Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 23
w uz www.oriens. April 2022 harakatlandi (buraldi)”, yoki: so’ng kalit harakatlandi. Lekin quyidagicha aytish
mumkin emas: “kalit harakatlandi va mening qo’lim harakatlana boshladi” (yoki:
so’ng mening qo’lim harakatlana boshladi), vaholanki, qo’l va kalitning harakati bir
vaqtda sodir bo’ladi. Bu mohiyatan ketma-ketlikning o’zidir. Jismlarning holati uning
mohiyatiga muvofiq tarzda o’zi kelib chiqqan jism holatidan kelib chiqqan. Bu
mohiyatan bog’liqlikdir. Jismlar noborliqdan so’ng mavjud bo’ladi, agar noborliq
sababdan uzilib qolgan bo’lsa, u mavjudlikka ega bo’lmaydi. Boshqa narsa orqali
shakllanuvchi jism mavjudli (borliq) ka ega bo’lmasa, mavjud bo’lmaydi. Mavjudlik
(borliq) ning oqibati sababga bog’liqdir, sababning shakllanishi tabiat, biror bir tashqi
omil yoki kimningdir irodasi tufayli ro’y beradi. Ushbu sabab dolzarb sababga
aylanadi. Masalan, duradgorning bolg’aga, yog’ochga yoki yordamchiga ehtiyoji,
insonning ozuqaga yoki yoz fasliga ehtiyoji kabidir. Agar sabab dolzarb sababga
aylana olmasa va uning mohiyati shakllanmasa, oqibat kelib chiqmaydi. Agar tashqi
to’siq bo’lmasa, yaratguvchi o’z-o’zicha mavjud bo’la olmaydi. Lekin u mohiyatiga
ko’ra sabab bo’la olmaydi va oqibatning mavjudligi yuqorida keltirilgan holat
mavjudligiga bog’liq bo’ladi. Bunday holat paydo bo’lganda, tabiat kimningdir
irodasi bo’ladimi, oqibatning mavudligi zaruratga aylanadi. Agar u bo’lmasa,
noborliq (yo’qlik) zaruratga aylanadi. Agar jismlar holati turli xil sharoitda bir xil
bo’lsa va oqibatga ega bo’lsa, ushbu oqibat abadiy undan kelib chiqadi. Agar jismni
undan avval noborliq bo’lmaganligi uchun yaratilgan deb atamasak, jismlar nomi
uning mohiyatini tushunishda qiyinchilik tug’dirmaydi.
“Bir narsadan hech qanday qurol moddiyat va vaqt vositasisiz boshqa bir unga
bog’liq jismning mavjudligi kelib chiqsa, buni yaratish (ilohiyot) deb ataymiz.
Muvaqqat noborliqdan avval o’tgan narsa vositachiga ehtiyoj sezadi. Yaratish
darajasi moddiylikdan va ma’lum vaqtda shakllanish darajalaridan yuqori turadi,7
deb e’tirof etadi.