Effect Edu mchj xalqaro innovatsion universitet 60410400 Moliya va moliyaviy texnologiyalar ta’lim yo’nalishi Iqtisodiyotda informatsion kommunikatsion texnologiyalar Fanidan


Axborot texnologiyalarining infratuzilmasi komponentlari



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə2/9
tarix04.01.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#78443
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Feruz Pirmatov

Axborot texnologiyalarining infratuzilmasi komponentlari

Mamlakatimizda axborot kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish, xususan, mazkur sohada xalqaro standartlarga mos yuqori malakali mutaxassislarni, birinchi navbatda, dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish, axborot tizimi va kompyuter tarmoqlarini boshqarish bo‘yicha kadrlarni tayyorlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada sohaga kerakli mutaxassislarni tayyorlab beruvchi oliyta’lim muassasalarining hissasi kattadir.Aytish joizki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi butun dunyoda tez sur’atlarda rivojlanib boryapti. Innovatsion texnologiyalar, ishlanmalar, dasturlar yaratish bo‘yicha yetakchi kompaniyalar kim o‘zarga poygaga kirishgan. Sohada ixtiro qilingan bugungi biror yangilik ertaga o‘rnini boshqasiga bo‘shatib berishga majbur bo‘lmoqda. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarda rivojlanish axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan chambarchas bog‘liq holatda olib borilmoqda. Buning uchun mamlakatimizda barcha imkoniyatlar – hukumat e’tibori, moddiy-texnik baza, intellektual salohiyat yetarlidir. Faqat axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarimizdan, yoshlardan ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda doimiy izlanish, o‘qib-o‘rganish talab qilinadi, xolos.Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib o‘tgan "AKT sohasita’lim tizimi muassasalari vaishlab chiqarish korxonalarining hamkorligi” mavzuidagi seminarda aynan yuqoridagi masalalar o‘rtaga tashlandi. Professor-o‘qituvchilar, talabalar, shuningdek, xususiy IT-kompaniyalar vakillari ishtirok etgan bu seminarda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakillari, TATU, Toshkent shahridagi INHA universiteti rahbariyati yurtimizda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish jarayonlari, bu boradagi qonun va qarorlar mazmun-mohiyati, axborot texnologiyalari mutaxassislari tayyorlashdagi oliy ta’lim muassasalarining imkoniyatlari, sohaga kiritilayotgan yangi texnologiyalar va mutaxassislarga qo‘yiladigan asosiy talablar borasida so‘z yuritdilar. Ushbu seminar doirasida TATU va INHA universiteti rektorlari ilmiy va ta’lim sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumni imzolashdi. Ikki universitetning ham maqsadi mustaqil vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo‘sha oladigan har tomonlama barkamol mutaxassislarni tayyorlashdir.Bu borada imkoniyatlarni, kuchlarni birlashtirish ko‘proq samara berishi aniq. Universitetlar respublikada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida uzluksiz ta’lim va malaka oshirish tizimini shakllantirishga ko‘maklashish, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari, dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchilar,sanoat va infratuzilma tarmoqlari va boshqa zamonaviy axborot texnologiyalari iste’molchilari o‘rtasida o‘zaro mustahkam hamkorlik o‘rnatish borasida yakdil harakatlarni belgiladi.Seminarda respublikamizda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bozorida faoliyat yuritayotgan ACE CRAFT ENGINE, ALM SOFT, BARSAJDAR TECHNOLOGIES, OOO”STANDART IT-SEKTOR”,"CERTLibrary” maxsus axborot kutubxonasi, OOO SYNERGY GROUP, OOO "START SOFT”, OOO”FIDO-BINES”, OOO "NIHOL-KOMTEX”, OOO "BAIK TECHNOLOGIES”, UP "SSP MAROQAND”, OOO "Intelligent Solutions” kabi IT kompaniyalari vakillari ishtirok etdilar. Seminar doirasida ta’lim muassasasi xodimlari va ishlab chiqarish kompaniyalari vakillari bilan o‘tkazilgan munozalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirib hozirgi zamon talabalari darajasida aktuallashtirish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bozorida mutaxassislarning raqobat bardoshligini ta’minlash bo‘yicha talabalarning kompaniyalarda bajarilayotgan loyihalarda ishtirokini ta’minlash, talabalarning innovatsion loyihalarini ishlab chiqarishga joriy etish masalalari ilgari surildi.Seminar davomida IT kompaniyalari vakillari tomonidan respublikamiz ichki dasturiy bozorini rivojlantirish uchun o‘quv jarayonlarida nimalarga e’tibor berish zarurligi, zamonaviy dasturlash texnologiyalarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan fanlarni chuqurlashtirish, talabalarning avtomatlashtirish bo‘yicha masalalarni tahlil etish, yechimini ishlab chiqish va loyihalash kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida e’tibor berish zarurligi, universitetlar marketing xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha fikrlar bildirildi va takliflar o‘rtaga tashlandi.
Xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, raqamli iqtisodiyot bir vaqtning o‘zida keng sohalarda rivojlanmoqda va cheklangan miqdordagi kompaniyalar tomonidan, ularga maxsus vakolatlar va resurslar berilgan bo‘lsa ham, odatda qurilmaydi. Shuning uchun raqamli iqtisodiyotda asosiy rolni kuchli tadbirkorlik va innovatsion yondashuvga ega bo‘lgan xususiy biznes egallashi, davlat esa xususiy tashabbus uchun infratuzilma va sharoit yaratishi bilan shug‘ullanish kerak.
Eng muhimi, mamlakatda AKTni, shu jumladan, arzon narxda yuqori tezlikdagi Internetni rivojlantirish, xususiy biznesning mehnat unumdorligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish, shuningdek, ishlab chiqarish va daromadni oshirish uchun turli ishlab chiqarish jarayonlariga raqamli texnologiyalarni joriy etishga qiziqishi bilan hamnafas bo‘lishi kerak.
O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha davlat o‘z rolini muvaffaqiyatli uddalamoqda, bu erishilgan natijalar va yaqin istiqbolga mo‘ljallangan ulkan maqsadlardan dalolat beradi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin