Ekologiya fani va uning bo'limlari,ekologiyaning vazifalari.
Reja:
1. Umumiy ekologiya fani va uning bo’limlari.
2. Ekologiyada foydalaniladigan uslublar.
3. Modellashtirish.
4. Ekologiyani qisqacha tarixi.
5. O’rta Osiyo O’zbekistonda ekologiya fanining qisqacha rivojlanishi.
6. Ekologiya fanining vazifalari.
1.Umumiy ekologiya fani va uning bo’limlari.
Ekologiya nima? Bu savolga 30 yil oldin javob berish oson bo’lardi, chunki “ekologiya” terminidan faqat biologlargina foydalanar edi va muhit bilan organizmlarining o’zaro aloqasini o’rganadigan fan deb qaralar edi.
Keyingi vaqtlarda «ekologiya» termini juda keng qo’llanila boshladi va inson bilan atrof-muhit o’rtasida bo’ladigan xoh tabiiy, xoh o’zaro aloqalarni har qanday formasida ishlatilmoqda Ekologiya so’zi o’zining ilmiy biologik termin ahamiyati o’rnini, muhim sotsial,siyosiy termin bilan almashdi.Endi ekologiyani mohiyati tabiatni muhofaza qilish va undan ratsional foydalanish deb tushunila boshlandi.Akademik D.S.Lixachyov ta‘biri bilan aytganda «ekologik madaniyat» deb ham atash mumkin.
Ekologiya { grekcha “oikos”, yashash joyi, uy, boshpana “logos”, fan} terminini nemis olimi E.Gekkel {1866} fanga kiritdi. Rus tilida ekologiya terminini birinchi marta I.I Mechnikov {1868} ishlatdi.
Boshqa fanlar singari ekologiya fani ham o’zining uzoq tarixiga ega.
Ekologiya – demak bu tirik organizmlarni yashash muhiti bilan hamda o’zaro aloqalarini, munosabatlarini o’rganadi.
Muhit, turlar, populyatsiyalar, biostenozlar va biosfera kabi tushunchalar ekologlyaning asosiy ob’ekti hisoblanadi.
Shuning uchun ham umumiy ekologiya to’rt bo’limga bo’linadi.
1.Autekologiya { yunoncha “aytos” – “o’zi” degan ma’noni b}. ayrim turlarni o’zlari yashab turgan muhit bilan o’zaro aloqasi, munosabati.
2.Populyastiyalar ekologiyasi { fr. “populyas’on”- “aholi”.}populyastiyalar tuzilishi va dinamikasini o’rganadi.
3.Sinekologiya – { yunoncha “sin” – birgalikda } Biostenozlar tuzilishi va xossalari, tashqi muhit bilan o’zaro munosabatlarini o’rganadi.
4.Biosfera {yunoncha “bio”-hayot, “sfera” – shar degan m.b}Er qobig’idagi tirik mavjudotlarni tarqalishini o’rganadi.