Effect Edu mchj xalqaro innovatsion universitet 60410400 Moliya va moliyaviy texnologiyalar ta’lim yo’nalishi Iqtisodiyotda informatsion kommunikatsion texnologiyalar Fanidan


Biznesda ishlatiladigan kompyuter turlari



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə6/9
tarix04.01.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#78443
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Feruz Pirmatov

4. Biznesda ishlatiladigan kompyuter turlari.
Texnik vositalar– bu ma’lumotlarni kiritish, qayta ishlash va chiqarish uchun foydalanishi mumkin bo`lgan quroldir. Kompyuterlarning turlari:
 Mini kompyuterlar (MiniComputer);
 Portativ kompyuterlar (Notebook);
 Shaxsiy kompyuterlar (Personal Computer);
 Server kompyuterlar (Servers);
 Super kompyuterlar (Super Computer).
 Mini kompyuterlar o`lchami va bajaradigan amallar hajmi jihatidan juda kichik hisoblanadi. Bunday kompyuterlar cho`ntak kompyuterlari deb ataladi.
 Portativ kompyuterlar (noutbuklar) – bunday turdagi kompyuterlarning ekrani va asosiy bloki birlashgan bo`lib mobil foydalanishga juda qulaydir.
Super kompyuterlar juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo`ljallangan tizimdir. Bu kompyuter tizimlari 1 sekundda o`n trillion amal bajaradi.
K ompyuter (ingl. computer hisoblagich, lotincha computo hisoblamoqdaman) – elektron shaklga ega turli ma’lumotlarni qabul qilish, yig`ish, saqlash, ularga ishlov berish, axborot uzatish, hisoblash kabi imkoniyatlarga ega bo`lgan qurilma.

Kompyuter asosan apparat va dasturiy qismlardan tashkil topgan. Ushbu ikki qismlar kompyuterda ma’lumotlar jarayonini amalga oshiradi. Quyidagi 1.1-rasm ushbu ikki qismlarni tasvirlaydi.


O`lchamlari va funktsional imkoniyatlari bo`yicha EHMlarni quyidagicha bo`lish mumkin: o`ta katta (super EHM), katta, kichkina, o`ta kichkina (mikro EHM).
Tarixan birinchi bo`lib katta EHM paydo bo`lgan, ularning element bazasi elektron lampalardan juda yuqori darajali integratsiyali integral sxemalargacha bo`lgan yo`lni bosib o`tdi. Katta EHM unumdorligi bir qator masalalarni echish uchun etarli bo`lmay qoldi: meteoholatni oldindan aytib berish, murakkab mudofaa komplekslarini boshqarish, ekologiya tizimlarini modellashtirish. Bu super EHMlarni ishlab chiqish va yaratish uchun shart-sharoit yaratib berdi, ular hozirda ham jadal rivojlanayotgan eng kuchli hisoblash tizimidir.
70-yillarda kichkina EHM larni paydo bo`lishi, bir tomondan, elektronli element baza sohasidagi taraqqiyot bilan, ikkinchi tomondan esa – bir qator ilovalar uchun katta EHMlarni resurslarini ortiqchaligi bilan bog`langandir. Kichkina EHMlar ko`pincha texnologik jarayonlarni boshqarish uchun ishlatiladi. Ular juda ixchamdir va katta EHMga nisbatan sezilarli darajada arzonroqdir.
Element bazasi va arxitektura echimi sohasidagi kelgusidagi muvaf-faqiyatlar supermini EHM paydo bo`lishiga olib keldi–bu arxitekturasi, o`lchamlari va narxi bo`yicha kichkina EHM sinfiga kirib, lekin unumdorligi bo`yicha katta EHMga tenglashadigan hisoblash mashinasidir.
Kompyuterning apparat qismlari shunday qismlarki ularning ma’lum bir og`irligi bor va ularni qo`l bilan ushlab bo`ladi. Apparat atamasi kompyuterning ichki va tashqi tarkibiy qismlarini qamrab oladi. Shuningdek, bir yoki bir nechta tarkibiy qismlar o`zaro aloqaga ega bo`ladi. Bir qancha ma’lumot jarayonlari davri amalga oshiruvchi apparat qismlari mavjud. Kiritish buyruqlarni bajaradigan apparatlar, kiritish moslamalari, moslamalar deyiladi.
Qayta ishlash jarayonlarida foydalaniladigan apparatlar qayta ishlash moslamalari hisoblanadi va joriy buyruqlarni bajaradigan apparatlar natija moslamalari deb ataladi. Ushbu kategoriyalar har birining turli hil moslamalari, brendlari va sifatlari bor. Ichki, tashqi portlar va aloqalar kompyuter turli moslamalarini kompyuterning ona platasi bilan aloqasaini o`rnatishda foydalaniladi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin