Ehtiyojlar (moddiy va ma’naviy)


Dinamikadagi tashkilot qonunlariga quyidagilar kiradi



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə22/81
tarix28.11.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#168016
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81
Farmatsevtika menejmenti-fayllar.org

Dinamikadagi tashkilot qonunlariga quyidagilar kiradi:
1) sinergiya qonuni, unga ko‘ra, tashkilotning bir butun (tizim) sifatidagi potensiali uning element(tizimcha)lari potensiallari yig‘indisidan kattadir. Ushbu qonun tizimning xususiyatlari yig‘indisi uning komponentlari xususiyatlari yig‘indisiga teng bo‘lmasligida namoyon bo‘ladi. Tizim yuqori darajada tashkil etilganda tizim xususiyatlarining yig‘indisi uning komponentlari, xususiyatlari yig‘indisidan katta bo‘ladi.
Tizim xususiyatlarining yig‘indisi bilan uning komponentlari xususiyatlari yig‘indisi o‘rtasidagi ayirma komponentlarning yaratuvchanlik o‘zaro ta’sirining sinergik (qo‘shimcha) samarasi deb nomlanadi. Tizim past darajada tashkil etilganda xususi­yatlarining yig‘indisi uning komponentlari xususiyatlari yig‘in­disidan kichik bo‘ladi. Tizimni tashkil etish darajasi tuzulmalar va jarayonlarni oqilona tashkil etish tamoyillariga rioya etilish darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Tizimni tashkil etish darajasi dastlab uning yaratilishi bosqichida shakllanadi, tuzulmani loyihalashtirishda batamom belgilanadi, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning ishlashi davomida ro‘yobga chiqadi. Sinergik samaraga birinchi bosqichning o‘zidayoq asos solinadi. So‘ngra unga mehnatni birlashtirish va taqsimlash; (parallellik, to‘g‘ri ketma-ketlik, mutanosiblik, uzluksizlik, bir maromdalik va boshqalar) jarayonlarni oqilona tashkil etish; jamoa a’zolarining asoslangan hamjihatligi, qulay ijtimoiy-psixologik muhit hisobiga erishiladi;
2) axborot olish (batartiblik) qonuni. Tashkilot a’zolari faoliyatining tartibi ularning axborotga ega bo‘lish darajasi bilan belgilanadi. Mazkur qonunga ko‘ra, tizimning eng muhim bog‘lovchi elementi tartibga solingan axborotdan iboratdir. Batartiblik — tizimning tavsifi bo‘lib, u har jihatdan tartibni, tashkilotchilikni va tizimning barqaror ishlashini ta’minlovchi ma’lum tarzda o‘rnatilgan o‘zaro bog‘lanishlarning mavjudligini aks ettiradi. Batartiblikka erishilganlik miqdoriy va sifat baholari yordamida tavsiflanadi. Masalan, batartiblikni baholashda quyidagi uchta jihat: tizimning chegaralari va tuzulmasi belgilanganligi; tizimning o‘zgaruvchan komponentlari aniqlanganligi; tizim komponentlarining o‘zaro hamda tizim bilan tashqi muhitning o‘zaro bog‘lanishlari tartibi, axborotni olish, u bilan ishlash, saqlash va uzatish shakllari, usullari va vositalari aniq ifodalanganligi hisobga olingan bo‘lsa uni deyarli to‘liq deb tan olish mumkin. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, boshqaruv tizimini axborot ta’minoti sifatining oshishi uning sifatli ishlashining eng muhim sharti bo‘lib qoladi;
3) tahlil va sintezning birligi qonuni (qo‘shimcha) turli yo‘nalishlardagi quyidagi: birlashtirish va ixtisoslashtirish, integratsiya va differensiatsiya jarayonlarini o‘zaro bir-birini to‘ldirib borishini nazarda tutadi. Tahlil va sintezning dialektik birligida strukturizatsiyalash, detallashtirish, bo‘lish, ixtisos­lashtirish, universallashtirish amallari ko‘rib chiqiladi, bundan oldin tahlil, keyin esa sintez qilinadi;
4) o‘z-o‘zini saqlash qonuni butun tashkilotni yangi sifat holatiga o‘tish yo‘li bilan, chegaralari o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymasdan, buzilgan muvozanatni tiklagan holda, o‘z resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanib bir butun sifatida saqlab qolishga bo‘lgan intilishida namoyon bo‘ladi. Tizimning muvozanati va barqarorligini ta’minlash ham statikada (tizimni loyihalashtirishda va yaratishda), ham dinamikada (tizim ishlaganda) amalga oshirilishi lozim.
Farmatsevtika tashkilotini shakllantirish asosini quyidagi tamoyillar tashkil etadi:
· yakkaboshchilik (buyruqlarni bitta boshliq yagona skalar zanjir bo‘yicha uzatadi);
· ixtisoslashish (bir turdagi ishlar har doim bir xil xodimlarga, bir xil bo‘linmalarga topshiriladi);
· vakolatlarni uzatish (majburiyatlarning bajarilishi uchun javobgarlik imkon qadar shu majburiyatlarning ijrochilari zim­masiga yuklanishi kerak);
· vakolatlar va javobgarlikning muvofiqligi (vakolatlarni olgan shaxs majburiyatlarni bajarish huquqiga ega bo‘ladi va shu bilan bir vaqtda o‘ziga vakolatlarni topshirgan menejer oldida majburiyatlarning bajarilishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi);
· absolut javobgarlik (vakolatlarini topshirgan shaxs, shu vakolatlarni o‘z zimmasiga olgan shaxsga rahbarlik va u tomo­nidan majburiyatlar bajarilishining natijalari uchun javobgarlik olib boradi);
· boshqarish me’yorining cheklanishi (bitta rahbarga bo‘ysu­nadigan xodimlarning soni cheklangan).



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin