Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 701
w www.oriens.uz May 2022 Tayyorgarlik fazasining ahamiyati harakatni bosh fazada bajarish uchun qulay
sharoit yaratishdan iborat. Bu sharoitlar yugurib kelish, sakrash, aylanma harakatlarni
(to‘siq qo‘yganda, koptokni o‘yinga kiritganda, hujum zarbasini berishda) bajarish
bilan yaratiladi. Asosiy fazadagi harakatlar bevosita asosiy harakat vazifalarini hal
qilishga qaratiladi. Biodinamik nuqtayi nazardan bu fazadagi eng muhim narsa
harakatlantiruvchi kuchlardan tegishli vaziyatda, tegishli yo‘nalishda samarali
foydalanishdan iboratdir.
Yakunlovchi fazadagi harakatlar gavda muvozanatini saqlash maqsadida so‘nib
boradi yoki keskin tormozlanadi. Voleybol juda dinamik o‘yin bo‘lganligi sababli
voleybolchi turli texnik usullarni egallashi, o‘yin vaziyatidan kelib chiqqan holda
ularni tanlay olishi va uni tez, aniq bajarishi lozim. Bu esa o‘yinchining texnik
mahoratini belgilaydi.
Yuqori texnik mahorat belgilari quyidagilar bilan ifodalanadi:
- harakat usullarining aniq va samarali bajarilishi;
- xalal beruvchi omillar (charchash, tashqi sharoitning salbiy ta’sirlari)
mavjudligida harakatlarning bajarilish barqarorligi;
- raqib harakatlariga qarab javob harakatlarini tanlash, ularni qayta qurish va
bunda harakat qismlarini boshqara olish;
- usullarning bajarilish ishonchliligi.
Voleybol taraqqiyotining har xil davrlarida texnik harakatlarni bajarish usullari,
talablari, shakli, mazmuni o‘zgaradi va takomillashib boradi. Texnik usullarning
o‘zgarishiga o‘yin qoidalarining o‘zgarishi, taktik harakatlarning takomillashuvi,
o‘yinchilar jismoniy tayyorgarligi darajasining o‘sib borishi asosiy sabab bo‘ladi.
Hujum va himoyadagi o‘yin dinamikasining o‘sishi, harakatlar potensialining oshib
borishi, hujum va himoyadagi kombinatsiyalar arsenalining kengayishi ham texnik
usullarni yangilashga yoki qayta qurishga turtki bo‘ladi.