E qosimov, M. Akbarov



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə121/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   156
Rezina-plitkalar. Sanoat va jamoat binolari pollarini qurishda qo‘llaniladi. Bunday pollar qayishqoq, elastik va shovqinsiz bo‘ladi. Rezina plitkalar ikki qavatli qilib ishlanadi. Sirt tomoni sintetik kauchukli rangli rezina aralashmasidan, tagi esa maydalangan rezina bilan bitum aralashmasidan tayyorlanadi. Qurilishda yupqa va tovush o‘tkazmaydigan qalin rezina plitkalar ham polga yotqizish uchun ko‘p ishlatiladi.
Choksiz quyma pollar. Ishlatiladigan xomashyo turiga ko‘ra, bunday pollar 3 xil bo‘ladi: polimerbetonli, polimersementli va polivinilatsetatli. Bunday tarkibda tayyorlangan qorishmalar plastik bo‘ladi va quyma yoki
maxsus tebratgich mashinalar vositasida yotqiziladi. Bunday pollar tekis, bir xil rangda va turli mayda yoki yirik chuqurchalardan xoli bo‘lishi kerak.
Polivinilatsetatli (ПВA) qorishma odatda yuqori nam, zarb ta’sirida bo‘ladigan va temir g‘ildirakli mashina yoki aravachalar yuradigan pollarda ishlatilmaydi. Chunki, ПВA qotgandan keyin ham uning plastikligi saqlanib turadi. Unga suv yoki nam ta’sir etganda mustahkamligi kamayadi. ПВА bo‘tqa choksiz pollarni yotqizishda bir qatlamli yoki ikki qatlamli bo‘lishi mumkin. Bir qatlamli ПВA bo‘tqa, obdan sifatli qilib tekislangan asosga 2-2,5 mm qalinlikda yotqiziladi. Agar pol asosi qoniqarsiz bo‘lsa, 3-4 mm qalinlikda ikki qatlam qilib yotqiziladi. ПВA bo‘tqasi, asosan bog‘lovchi kukun to‘ldirgich, rang beruvchi va suv qorishmasidan tashkil topgan.
ПВA bo‘tqa ashyoni og‘irligiga ko‘ra % hisobida taxminan quyidagi miqdorda olish mumkin: quyi qatlam uchun ПВА suvi — 36%, kukun to‘ldirgich — 54%, pigmentlar — 6% va suv — 5%; yuqori yuza qatlam uchun ПВA suvi — 56%, kukun to‘ldirgich — 30%, pigmentlar — 4% va suv 10% gacha miqdorda olinadi. Bo‘tqaning suvga chidamliligini oshirish uchun uni 1 soat davomida 50°С issiqlikdagi formalin va xlorid kislota bilan ishlash zarur. ПВА bo‘tqasi bilan yotqizilgan pol lak bilan bo‘yalsa uning chidamliligi ortadi.
Choksiz pollarni yotqizishda ishlatiladigan polimersement qorishmalar ПВA yoki divinilstirol kauchuk suvi, portlandsement, qum, marmar yoki granit maydasi va mineral pigmentlarni qorishtirib olinadi. Polimersement pollar ishlatilishiga ko‘ra bir va ikki qatlamli bo‘ladi. Polimersement qorishma plastik va quyma hillarga bo‘linadi.
Quyma polimersement poli bir qatlamining qalinligi 3-4 mm bo‘lsa, plastik qorishma yotqizilganda esa qalinligi 7—10 mm qilinadi. Ikki qatlamli pol yotqizish kerak bo‘lsa, quyma polimersement bo‘tqa 10—14 mm qalinlikda bo‘lishi kerak. Shu bilan birga yuza qatlami 7—10 mm qalinlikda plastik qorishma bilan tekislanadi.
Polimersement bo‘tqasi quyidagi tarkibda tayyorlanadi (bir xil rangdagi quyi qatlam uchun): 400 markali portlandsement —17—18%; 50% li ПВA suvi — 7—8%; kukun to‘ldirgich — 70%; rang beruvchi pigment — 5—6%.
Tekislovchi yuza qatlam uchun: 400 markali portlandsement — 13-14%; 50% li ПВA suvi — 5-6%, kukun to‘ldirgich — 75—80%.
Bo‘tqaning qulay joylashuvchanligini oshirish maqsadida qorishmaga sement og‘irligiga nisbatan 45— 55% miqdorda suv qo‘shiladi. Polimersement qorishmasi asos bilan juda mustahkam yopishuvchanlik xususiyatiga ega. Shuningdek, ishqalanishga va zarbga bo‘lgan mustahkamligi qoniqarlidir.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin