Ekologiya fakulteti


Hayvonlarni kamayib ketish sabablari



Yüklə 145,66 Kb.
səhifə2/4
tarix25.12.2022
ölçüsü145,66 Kb.
#77830
1   2   3   4
10 VAROQ 6

2. Hayvonlarni kamayib ketish sabablari. Yer sharida hayvonlarning turini, miqdorini va arealini o'zgarishi tabiiy holda va insonning xo'jalik faoliyati ta'sirida ro'y beradi.
Tabiiy geografik omillar (vulkanlarning otilishi, suv va muz bosishi, bo'ron,jala, sel bo'lishi, territoriyaning qattiq sovib yoki isib ketishi, kuchli yog'in va qo'g'oqchilikning bo'lishi va b.q.) ta'sirida hayvonlarning o'lishi va areallari qisqarishi mumkin. Lekin tabiiy omillar ta'sirida hayvonlarning turini, miqdorini va arealni o'zgarishi juda sekin bo'ladi.
Insonning hayvonlarga ko'rsatayotgan ta'sir doirasi jamiyat taraqqiy etgan sari kengayib bordi. Ayniqsa, feodalizm davrida va kapitalizm jamiyatida hayvonlarga yirtqichlarcha ta'sir etilgan. Natijada hozirgi kunga kelib, insonning ta'sirida dknyo

bo'yicha hayvonlarning 600 ga yaqin turi, jumladan sut emizuvchilarning 120 turi, qushlarning 150 turi yo'q qilindi.


Inson xo'jalik faoliyaida o'zi uchun zarur bo'lgan go'sht, jun, mo'yna, teri, yog' va boshqalarni ko'plab tayyorlash orqali hayvonlarga bevosita ta'sir etib, ularning turini, sonini va arealini o'zgarishiga, ba'zi hayvon turlarini butunlay yo'qolib ketishiga sabab bo'lgan. Ayniqsa feodalizm va kapitalizm jamiyatida kishilar hayvonlardan go'sht, jun, teri va boshqa narsalar tayyorlashdan tashqari, ulardan hordiq chiqarish, ko'ngil ochish, musobaqalashish maqsadida ko'plab vahshiylarcha qirib yuborganlar. Shu sabali tarixiy davrlar mobaynida sut emizuvchilarning 120 turi yo'q qilingan bo'lsa, shuning 33 turi XVII asrgacha bo'lgan davrda, 40 turi XVII-XIX asrlar mobaynida, 47 turi XX asrda yo'q qilingan.
Qadimgi Rimda imperator Titning ko'nglini ochishi, hordiq chiqarishi va musobaqaga o'tkazish uchun har kuni 8000 ga yaqin hayvon o'ldirilgan. Bunday hodisalar G'arbiy Yevropadagi va Rossiyadagi podsho xonadonlarida ham bo'lib, juda ko'p qimmatli hayvonlar hayvonlar yo'q qilib yuborilgan.
Insonlar o'zining hayvonlarga bevosita ta'sirida ularning geografik joylashinini va arealini o'zgarishiga ham sababchi bo'ladi. Chunki kishilar foydali hayvonlar miqdorini ko'paytirishi yoki ov qili orqali hamda zararkunadalariga qarshi kurashib, hayvonlar miqdorini kamaytiradi. Ba'zan foydali hayvonlarni hamda zarakunada hasharotlarga qarshi kurashuvchi hayvon turlarini boshqa joylarga olib borib tarqatadi, ya'ni introduksiyalaydi. Natijada ba'zi materik va mamlakatlarda hayvonlarning yangi turlarini odamlar olib borib, o'sha joylarga tarqatadi, oqibatda ularning ba'zilari o'sha sharoitga moslashib, ko'payib ketsa, ba'zi turlari qirilib ketadi. Bu insonning hayvonlarga ko'rsatayotgan ham salbiy, ham ijobiy ta'siridir.
Hayvonlar sonining kamayib, kasallanishiga yana pestisidlarning ishlatilishi ham ta'sir etadi. Chunki zaharli ximikatlar ozuqa zanjiri orqali bir organizmdan ikkinchi organizmga o'tadi. AQShda o'rmonlarga zarar keltiruvchi hasharotlarga qarshi qarshi DDT preparati ishlatilgan. Ishlatilgan DDTni bir qismi erga tushib

yomg'ir chuvalchangiga, chuvalchangdan esa sayyor qorayaloqlarga (ular chuvalchangni eydi) o'tib, zharlanib, oradan 21 kun o'tgach, o'sha qushlarning 88%i nobud bo'lgan.


Insonlarning bevosita va bilvosita ta'sirida suv havzasida yashovchi hayvonlar dunyosida ham salbiy o'zgarishlar yuz bergan. Ayniqsa, hozir kitlarning soni kamaygan. Bunga asosiy sabab ularni yog'i va go'shti uchun ko'plab tutishdir. Ma'lumotlarga ko'ra 1920 yili dunyo bo'yicha 11369 ta kit ovlangan bo'lsa, 1965 yilga kelib 64680 ta kit ushlangan. Natijada, biskay, yapon, qutbiy, silliq, kulrang va grelandiya kitlari deyarli yo'q qilingan, ko'k kit va finvalarning soni juda kamayib ketdi. Shu tufayli hozir halqaro kelishuvga ko'ra kit ovlash tartibga solingan.
O'zbekiston hududida hayvonot olami qanchalik muhofaza qilinmasin va ularning ko'payishiga sharoit yaratib berilmasin goho ularni pinhoniy ov qiladigan shaxslar uchrab turadi.
O'zbekiston hayvonot olamining turlari ko'p va ular rang-barangdir. Respublikamiz hududida 650 dan ortiq umurtqali hayvon namunalari mavjud bo'lib, shu jumladan 79 baliq turi, 3 ta amfibiy, 57 sudralib yuruvchilar, 410 turdan ziyod qushlar va 99 sut emizuvchilar yashaydi.
Ma'lumotlarga qaraganda, keyingi o'ttiz yil ichida O'zbekiston hududida Mirzacho'l, Qarshi cho'li, Surxon-Sherobod cho'li, Farg'ona vodiysining markaziy qismlari o'zlashtirilgan. Tyanshan hamda Pomir-Oloy g'arbiy sarhadlaridagi adirlar intensiv ravishda o'zlashtirilmoqda. Bu o'z navbatida sahro-cho'l muhitidagi yashaydigan bir qator jonivorlarning, jumladan, jayron, go'zal tuvaloq kabi noyob zotlarning kamayib ketishiga sabab yuo'lmoqda.

Yüklə 145,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin