Ekologiya fanining rivojlanish tarixi



Yüklə 40,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix07.01.2024
ölçüsü40,82 Kb.
#211094
1   2   3   4
 
 
Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences 
Hosted online from Toronto, Canada. 
Date: 
5
th
October, 2022 
ISSN: XXXX-XXXX
Website:
econferenceseries.com
144 | 
P a g e
cho‘l, tog‘, daryo va dengizlar, ko‘llar va o‘rmonlar, ulardagi o‘simlik, hayvonot 
dunyosi, shu bilan boshqa tabiiy resurslar - yerning asosiy boyliklari haqida 
ma’lumotlar keltirgan.Abu Nosir Farobiyning (870 - 910) ilmiy - falsafiy merosi 
nihoyatda boy bo‘lib, asarlari hozirgacha to‘liq o‘rganilmagan. Nemis olimi 
M.K.Brokelmanning ro‘yxatida Farobiyning turli sohaga oid 180 ta asarining nomi 
keltiriladi. Bu asarlar bir necha guruhlarga bo‘linib, 11-guruhiga uning 
tabiatshunoslik ilmi, amaliy faoliyat va hunarmandchilik masalalariga oid asarlari 
kiritilgan. U tabiiy va inson qo‘li bilan yaratiladigan sun’iy narsalarni ajratgan. 
Tabiiy narsalar tabiat tamonidan yaratilgan, degan xulosaga keladi.[2] 
Abu Rayxon Beruniy koinotdagi hodisalarni taraqqiyot qonunlari bilan, narsa va 
hodisalarning o‘zaro ta’siri bilan tushuntirishga urinadi. Uning asarlarida o‘simlik 
va hayvonlarning biologik xususiyatlarini, ularning tarqalish va xo‘jalikdagi 
ahamiyati haqida ma’lumotlar topish mumkin. U «Saydana» nomli asarida 1116 tur 
dori-darmonlarni tavsiflagan. Ularning 750 tasi turli o‘simliklardan, 101 tasi 
hayvonlardan, 107 tasi minerallardan olinadi. Har bir o‘simlik, hayvon va 
minerallarning xossalari, tarqalishi va boshqa xususiyatlari keltirilgan. 
Beruniy asarlarida o‘simlik va hayvonlarning tuzilishi hamda ularning tashqi muhit 
bilan o‘zaro aloqasi haqida ham qiziqarli ma’lumotlar keltiriladi. U o‘zining tabiiy-
ilmiy kuzatishlari, tajribalari asosida tabiatdagi hodisalar ma’lum tabiiy qonuniyatlar 
asosida boshqariladi, degan xulosaga keladi.[3] 
Abu Ali ibn Sino (980 - 1037) jahon madaniyatiga buyuk hissa qo‘shgan yirik 
ensiklopedist olim. Turli yozma manbalarda uning 450 dan ortiq asar yozganligi 
eslatiladi. Bizgacha uning 240 ta asari yetib kelgan.Uning «Tib qonunlari» asari 
tibbiyot ilmining qomusi bo‘lib, O‘rta asr tibbiyot ilmi taraqqiyotining oliy cho‘qqisi 
hisoblanadi. Kishi organizmiga tashqi muhit ta’siri muhimligini bilgan alloma ayrim 
kasalliklar suv va havo orqali tarqalishi haqida fikr bayon etgan.Zahiriddin 
Muhammad Bobur (1483 - 1530). Biz Boburni podshoh va shoir sifatida bilamiz. 
Ammo Bobur faqat shoirgina emas, balki sarkarda, tarixchi va mashshoq, ovchi va 
bog‘bon, sayyoh va tabiatshunos ham bo‘lgan. Uning «Boburnoma» asari eng yirik 
va mashhur asari hisoblanadi. Bobur bu asarida har bir hududni ma’lum bir tartibda 
tasvirlaydi. Avvalo joyning geografik o‘rni, so‘ngra qaysi iqlimga mansubligi, har 
xil shifobaxsh joylari, o‘simliklari, qazilmalari,hayvonoti va aholisi haqida 
ma’lumot beriladi. U ajoyib geobotanik bo‘lgan, o‘simliklarni sevgan va yaxshi 
bilgan. O‘zbekistondagi juda ko‘p giyoh va dorilarni, ularning xosiyatini va 
ahamiyatini shunday ta’riflaydiki, buni mirishkor bog‘bon bo‘lgan kishi, asl 



Yüklə 40,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin