EKOLOGIK TARBIYA TALIM VA MADANIYAT
REJA:
EKOLOGIYA TALIM HAQIDA
EKOLOGIK TARBIYA
EKOLOGIYA TALIM TARBIYA VAZIFALARI
Ekologiya, atrof-muhit, jonli-jonsiz tabiat, ekologik ong ekologik madaniyat, kamolot, shallar, usullar. Ekologik tarbiya ekologiya fanini maqsadini amalda yuzaga keltirish, atrof-muhitni biz xoxlagan darajada tabiiyroq, ekologik toza bo`lishidagi ishlarni o`rgatadi ko`rsatmalar beradi. «Ekologiya» yunoncha so`z bo`lib tirik mavjudodlarning yashash sharoiti va tevarak atrofdagi muhit bilan o`zaro munosabatlari hamda shu asosda yuzaga kelgan qonuniyatlarini o`rganadagin fandir. Ekologiya fani qadimdan yuzaga kelgan fan emas. Ekologiya fani insonni qiziqishi, bilishdagi fikr mulohaza yuritishlardan kelib chiqkan fan emas, ekologiya fani zaruriyatidan inson o`z manfatini ko`zlab uni tabiiy ko`rinishlarini buzib, undan to`xtovsiz foydalanib uni ko`rimsiz bo`lgan ahvolga solib qo`ygach va endi yana o`z manfati uchun kelajak avlod oldidagi o`z burchini xis etgan xolda tabiiy ko`rinishini o`z xotasida xulosa chiqargan xolda tiklash zaruriyatdan kelib chiqqan fan deyish mumkin.
Ekologiya fani tabiiysi, yevropada kelib chiqkan. Chunki insoniyatning o`zi ijtimoiy rivojlanishida, atrof muhitni tabiiyligini ta`siri dastlab yevropada edi.
Chunki insonni ijtimoiy ong rivojlanishi, inson manfati qilingan ishlab chiqarishdagi yutuqlari, jamiyat rivoji dastlab yevropada edi. Ekologiya atamasini
1866 yilda nemis zoolog olimi Geksel tomonidan fanga kiritilgan edi. Yaqin vaqtlargacha bu atama faqat mutaxassislargagina ma’lum edi. Endilikda atrof-muhitga tabiat boyligiga e’tiborsiz bo`lish butun sayyoraga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligi aniq bo`lib qoldi. Inson bilan tabiat o`rtasidagi munosabatdlar muammolarini yechiqh zarurati tug‘ildi. Shu borada ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish asosiy ishlardan biri bo`lib qoldi. O`quvchilarda ekologik madaniyatni tarkib toptirish, bularda tabiat, atrof-muhit bilan qanday munosabatda bo`lishni o`rgatish pedagogika nazariyasi va maktablar amaliyotining eng dolzarb mavzusiga aylandi. Chunki insonning onggi oshgan sari progressiv jamiyat ko`rinish bergan sari, insonning yer yuzasidagi roli oshgan sari yer yuzasi uni soni oshgan sari tabiatdan faqat foydalanigina qolmay, undan keyin foydalana borish uchun endi u haqda o`ylash, fikrlash, unga munosabatni to`g‘ri yo`lga qolish kerak bo`lib qoldi.
O`zbekiston Konstitutsiyasining 18 moddasida yer va yer osti boyliklarini, suv manbalarini, o`simlik va hayvonot dunyosini qo`riqlash, bu boyliklardan ilmiy asosda, oqilona foydalanish, havo va suvni toza saqlash, tabiiy boyliklarni uzluksiz ko`paytirib borishni ta’minlash insonning atrof-muhitni yahshilash uchun chora va tadbirlar ko`rishi zarurligi ta’kidlangan.
O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrdagi qabul qilingan «Tabiat muxofaza qilish to`g‘risida» gi qonuni, «Sog‘lom avlod uchun» ordenining ta’dbik
etilishi, shu nomda Davlat dasturi, «Ekologik ta’lim-tarbiya konsepsiyasi»ning ishlab chiqilishi, Eqosan jamg‘armasining tuzilishi mamlakatda ekologik muammolarni bartaraf etishga kirishilganidan dalolat beradi. Ayniqsa, umum ta’lim maktablarida ham ekologik yo`nilishdagi sinflarning tashkil etilishi, bu asosda litsey maktablarining shakllanishi yosh avlod maktab partasidanoq tabiatga muhabbat ruxida tarbiya berishga astoydil kirishilganini ko`rsatadi. Maktabni bitirib mustaqil hayotga qadam qo`ygan har bir yosh, qanday ixtisos egasi bo`lishidan qat’iy nazar, ekologiya va tabiatni muhofaza qilishga oid nazariy va amaliy bilimlarga ega bo`lishi kerak.
Tabiatni muhofaza qilish xozirgi zamonning asosiy masalalaridan biri bo`lib qolganini o`quvchi ongiga 1-chi navbatda singdiriladi. Haqiqatan tabiiy boyliklardan haddan tashqari darajada ko`p foydalanish, yangi yerlarni rejasiz o`zlashtirish oqibatida ekologik muvozanat keskin o`zgardi, atrof-muhit ifloslandi. Ayniqsa paxta yakka xosimligi, qishloq xo`jaligining noto`g‘ri rejalashtirish, kimyoviy o`g‘itlarni me’yoridan ortiq ishlatilishi tabiat muammolarini ko`payishiga sabab bo`ldi. Bu xolat hayvonot olamiga ham o`simliklar dunyosiga ham o`zining salbiy ta`sirini ko`rsatmoqda.
Keyingi 30 yil ichida tabiiy boyliklardan shunchalik ko`p foydalanilganki, bu butun insoniyat tarixi davomida foydalanilgan tabiiy boyliklarga tengdir.
Demak jamiyatni iqtisodiy rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo`lsa uning tabiatga ta`sir etish darajasi ham shunchalik ko`p bo`ladi.
Aholi sonining tez o`qib borishi natijasida ekologik muammolar ham ko`payib bormoqda. Faqatgina aholini yer suv energetika oziq-ovqat bilan
ta’minlash butun Dunyo bo`yicha global muammoga aylanib bormoqda. Tabiatga zarar keltiradigan ko`pgina zavodlarning osar suvga yaqin joylashganligi sababli suv xavzalari ifloslanmoqda. Markaziy Osiyo xududida yashayotgan fukarolarning salomatligi yomonlashib, kasalliklar ko`payib bormoqda. Orol bo`yi rayonlari Qoraqalpoqg‘iston Rekpublikasi, Xorazm viloyatida turli xil kasalliklar ko`p tarqalmoqda. Shu tariqa yer qirrasida insonning farovon yashashi endi ekologik muammolarni yechiqhga bog‘liq bo`lib qoldi. Ekologik muammolarning ilmiy iqtisodiy, texnik, gigiyenik, yuridik, estetik, pedagogik yo`nalish muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunki ekologik muammo inson faoliyati natijasida kelib chiqadi. Eng muhimi ayni pedagogik-ekologik muammo yo`lga qo`yilsa, boshqa ekologik muammolar yechilishiga zamin yaratiladi. Pedagogik yo`nalishda ekologik ta’lim va tarbiya berish ko`zda tutiladi. Ekologik ta’lim deganda, tabiat bilan inson oraqidagi munosabatni ifodalovchi bilimlarni o`quvchilarga yetkazish tushuniladi.
Ekologik tarbiya atrof-muhit nisbatan munosabat tarbiyasidir. Ekologik ta’lim-tarbiya umumiy ta’lim-tarbiyaning yangi shakli va tarkibiy qismi bo`lib, maktabda barcha fanlar qatori o`qitiladi. Uning bosh maqsadi yosh avlodda atrof-muhitga ongli munosabatni shakllantirishdan iborat.
Ijtimoiy ong darajasi past bo`lgan yuqori tabaqa Xalq uchun ikkinchi darajali bo`lgan Xalqlar ekologik tushkunlikdan osonlikcha chiqib keta olmaydi. Ular tabiat haqida kuyunuvchilar bo`lsayam qilayotgan ishlari bunga ziddir. Ajdodlarimiz bola tarbiyasi masalasiga alohida e’tibor berishga va bu borada ibratli an’analarni vujudga keltirishgan.
Oila davrasida farzandlarga: «Suvga tupurma! Uni iflos qilma, chunki barcha jonivorlar uni ichiqhadi,» «Gullab turgan meva shoxini sindirma, u meva beradi, uni O`zing iste’mol qilasan» deganlar.
O`lkamizning tabiiy O`simliklar dunyosi, ularning foydasi bu boyliklarni muhofaza qilishni yoshlarga uqtirish, ta’lim tizimining asosiy vazifasidir.
Dostları ilə paylaş: |