E qosimov, M. Akbarov


PARDOZBOP TOG‘ JINSLARI SHAHAR XIYOBONLARI QURILISHIDA



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə45/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   156
PARDOZBOP TOG‘ JINSLARI SHAHAR XIYOBONLARI QURILISHIDA

Shaharlarning me’moriy ansanblini va sun’iy landshaftini yaratish shahar obodonchiligining ajralmas qismi hisoblanadi. Shaharni obodonlashtirishda ko‘pchilik holatlarda tabiiy tosh ashyolaridan (ko‘prik qurilishida, ariqlarning chetini chegaralashda, yo‘l va tratuarlar chetidagi bordyur sifatida, maydonlarni qoplashda va h.k.) foydalaniladi (3.15-rasm).


Shaharni obodonlashtirishda ishlatiladigan toshlar dekorativ xossaga ega bo‘lishi bilan birga, yuqori mustahkam va zararli muhitlarga chidamli bo‘lishi kerak. Bunday talablarga javob beradigan tabiiy toshlar bilan maydonlar qoplanganida, ular yaroqsiz holatga kelganida asfaltbeton yo‘llar kabi buzib emas, balki osongina almashtirib qo‘yish imkoniyatlari mavjud. Shahar obodonchiligida tabiiy toshlarning ishlatilishiga asosiy sabablardan biri — ularning uzoqqa chidamliligi hisoblanadi. Shuning uchun tabiiy toshlarni doimiy atmosfera ta’siridagi xiyobon, bog‘ va maydonlarni qoplashda ishlatish samaraliroqdir.
Gidrotexnik inshootlarda — ariq, damba, to‘g‘on va h.k. larda tabiiy toshlardan granit, bazalt, diabaz, gneys, ohaktoshlar ishlatiladi. Ularning siqilishdagi mustahkamligi 60 MPa dan kam, suv shimuvchanligi 3 % dan ko‘p va sovuqqa chidamliligi 100 sikldan kam bo‘lmasligi kerak.


O‘ZBEKISTONDAGI PARDOZBOP TABIIY TOSH ASHYOLARI
O‘zbekistonda qurilish ashyolari ishlab chiqarish uchun yaroqli barcha turdagi mineral xomashyolar mavjud. Bularga — tosh, qum, tuproq, shag‘al, ohaktosh, gips, karbonat jinslari, asbest, bo‘r, marmar, talk, vermukulit, perlit va boshqalar kiradi. Beton, qorishma, silikat buyumlar, pishiq g‘isht, g‘ovak to‘ldiruvchilar, sirlangan pardozbop sopol plitalar, issiqlikdan muhofazalovchi, gidroizolyatsiyalovchi va umumiy qurilish ashyolarining chidamliligini oshiruvchi ashyolar ishlab chiqish uchun xomashyo zaxiralari yetarli.
Hozirgi iqtisodiy yo‘nalishlarning takomillashishida tabiiy tosh ashyolarini ishlab chiqarish, ular asosida samarali va zamonaviy qurilish ashyolari tayyorlash texnologiyalarni yangicha usulga yondoshib rivojlantirishda va qurilish industriyasini bozor talablari asosida boshqarish tizimini qayta ko‘rib chiqish talab etiladi. Jumladan: Yevropa standartlari talabiga javob beruvchi buyumlarni (marmar va granit bloklari — zinapoya, tutqich, vaza, fontan, panjara va h.k.) ishlab chiqarish respublika sharoitidan kelib chiqqan holda bozor siyosatida ayirboshlash, marketing izlanishlarini olib borish, xorijiy davlatlarni bizning mahsulotlarni sotib olishga qiziqtirish, ishlab chiqarilayotgan ashyo xillarini ko‘paytirish, marmar — granit va boshqa tabiiy
toshlardan milliy, jozibador va nozik buyumlar tayyorlash kabi muammolarni hal etish uchun zamonaviy ilg‘or texnologiyalarni tanlashda tubdan yangicha yondoshish zarur.
Buning uchun, ushbu yo‘nalishga doir barcha korxona va zavodlar texnik bazalarini butunlay o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Foydali boylik qazib olish va ularni qayta ishlash texnologik tizimlarini g‘arb davlatlaridan imtiyozli kredit bilan tender usulida sotib olish yoki investitsiya yo‘li bilan yetakchi firmalarni respublikaga jalb etilsa yuqoridagi muammolarni hal etish mumkin bo‘ladi.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin