Educational Research in Universal Sciences issn: 181-3515 volume


Educational Research in Universal Sciences



Yüklə 163,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix05.06.2023
ölçüsü163,94 Kb.
#124936
1   2   3   4
238-241

Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | ISSUE 3 | 2023
 

https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal March, 2023 
239
 
holda, sintaksis jihatdan sodda bo‘lgan darak, undov, so‘roq gaplarning barcha turlari 
bayon etiladi. Til vositalari esa imo ishoralar, mimika bilan kuchaytiriladi. Tarbiyachi 
bolalar bilan suhbat jarayonida shunday vaziyatni yaratishi kerakki, unda bolalar turli 
hil til vositalaridan foydalangan holda dialog tuzish – so‘rash, javob berish, 
tushuntirish, iltimos qilish va boshqa vaziyatlarga duch kelsin.
Ushbu vaziyat orqali bolaning oiladagi, maktabgacha ta’lim tashkilotidagi 
hayoti, uning do‘stlari va kattalar bilan munosabatlari, qiziqishlari va ta’ssurotlari
bilan bo‘g‘liq turli hil mavzularda suxbat o‘tkazishdan foydalansin. Aynan dialogda 
suxbatdoshni tinglash, savollar berish, mazmundan kelib chiqqan holda javob berish 
qobiliyati rivojlanadi. Tengdoshlar bilan dialogik muloqotni yo‘lga qo‘yish uchun 
kooperativ tusdagi faoliyat muhim ahamiyat kasb etishi lozim. Mazkur faoliyat esa 
asta-sekinlik bilan rivojlanadi. Dastlab bolalar ro‘y berayotgan hodisalarni 
sharxlabgina qolmasdan, yaqindan turgan holda harakat qiladilar. Bolalar o‘rtasidagi 
muloqot asosan amaliy xususiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Dialog ko‘pincha 
shunday shaklda olib boriladiki, bunda bola sherigining qisqa savollariga munosabatini 
nonutqiy vositalar yordamida javob beradi. Dialog muloqotini yo‘lga qo‘yish uchun 
dastavval stol o‘yinlari chop etilgan o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. . 
Juft bo‘lib o‘ynashda bolalar dialog hamkorlik qilish usullarini ya’ni navbatga rioya 
qilish, bir biriga xushmomulalik bilan murojaat qilish kabi fazilatlarni o ‘rganib 
oladilar. Bundan tashqari bolalar o‘z nuqtai nazarini dalil-u isbotlar bilan himoya 
qilish, fikirlarni sherigi bilan muvofiqlashtirishni o‘rganadilar. Monologik nutqni 
rivojlantirish esa bolalarda keng va yoyilgan fikr tuzishni o‘qitishda tarbiyachi ularda 
matn tuzilmasi haqidagi eng oddiy bilimlarni, gap bilan fikrning tarkibiy qismlari 
o‘rtasidagi aloqalar haqidagi tasavvurni shakillantirishi muhum sanaladi. Har qanday 
tugallangan fikrda iboralarni bog‘lashning keng tarqalgan variantlari bo‘ladi. Gaplarni 
bog‘lashning eng keng tarqalgan usuli – bu zanjirli aloqadir. Olmosh, leksik 
takrorlash, sinonimik jihatdan o‘rin almashish mazkur aloqaning asosiy vositasi 
sanaladi. Zero zanjirli aloqa nutqni yanada moslashuvchan va rang barang qiladi., 
chunki bola bu usulni egallar ekan, bir so‘zni qayta takrorlashdan qochadi. Pedagog 
esa bolalarga gaplarni paralel ravishda bog‘lashni o‘rgatishi zarur sanalib, bunda gaplar 
bir biriga ulanmaydi, balki taqqoslanadi yoki hatto qarama qarshi qo‘yiladi. Ravon 
fikrni tashkil etishda intonatsiya katta rol o‘ynaydi, shuning uchun ham ayrim gaplar 
intonatsiyadan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish matnning takroriy 
birligi va mazmuman tugallanganligini bayon etishga yordam beradi. Kattalar bilan 
bolalarning birgalikdagi so‘z ijodkorligi monologik nutqni rivojlantirishning asosiy 
sharti sanaladi. Endigina besh yoshga to‘lgan bolalar tanish ertaklarni hikoya qilib 



Yüklə 163,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin