi bo‘yicha suv shimuvchanligi 30%, sovuqqa chidamliligi 15—25 sikl, zichligi 2100—2300 kg/m3 bo‘ladi. Tashqi devorlarni qurishda 1600—2000 kg/m3 zichlikdagi toshlarni ishlatish samarali hisoblanadi.
Tomlarni yopishda tabiiy jinslardan, asosan loyli slaneslar ishlatiladi. Loyli slanesni yupqa plastinkalarga bo‘lib tombop taxtachalar ishlanadi. Uning kattaligi 250150 dan 600350 mm gacha, qalinligi 5-8 mm. Egilishdagi mustahkamlik chegarasi 16 MPa, sovuqqa chidamliligi esa 25 sikldan kam emas. Loyli slanes taxtachalar tomlarni yopishda, yog‘och yoki qamish plitali devorlarni qoplashda ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |