Ehtiyojlar (moddiy va ma’naviy)


Kommunikatsiyalarning turlari



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə66/81
tarix28.11.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#168016
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   81
Farmatsevtika menejmenti-fayllar.org

18.2. Kommunikatsiyalarning turlari
Farmatsevtika tashkilotining ichida ikki turdagi kommunika­t­­siyalar mavjud bo‘ladi:

· pog‘onalararo (axborotni iyerarxiya pog‘onalari bo‘ylab tepaga va pastga o‘tishi);


· gorizontal (bitta pog‘onadagi bo‘linmalar va xodimlar o‘rta­sida).
Odatda, kommunikatsiyalarning gorizontal oqimlarini samara­dorligi 90 foizgacha yetadi, buni bitta pog‘onada ishlayotgan odamlarning o‘zaro bir-birini tushunishi, bir-birining muammo­larini bilishi bilan izohlanadi. Bu kelib tushgan axborot mazmunini ishning aniq uchastkalariga tez va aniq moslashtirish imkonini beradi.
Vertikal kommunikatsiyaning samaradorligi bundan kamroq. Тadqiqotlarning ko‘rsatishicha, yuqori boshqaruv bo‘g‘inidan chiqadigan axborotning atigi 20—25 foizi aniq ijrochilariga yetib boradi va ular tomonidan to‘g‘ri tushuniladi. Ko‘pincha rahbarning o‘rinbosarlari axborotni yo‘qotib, ijrochilar tomonidan yuborilgan axborot ma’lumotlarining 10 foizdan ko‘p bo‘lmagan qismi rahbarga yetib boradi.
Axborotni uzatish usuliga qarab kommunikatsiyalar og‘zaki va yozma kommunikatsiyalarga bo‘linadi. Og‘zaki kommunikat­siyalar ish bo‘yicha suhbatlar, kengashlar, majlislar, kon­fe­rensiyalar, telefon muloqotlari yo‘li bilan amalga oshiriladi. Og‘zaki boshqaruv kommunikatsiyalarining asosiy tamoyillariga qu­yidagilar kiritiladi:
· muhokama etilayotgan mavzu bo‘yicha qisqacha bayon;
· tushunilishi qiyin bo‘lgan axborotni umumlashtirishlar, takrorlanishlar, o‘xshatishlar, ma’lum holatlar bilan „to‘ldi­ rilishi“;
· muammoni aniq bilish, uning yechimini zaruriy asoslash, suh­batdoshni muammoni birgalikda hal etishga tayyorlash;
· muomalaning faol harakatlarga undovchi ochiq, kons­-
tru­ k­tiv-tanqidiy muhitini yaratish.
Yozma kommunikatsiyalar tashkiliy texnikadan (faks, elektron pochta) va pochta xizmatidan foydalangan holda ish yozishmalari orqali amalga oshiriladi.



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin