Oldingi tahrirga qarang. 2-modda. Ekologik ekspertiza to‘g‘risidagi qonunchilik
(2-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Ekologik ekspertiza to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.
(2-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ekologik ekspertiza to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 3-modda. Ekologik ekspertiza maqsadlari
Ekologik ekspertiza quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi:
mo‘ljallanayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish to‘g‘risida qaror kabul qilinishidan oldingi bosqichlarida bunday faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash;
rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyat atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa yoki shunday ta’sir ko‘rsatayotgan bo‘lsa, bunday faoliyatning ekologik xavflilik darajasini aniqlash;
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning yetarliligi va asosliligini aniqlash.
4-modda. Ekologik ekspertiza turlari
Ekologik ekspertiza davlat va jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek ekologik audit tarzida amalga oshiriladi.
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi ekologik nazorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Ekologik nazorat to‘g‘risidagi qonunchilik
Ekologik nazorat to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ekologik nazorat to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 3-modda. Ekologik nazorat tushunchasi
Ekologik nazorat atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yishga, tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va jamoatchilik chora-tadbirlari tizimidir.
(3-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 4-modda. Ekologik nazoratning asosiy vazifalari
Ekologik nazoratning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yish;
(4-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) atrof muhit holatini kuzatib borish, atrof muhitning ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni aniqlash;
mo‘ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash;
yuridik va jismoniy shaxslarning atrof muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini, ular tomonidan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash;
atrof muhitdagi o‘zgarishlar, uning prognoz qilinayotgan holati, tabiiy resurslardan foydalanilishi va ko‘rilayotgan tegishli chora-tadbirlar to‘g‘risida davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarni hamda fuqarolarni xabardor qilish;
tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish hamda davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarning amalga oshirilishida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning ishtirokini ta’minlash.