49-modda Har kim qulay atrof muhitga, uning holati to’g’risidagi ishonchli axborotga ega bo’lish huquqiga ega. Davlat fuqarolarning ekologik huqularini ta’minlash va atrof-muhitga zararli ta’sir ko’rsatilishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Shaharsozlik hujatlarining loyihalari qonunda belgilangan tartibda jamoatchilik muhokamasidan o’tkaziladi. Davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq, atrof-muhitni yaxlishash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Davlat Orolbo’yi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish hamda tiklash, mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish yuzasidan choralar ko’radi.
79-modda
Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’daniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi, ularning jamiyat va davlat xayotida faol ishtirok etishini rag’batlantiradi.
Davlat yoshlarning intelekttual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta’lim olishga, sog’lig’ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlike va dam olishga bo’lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
123-modda
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining vakolatlari quyidagilardan iborat:
Hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy, ma’daniy va ekologik jihatdan rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish
66-modda
Mulkdor o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulkka o’z xoshicha egalik qiladi,undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak