Nim quruq zichlash usulida sopol buyumlar tayyorlash. Nam yoki plastik usul bilan g‘isht tayyorlanganda loy qorishmasining namligi 18—30% bo‘lsa, bu usulda tuproqning namligi 8—12% dan oshmaydi va loy qorishmasini maxsus zichlash mashinalarida kuchli bosimda qoliplanadi.
Quyma usul. Murakkab shaklga ega bo‘lgan ko‘pgina sopol buyumlar (chanoq, unitaz, radiator va vannalar) suyuq loy qorishmasini qolipga quyish yo‘li bilan tayyorlanadi.
Qolipga quyish uchun kaolin, o‘tga chidamli loy, kvars, dala shpati kabi jinslarni suvda kukun holatigacha tuyiladi va elektrolit qo‘shilmalar bilan qorishtirib suyuq xomashyo tayyorlanadi.
Xumdonda 1250—1300°C da (botirib olish yoki purkash usuli bilan) buyum sirtiga qoplangan sir eritilib, uning yuzasida yupqa tekis shishasimon qatlam hosil qilinadi. Quyma usul ko‘pincha santexnika buyumlari (fayans, chinni) ishlab chiqarishda ko‘p qo‘llaniladi.
Pardozbop g‘isht uchun texnik shartlar.Oddiy loy g‘isht pa-rallelepiped shaklida, o‘lchamlari 25012065 yoki 25012088 mm bo‘lishi kerak. Amalda aniq o‘lchamli g‘isht olish mumkin emas. Shu sababli Davlat standartlariga muvofiq g‘ishtning o‘lchamlari quyidagicha o‘zgarish bilan ishlanadi: plastik usuldagi g‘isht uchun uzunligi bo‘yicha +3, 2 mm; nim quruq usuldagi g‘ishtlarda esa 3 mm, 3 mm, 2 mm.
G‘isht markasi uning mustahkamligiga qarab aniqlanadi. G‘isht markasi 5 ta g‘ishtning siqilishga va egilishga sinab ko‘rilishi bilan (o‘rtacha ko‘rsatkich) topiladi. Davlat standartlariga muvofiq oddiy g‘isht quyidagi markalarga bo‘linadi: 50; 30; 25; 20; 15; 12,5; 10 va 7,5.
Odatda nam usulda qoliplangan g‘ishtning hajmiy og‘irligi 1700-1900 kg/m3 dan oshmaydi. Oddiy g‘isht uchun suv shimuvchanlik ko‘rsatkichi 8—30%, pardozbop uchun 8-20% orasida o‘zgaradi.
Suvga to‘la to‘yingan oddiy loy g‘ishtni 15 marta, pardozbop g‘ishtni esa 25—30 marta muzlatib eritilgandan so‘ng, unda buzilish nuqsonlari bo‘lmasa, sovuqqa chidamliligi bo‘yicha markasi tegishli ravishda
15 va 30 deb topiladi. Demak, pardozbop g‘ishtni qabul qilishda uning navini bilish uchun yuqoridagi xossalarni tajribaxona sharoitida aniqlash lozim. Yuqori sifatli yaxshi pishirilgan pardozbop g‘isht sarg‘ish rangda bo‘ladi, temir bilan urganda jaranglaydi.