16.5. Farmatsevtika menejmentiga
qo‘yiladigan talablar
Tashkilotdagi menejer uchun uch xil vazifaning bajarilishi xosdir:
1) tashkilotning ichidagi va undan tashqaridagi munosabatlarni shakllantiruvchi, tashkilot a’zolarini maqsadga erishishga safarbar qiluvchi, ularning harakatini muvofiqlashtiruvchi va tashkilotning vakili sifatida chiquvchi, yetakchi rahbarning asoslantirish vazifasi. Ushbu vazifa rahbarlikning rasmiy mavqeyi va uslubi bilan belgilanadi;
2) axborot vazifasi, u ham tashkilotdan chiquvchi ham tashqi muhitdan kelib tushuvchi axborotni o‘zgartirishning ijodiy jarayoni, ish borasidagi muloqotlardan iborat;
3) qarorlarni qabul qilish vazifasi tashkilotni rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilash, resurslardan oqilona foydalanilish masalalarini hal qilish, joriy tuzatishlar kiritish, faoliyatni nazorat qilish vazifalarida ifodalanadi.
Barcha pog‘onadagi menejerlarga mazkur vazifalar xos bo‘lib, biroq ularning namoyon bo‘lish darajasi aniq bir sharoitlarga bog‘liq. Menejerning funksiyalari e’tiborini, asosan, axloq tomoniga qaratadigan rahbarning funksiyalari doirasidan ancha kengroq bo‘ladi.
Tashkilotning rahbari bu — qonun yoki ta’sis hujjatlari kuchi bilan ushbu tashkilot boshqaruvini amalga oshirayotgan shaxsdir.
Rahbarning ko‘rsatmalarini quyidagicha guruhlash mumkin:
· qo‘l ostidagi xodimlarga nisbatan: mavqeyini o‘rnatish, ishonch; kamsuqumlik va ochiqlik, iltifotlilik;
· ishtirok borasida: qo‘l ostidagi xodimlarga mustaqillik va ijodiy tashabbus taqdim etish, xodimlarni konstruktiv takliflarning ishlab chiqilishida qatnashganligi uchun rag‘batlantirish, ishni oqilona tashkil etish;
· baholash borasida: ish bajarilishining xolisona va o‘lchanadigan mezonlari asosida xodimlarni baholash; qo‘l ostidagi xodimlarning xatolaridan jazolash uchun bahona sifatida emas, balki ularning bilimlari va ko‘nikmalarini takomillashtirish imkoniyati sifatida foydalanish;
· bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida: yuqori turuvchi rahbariyat va boshqa bo‘linmalar o‘rtasida samarali bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi, ular orasida obro‘-e’tiborga ega;
· shaxsiy sifatlari borasida: oldindan ko‘ra bilish, o‘z ehtiroslarini boshqara olish, tinglash, ishontirish, o‘zi va boshqalarning ishini tashkil etish, vaqtni qadrlash, tashabbusni qo‘llab-quvvatlash, boshlagan ishni oxiriga yetkazish, aql bilan tavakkal qilish, shaxsiy namuna ko‘rsatish va boshqa ijobiy xislatlar.
Rahbar uch guruhdagi bilimlar va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim: kasbiy, psixologik va konseptual.
Rahbarning funksiyalari ko‘p jihatlilik xususiyatiga ega bo‘lib, uning faoliyati yo‘nalishlarini belgilab beradi (16.5- jadval).
Rahbarning nufuzi bir-birini to‘ldirib turuvchi ham obyektiv (lavozim bo‘yicha mavqeyi), ham subyektiv omillar (o‘zining obro‘si bilan egallangan) tufayli paydo bo‘ladi. Rahbarning ishbilarmonligi, odamlar bilan ishlay bilishi, funksiyalari va vazifalarini namunaviy bajarishi, jamoa a’zolarining hurmat qilishi uchun
16.5 jadval
Rahbar funksiyasining mazmuni
Funktsiyaning nomi
|
Faoliyatning mazmuni
|
Stratеgik
|
Maqsadlarni qo’yish
|
|
Stratеgiyalarni ishlab chiqish
|
|
Rеjalar tuzish
|
Ma'muriy
|
Ijrochilikni tashkil etish
|
|
Joriy muvofiqlashtirish
|
|
Nazorat
|
|
Kadrlar boshqaruvi
|
|
Rag’batlantirish
|
Ekspеrt-innovatsion
|
Mеhnatning yangi shakllarini ishlab chiqish
|
|
Novatsiyalar bilan tanishish
|
|
Tashkilotni qayta tashkil qilish
|
|
Maslahat bеrish
|
Kommunikatsion
|
Tashrif buyuruvchilarni qabul qilish
|
|
Xatlar va qo’ng’iroqlarga javob bеrish
|
|
Muzokaralarni olib borish
|
Ijtimoiy
|
Qulay ma'naviy-psixologik muhitni yaratish
|
|
Ana'analarni saqlash
|
|
Qo’l ostidagi xodimlarga yordam ko’rsatish
|
Еtakchilik
|
Jamoani o’zgartirishlarni amalga oshirilishiga rag’batlantirish
|
sabab bo‘luvchi shaxsiy ijobiy xislatlari rahbar nufuzining majburiy shartlari bo‘lib hisoblanadi.
Agar bu shartlar faqat qisman bajarilsa, u holda rahbar faqat tegishli talablar amalga oshiriladigan sohada nufuzga ega bo‘ladi. Natijada jamoada rahbar — rasmiy yetakchi bilan bir qatorda jamoaning eng tayyorgarligi zo‘r bo‘lgan va tashabbuskor a’zolari jumlasidan norasmiy yetakchilar ajralib chiqadi. Bunday hollarda rahbarlikning samaradorligi ko‘p jihatdan ularni prinsipial asosda hamkorlik qila olishiga bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: |