Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi bitiruvchilarining fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi dasturi



Yüklə 46,83 Kb.
səhifə6/9
tarix28.11.2023
ölçüsü46,83 Kb.
#168760
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5630100-Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi

O’simliklar fiziologiyasi. O`simliklar ekologiyasining rivojlanish tarixi, maqsadi va vazifalari, boshqa fanlar bilan o`zaro bog’liqligi va metodlari. Yorug’likning o`simliklar hayotidagi ahamiyati. Issiqlikning o`simliklar hayotidagi roli. Suv-o`simliklar hayoti uchun zarur sharoitlardan biri ekanligi. Havo. Havoning gazlar tarkibi va uning o`simliklarga ta`siri. Tuproq. O`simliklar hayoti uchun tuproqning zarur sharoit ekanligi. O`simliklarning o`zaro bir-biriga ta`siri. Xazonrezgilik va uning o`simliklar hayotidagi ahamiyati. Tinim davri. O`simliklarning hayotiy davrlari va yoshga nisbatan holatlari. O`simliklar to`qimalarining shakllanishi va u jarayonda ekologik omillarning ta`siri. O`simliklar jamoalari. O`simlik jamoalari va ularning turlari tarkibi.

Gidroekologiya va geoekologiya. Gidroekologiya fanining obyekti, predmeti, maqsadi, vazifalari va o’rganish usullari. Gidroekologiya fanining rivojlanish tarixi. Okeanologiya, limnologiya fanlari gidroekologiya fani rivojlanishidagi asosiy bosqichdir. O’rta Osiyoda gidroekologiya fanining rivojlanish tarixiga oid turli masalalar. Biosferada suv zahirasi. Gidrosferaning umumiy tasnifi. Daryolar va ko’llar. Muzliklar, yer osti va gidrotermal suvlar. Suvning kimyoviy va biologik xislatlari, undagi ekologik guruhlar. Gidrosfera tirik organizmlarning yashash muhiti. Suvning asosiy ekologik omillari va ularni organizmlarga ta’sir qilish qonunlari. Suvning kimyoviy tuzilishi. Suvning termik xossalari, evriterm, stenotarmlar. Dengizlarning ekologik omillari va ularning organizmlari. Suvning chuqurligi, neretik va okean zonalari. Neretik zona: subraliteral, litoral. Materik qism: sublitoral. Materik qiyaliklar, okean chuqurliklari: bental: bental, abissal, ultraabissal zonalar. Turkiston daryolarining umumiy tasnifi: gidrologiyasi, gidrokimyosi, gidrobiotsenozi. Ko’llarning umumiy tasnifi: gidrologiyasi, gidrokimyosi, gidrobiotsenozi. Sun’iy suv havzalarining tasnifi va ularning hillari. Suvdan foydalanishning turli yo`llari.


Geoekologiyaning tadqiqod obyekti va predmeti, maqsadi va vazifalari. Geoekologiyaning rivojlanishi va hozirgi holati, geografiya va ekologiya fanlari geoekologiyaning nazariy asosi sifatida. Geoekologiya-geotizmlar xaqidagi fan. Geoekologik konsepsiyalar. Geoekologik tadqiqotlarda amal qilinadigan prinsiplar va yondoshuvlar Geoekologik tadqiqod metodlari. Tabiiy muhitning inson xo`jalik faoliyati natijasida ifloslanishi. Geoekoligik muammolar va ularning yechimlari. Geoekologik baxolash, geoekologik monitoring, O`zbekistonda monitoringni amalga oshirilishi. Geoekologik prognozlashtirish, O`zbekistonda geoekologik vaziyatlarni o`zgarishining prognozi. Atrof-muhitni muxofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning geoekologik asoslari.

Yüklə 46,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin