Eftaliylar davlatining vujudga kelishi



Yüklə 151 Kb.
səhifə1/2
tarix20.06.2023
ölçüsü151 Kb.
#133128
  1   2
Eftaliylar davlatining vujudga kelishi. Eftal~



Eftaliylar davlatining vujudga kelishi.

Kidariylar. V asrning 20—yillarida O'rta Osiyoga Sharqdan Sirdaryo va Orol bo'ylari orqali yana bir ko'chmanchi ahdli — kidariylar (yuechji yoki toxarlarning avlodi) kirib keladi.?Kidar ismli hukmdor yo'lboshchilik qilgani uchun ular kidariylar nomi bilan tilga olinadi. Kidariylar So'g'diyonani, Amudaryo bo'ylaridagi yerlarni egallab, o'z hukmronligini o'rnatadilar. Kidariylar Balx shahrini o'z davlatining poytaxtiga aylantiradilar. Biroq kidariylar hukmronligi uzoq davom etmadi. Kidariylar bilan sosoniylar o'rtasida ziddiyatlar kuchayib, ular o'rtasida bir necha marta qurolli to'qnashuvlar bo'ladi. 456— yilda bo'lgan navbatdagi jangda kidariylar sosoniylardan qaqshatqich zarbaga uchradilar. Ayni paytda, shimoldari januBga siljib kelayotgan eftaliylar bosimiga uchrab, shimoliy Hindiston tomon chekinishga majbur bo'ldilar. Kidariylar u yerda 75 yilcha hukmronlik qiladilar./ Kflaliylar. Ulaming etnik tarkibi, daviat tashkil etishlari xususida tarixiy manbalarda turli xil qarashlar mavjud. Rim va Vizantiya tarixchilari Marselin (IV asr), Prokopiy Kesariyskiy, Feofan Vizantiyskiy (VI asr), arman tarixchilari Lazar Parbskiy (V asr), Favst Buzand (IV asr), xitoy solnomalaridan Bey-shi (VI asr) bergan ma'lumotlar shular jumlasidandir. Masalan, eftaliylar Xitoy manbalarida «i-da», «ye-da», armanlarda «idal», «xeptal», arablarda «haytal», Suriya va lotin manbalarida «eptalit», «eflalat», «abdal» deb nomlanadi. Bunday turlicha atamalar bar bir til va yozuvning o'ziga xos xususiyatlari ifodasidir, albatta. Rus va Vizantiya tarixchilarining aksariyati eftaliylarni turkiy qabila-massagetlarning so'nggi bo'g'inidan kelib chiqqan deb fikr bildiradilar. F.Vizantiyskiy eftallar nomini V asrning ikkinchi yarmida podshohlik qilgan Vaxshunvor Eftalon nomi bilan bog'laydi. Biroq nima bo'lganda ham shu narsa haqiqatki, eftaliylar Turkiston mintaqasida ko'pdan buyon yashab kelgan tub joy, yerli qavmlardandir.


Eftaliylar hukmdori Vaxshunvor Eftalon 457— yilda Chag'oniyon (hozirgi Surxon yerlari), Toxariston va Badaxshonni o'ziga bo'ysun-diradi. So'ngra eftaliylar So'g'dda ham mustahkamlanib oladi. Ular ko'p o'tmay o'z hududiy yerlarini kengaytirishda davom etib, Qobul va Panjob vodiysini, shuningdek, Kuchu, Qoshg'ar va Xo'tonni (Sharqiy Turkiston) zabt etadilar. Xullas, ular avvalda Kushonlar saltanati egallagan hududlarni birin-ketin qo'lga kiritib, o'z siyosiy hokimiyatini kuchaytirishga erishadilar. Ular tuzgan qudratli daviat O'rta Osiyodan tashqari Sharqiy Turkiston, Shimoliy Hindiston, Sharqiy Eron hududlariga ham yoyilgan edi.
Eftaliylar o'zlarining eng kuchli raqibi Eron sosoniylari bilan ham bir necha bor urush olib bordilar. Xususan, Eron shohi Peruz bilan bo'lgan urushlarda ularning qo'li baland kelib, Eron hukmdori ikki bor asirlikka tushadi. Katta to'lov va majburiyatlar evaziga arang qutilgan Peruz o'g'li Kubodni uzoq muddat eftaliylarga garovga berishga majbur bo'ladi. Peruzning 484—yildagi uchinchi urushi sosoniylar shohining halokati bilan tugaydi. Eftaliylar Marvni egallaydi, Eron ustiga og'ir o'lpon yuklanadi. Peruzdan so'ng hokimiyatga kelgan Kubod (488-531) davrida ham Eron eftaliylarga xiroj to'lashga majbur bo'lgan. VI asr boshlariga kelib Eftaliylar davlati shu qadar kuchayib ketadiki, ular 502—yilda Vizantiyaga ham yurish qilib unga katta talofat etkazadilar. 506— yilda ikki o'rtada tuzilgan sulh shartnomasi bo'yicha eftaliylar Vizantiyadan katta miqdorda o'lja olib qaytganlar. Kubodning o'g'li Xusrav I Anushervon ham 554— yilga qadar eftaliylarga har yili xiroj to'lab turgan. Keyinroq, Turk xoqonligining eftaliylarga bergan kuchli zarbasi natijasidagina Eron eftaliylar ta'siridan qutilishga mtivaffaq bo'lgan.
Eftaliylar davrida davlat yakka hukmdor tomonidan boshqarilgan, biroq taxt otadan bolaga meros bo'lib qolmay, sulolaning eng loyiq deb topilgan kishisiga berilgan. Mamlakat hududlari markaziy hokimiyat noiblari orqali idora etilgan. Davlatni boshqanshning o'ziga xos qonun-qoidalari bo'lgan. Mamlakat lashkarini asosan otliq askarlar tashkil etgan.

Yüklə 151 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin