182-modda. Vasiy va homiylar faoliyatini nazorat qilish Vasiy va homiy huquqlarining amalga oshirilishi hamda majburiyatlarining bajarilishi ustidan vasiylik va homiylik organlari nazorat qiladi.
183-modda. Vasiylik va homiylikdagi shaxslarning mol-mulkini boshqarish Vasiylik yoki homiylikdagi shaxslarning mol-mulkini boshqarish mol-mulk joylashgan erda o’rnatiladi.
Vasiylik yoki homiylikdagi shaxslarning mol-mulkini boshqarish, ularga tegishli mol-mulkni boshqalarga o’tkazish, vasiylik va homiylikdagi shaxslarga tegishli pul va boshqa qimmatli buyumlarni saqlash, mol-mulkni boshqarish va saqlash bilan bog’liq bo’lgan boshqa harakatlarni bajarish tartibi va shartlari, shuningdek vasiylik va homiylikdagi shaxslarning mol-mulkini boshqarish va saqlash bo’yicha vasiy va homiylarning hisobot berish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Sudning shaxsni bedarak yo’qolgan deb topish to’g’risidagi yoki uni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi yoxud meros olish to’g’risidagi hal qiluv qarori bekor qilinganda mol-mulkni boshqarish bekor qilinadi.
184-modda. Vasiyning vasiylik va homiylik organlarining roziligi bilan qilishimumkin bo’lgan harakatlari Vasiy vasiylik va homiylik organlarining roziligi bilan:
vasiylikdagi shaxs nomidan notarial tartibda tasdiqlanishi lozim bo’lgan bitim (shartnoma)lar tuzishga;
vasiylikdagi shaxsga qarashli bo’lgan mol-mulkni taqsimlash, bir yildan ortiq muddatga garovga qo’yish yoki ijaraga berishga;
vasiylikdagi shaxs nomidan meros va (yoki) hadya olishdan voz kechishga;
vasiylikdagi shaxsga qarashli turar joyni ayirboshlashga;
vasiylikdagi shaxsga tegishli har qanday huquqdan voz kechishga haqlidir.
185-modda. Vasiy va homiy tomonidan qilinishi mumkin bo’lmagan harakatlar Vasiy va homiy, ularning eri (xotini) va yaqin qarindosh vasiylik va homiylikdagi shaxs bilan bitimlar tuzishga, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs bilan vasiy yoki homiyning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari o’rtasidagi sud ishlarini yuritishda vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning vakili bo’lishga haqli emas.
Vasiylikdagi shaxs nomidan hadya shartnomasi tuzishga yo’l qo’yilmaydi.