Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 2
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
565
w
www.oriens.uz
February
2022
SHARQ RENESSANSI DAVRIDA ILM-FAN VA MADANIYAT RIVOJI
Isroilov Asilbek Fozilovich
Toshkent shahar yuridik texnikumi o‘quv-metodik bo‘lim boshlig‘i
E-mail:
asl_bek90@mail.ru
ANNOTATSIYA
Sharqda mavjud bo‘lgan ilk o‘rta asrlar sivilizatsiyasi butun g‘arbga ijobiy
ta’sir o‘tkazgan, keyinchalik g‘arbda shakllangan sivilizatsiya Sharq taraqqiyotiga
o‘z ijobiy ta’sirini o‘tkazgan va shu asnoda sivilizatsiyalar millat, xalq va
mamlakatlarning o‘zaro yaqinlashuvida ham ijobiy ahamiyatga ega bo‘lib kelgan.
G‘arb va Sharq sivilizatsiyalarining o‘zaro bir-biriga ta’siri, bir-birini boyitishi
insoniyat taraqqiyotining muhim ma’naviy omilidir. Sharq sivilizatsiyasidagi o‘z
mohiyatiga ko‘ra insonparvarlik xarakteriga ega bo‘lgan qadriyatlar jahon
sivilizatsiyalar rivojlanishida barqarorlikni ta’minlaydi.
Ayniqsa, IX-XV asr musulmon tarixiy-falsafiy merosi, Sharq, aniqrog‘i
Markaziy Osiyo mutafakkirlarining o‘rta asrlar va Uyg‘onish davri Ovrupa falsafiy
tafakkuriga ko‘rsatgan ta’siri hamda ahamiyatini ochib berish xalqimizni, ayniqsa,
yoshlarni tarbiyalashga samarali xizmat qilishi shubhasizdir. Jahon fani rivojida
Markaziy Osiyo mutafakkirlaridan Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy
va ko‘plab bobokalonlarimizning durdona asarlari milliy-ma’naviy qadriyatla-rimiz
bo‘lib, ularning beqiyos ilmiy-ma’rifiy kashfiyotlarisiz fan bir muncha achinarli
holga tushib qolgan bo‘lar edi. Bu fikrni tarix ham isbotlaydi.
Kalit so‘zlar: «Renessans», sivilizatsiya, musulmon renessansi, islom teologiyasi,
tasavvuf, tariqat,islom falsafasi.
Dostları ilə paylaş: |