International Conference on Developments in Education
Hosted from Toronto, Canada
https:
econferencezone.org
29
th
August 2022
22
Аннотация:
В этой статье мы поговорим об истории развития изобразительного искусства и
изменениях, новостях, его, основных принципах, видах и жарнаъх за периот до наших
дней, а также о наших художниках, внесших свой вклад в развитие этой науки своими
создание в изобразительном искусстве мы взяли.
Ключевыеслова: изобразителъное искусство, первобытные, красота, развитие,
творчество, живопись, скульптура, графика,
карандашный рисунок, бытийное,
прикладное
искусство,
монументальное,
декоративное,
чудотворное,
анималистическое, бытовое, ботал, марина, историческая, практическая графика,
дизайн, инженерная графика.
Tasviriy san’atning rivojlanish tarixi, ibtidoiy davrdan hozirgi
kungacha bolgan vaqt
davomida, mehnat jarayonlarining taraqqiy etishi natijasida rivojlanib keldi. Mehnat
jarayonining rivojlanish davomiyligida inson olamni tafakkur qilishni va undagi tabiiy
gozalliklarga bolgan etibori ortdi, voqealikdagi go’zallikning qulaylilik va foydalilik
tushunchalari kengaydi. Ibtidoiy davrdan song asta-sekin sinfiy
jamiyat vujudga kelishi
natijasida taraqqiyotda juda katta o’zgarishlar sodir boldi. Aqliy mehnat jismoniy mehnatdan
ajrab chiqa boshladi. Bu esa fan va san’at rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Shu davrda
professional san’at va san’atkorlar paydo boldi. San’at esa o’zining xususiyatlari va
sinfiyligini namoyon qilib, hukumron sinfning haqqoniyligini targ’ib etuvchi kuchli g’oyaviy
kuchga aylandi. Shunga qaramay, xalq hayotida istedodli, ijodkorlar, mexnatkash xalqning
orzu –istaklarini,
insonparvarlik, oliyjanoblik, go’zallik, rahim-shavqat kabi tushuncha va
tasavvurlarni aniq korsatib beruvchi asarlar yaratdilar. Xalqning doimiy hayoti, hulqi, odat va
an’analari, yutuq va mag’lubiyatlari asarlarda o’z ifodasini topdi. Xar bir davrda mavjud
bo’lgan ana shunday san’at hayoti go’zalliklarini tasvirlab,
insonlarda yetuk hislat va
fazilatlarni kamol topdirdi, ularni tenglik, ozodlik, birodarlik aks etgan yorqin kelajakka
intilishga da’vat etdi.
Haqiqatdan insoniyat yaratib qoldirgan madaniy qadriyatlar oddiy boyliklar bolibgina qolmay,
balki, o’zida inson aql-zakovati, hayoti to’grisidagi fikr va o’ylarini aks ettiruvchi ko’zgu
hamdir. Jahon san’ati tarixini o’rganish, uning taraqqiyot
qonunlarini tushunish, nodir
yodgorliklar bilan tanishish, o’tmish odamlarining xis-tuygu, hayot tajribalarini o’rganish
g’oyaviy-estetik qarashlarning shakillanishini bilish demakdir. Bu so’zsiz kishilarda hayotiy
tajribaning boyishiga, hayotga yanada keng va atroflicha yondashishga yordam beradi.
Tasviriy san’at - rangtasvir,
haykaltaroshlik, grafikani birlashtirgan nafis san’at turi.
Voqealikni uning osongina ilg’ab oladigan fazoviy shakllarda, ko’rgazmali obrazlarda aks
ettiradi. Tasviry san’at turlari o’z xususiyatlariga qarab real borliqni obyektiv mavjud
sifatlariga- hajm, rang, fazo, shuningdek, predmetning
moddiyshakli va nur, havo muhiti,
harakat va o’zgarishlari xissini yaratadi, bunda tasvirning hissiy konkretligidan