Ekologiya fani va uning bo\'limlari,ekologiyaning vazifalari
5.O’rta Osiyo va O’zbekistonda ekologiyaning rivojlanishi.
O’rta asrlarda O’rta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va b.q.r. tabiiy fanlarini rivojlanishiga katta hissa qo’shganlar.
O’rta Osiyoni o’rgangan olimlardan I.A.Severstov, A.N.Krasnov, D.N. Kashkarov, E.R.Korovin maktablarini shakllanishida ekologik yo’nalish muhim ahamiyatga ega bo’ldi. P.A.Baranov, I.A.Raykova, R.I.Abolin, M.V.Kul’taisov,I.I.Garanitovlarning ekologo- fitostenologik qarashlari ham ular chop ettirgan bir qancha asarlarda yoritildi.
Kashkarov D.N, Zoxidov T.Z, Meklenburtsov R.N. biostenozlarni ekologik nuqtai-nazardan tasvirlashdi.
Halqimiz qadimdan ekologik madaniy merosga ega bo’lib kelgan. Shuningdek o’tgan buyuk allomalarimizning ham tabiat, tirik organizmlar va ularning tashqi muhit bilan o’zaro aloqalariga doir masalalarga to’xtalib o’tganligining guvohi bo’ldik. O’zbekiston Respublikasi FA Botanika, Zoologiya institutlari olimlari va hayvonlar ekologiyasiga bag’shlangan ishlarni olib borganlar va bormoqdalar.
O’zbekiston o’simliklar dunyosini ekologik, floragenetik va fitostenologik yo’nalishlarda M.S.Popoov, E.P.Korovin, K.Z.Zokirov, A.Muzaffarov, I.I. Granitov, S.S.Saxobiddinov, M.M.Nabiev, A.Butnov va b.q.r. hisoblanadi.
O’zbekistonda ekologik yo’nalishdagi ishlarning asoschilari D.N.Kashkarov, va E.P.Korovin hisoblanadi. Ularning 1930 yillarda chop etilgan “Muhit va jamoa”, “O’rta Osiyo va Qozog’ston cho’llarining turlari va ulardan xo’jalikda foydalanish istiqbollari”,” Cho’ldagi hayot” asarlarining yaratilishi bo’ldi.
O’zbekistonda hayvonot olamini o’rganish D.N.Kashkarov faoliyati bilan bog’liq. U 1928 yilda AQSh ga bordi va bu erda ekologiya o’sha vaqtda ancha rivojlangan edi. U 7 oy yirik ekologlarning Adams, Shelvord,Chepman, Grinell,Elli,Teyler,Forxis va boshqalarning ishlarini o’rgandi va 12 ta universitet, muzey va qo’riqxonalar bilan tanishdi. Uning davomchilari akademiklar T.Z.Zoxidov, A.M.Muhammadiev, UzFA sining muxbir a’zolari V.V.Yaxontov,M.A.Sultonov, R.O.Olimjonov hayvonot olamining tadqiq qilishda ekologik yo’nalishda izlanishlar olib borganlar. Bu borada E.Gan, O.G.Davletshina, M.Qodirova,X.S.Solixboev, O.P.Bog’danov, G.I.Ishunin va b.q.r. ishlari ham taxsinga sazovar. Bugungi kunda UzFA zoologiya institutining UzFA muxbir a’zosi, prof.D.A.Azimov boshchiligidagi olimlarning olib borayotgan ishlari mustaqil Vatanimizda hayvonot olami ekologiyasining dolzarb muammolariga bag’shlangan.