E qosimov, M. Akbarov


Suspenziyalar bilan qoplash



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə131/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   156
Suspenziyalar bilan qoplash. Polimer kukunidan tayyorlangan suspenziya (ftoroplast suvi) buyum sirtiga oddiy usulda surtiladi yoki buyum suspenziyaga botirib olinadi. So‘ngra buyum quritiladi va polimerni eritish va uni pardaga aylantirish uchun 260—276°C gacha qizdiriladi.
Shishaplastlarni changlatish usuli bilan buyum sirtiga qirqilgan mayda shisha tolalari va poliefir smola bir vaqtda (siqilgan havo bilan) changlatiladi. Qoplama uy haroratida qotiriladi va buyum sirtida mustahkam va ishqalanishga chidamli sirt hosil bo‘ladi.
Rezina ashyo bilan qoplash. Bunday qoplama o‘zining elastikligi, yaxshi dielektrik xossalari, zararli muhit ta’siriga chidamliligi, shuningdek, suv, gaz o‘tkazmasligi bilan farq qiladi.

Pol, devor va shiplarga ishlatiladigan polimer yelim va bo‘tqalar


Ashyolarni biror yuzaga mahkamlash va pol qoplamalarini yopishtirish uchun ishlatiladigan bo‘tqalar bog‘lovchi bitum, smola, to‘ldirgichlar — talk, kaolin, asbest, ohak kukuni va boshqalarni qorishtirib tayyorlanadi.
Bitum bo‘tqalar bilan parketli pollar, namat va qog‘oz asosli linoleum, relin, asbest smolali va rezina plitkali pollar ishlanadi.
Bitum-rezina bo‘tqa bilan linoleumning barcha turlari (nitrolenoleumdan boshqasi) va plitkali pollar yopishtiriladi.
Kazein va kanifoldan qilingan bo‘tqa bilan namat asosli linoleum yopishtiriladi va qattiq yog‘och tolali va qirindi plitkalar ham yelimlanadi.
Qoplamani bino devoriga va shipga yopishtirish uchun qu-yidagi yelim va bo‘tqalar ishlatiladi.
Mochevina-formaldegid (MФ-17) va fenolrezorsina yelimlar bilan yog‘ochga qog‘oz qatlamli plastik listlar, yog‘och tolali plitkalar va pardozlovchi fanerlar yelimlanadi.
Kazein-yelim (Б-107) bilan yog‘och qatlamli plastik listlar, yog‘och-qirindi plitkalar, pardozbop suv o‘tkazmaydigan fanera, linkrust kabilarni beton yuzaga yoki suvoqqa yelimlab yopishtirish mumkin.
Kazein — emulsion bo‘tqa bilan yog‘och tolali va yog‘och qirindili plitkalar hamda pardozbop faneralarni yog‘och, beton va suvoqli yuzalarga yopishtirish mumkin. Ayrim bo‘tqa va yelimlar, sovuq bitum- rezina bo‘tqalarning tarkibi quyidagichadir (og‘irligi bo‘yicha, %):

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin