Education in Malaysia


-modda. Oilaviy munosabatlarga nisbatan fuqarolik qonun hujjatlarining qo’llanilishi



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə46/124
tarix28.03.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#90806
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   124
6-modda. Oilaviy munosabatlarga nisbatan fuqarolik qonun hujjatlarining qo’llanilishi
Oila to’g’risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinmagan oila a’zolari o’rtasidagi mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarga nisbatan fuqarolik qonun hujjatlari oilaviy munosabatlarning mohiyatiga zid kelmagan taqdirdagina qo’llaniladi.
7-modda. Oila to’g’risidagi va fuqarolik qonun hujjatlarining o’xshashlik bo’yicha qo’llanilishi
Oila a’zolari o’rtasidagi munosabatlar oila to’g’risidagi qonun hujjatlari yoki taraflarning kelishuvi bilan tartibga solinmagan va bunday munosabatlarni bevosita tartibga soluvchi Fuqarolik qonun hujjatlari normalari mavjud bo’lmagan taqdirda, mohiyati jihatidan ushbu munosabatlarga zid kelmaydigan oila to’g’risidagi va (yoki) fuqarolik qonun hujjatlarining o’xshash munosabatlarni tartibga soluvchi normalari (qonun o’xshashligi) qo’llaniladi. Bunday normalar bo’lmagan taqdirda oila a’zolarining huquq va majburiyatlari oila hamda fuqarolik huquqining umumiy tamoyillariga tayangan holda (huquq o’xshashligi), shuningdek insoniylik, oqillik va adolat tamoyillariga amal qilgan holda belgilanadi.
8-modda. Oilaviy munosabatlarda mahalliy urf-odat va an’analarning qo’llanilishi
Qonun hujjatlarida oilaviy munosabatlarni tartibga solishga oid tegishli normalar bo’lmagan taqdirda, O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari tamoyillariga zid bo’lmagan mahalliy urf-odat va an’analar qo’llaniladi.
9-modda. Xalqaro shartnomalarning qo’llanilishi
Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining oila to’g’risidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
2-bob. Oilaviy huquqlarni amalga oshirish va himoya qilish
10-modda. Oilaviy huquqlarni amalga oshirish va oilaviy majburiyatlarni bajarish
Fuqarolar oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan huquqlarini o’z xohishlariga ko’ra tasarruf etadilar.
Oila a’zolarining o’z huquqlarini amalga oshirishlari hamda o’z majburiyatlarini bajarishlari oilaning boshqa a’zolari va o’zga shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi shart.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin