Iqlim o’zgarishi va ekologik moslashuv.Iqlim va ob-havo tushunchalari, iqlim tizimi va uning tarkibiy qismlari. Meteorologik kuzatuvlar. Meteorologik stantsiya va postlar. Meteorologik elementlar. Iqlimni shakillantiruvchi omillar. Global, regonal va mintaqaviy iqlim. Yer iqlimining o’zgarish sabablari. CO2 va iqlim. CO2 ning havoga tarqalishini qisqartirish imkoniyatlari. Ob – havoga faol ta’sir etish. Qadimiy iqlimlar. Iqlim isishi va bioxilmaxallik. Iqlim isishi va biogeotsenoz. Iqlim isishi va ekotizim komponentlari kompleksi. Iqlim isishi va ekologik nisha. Adaptatsiya (moslashuv) va uning mohiyati. Tabiatning ekologik qonunlari. Iqlim o’zgarishiga moslashuv (O’zbekiston va Qozog’iston misolida). Iqlim o’zgarishi va qishloq xo`jaligi. Kelajak iqlimi.
IV. ATTESTATSIYA SINOVI NATIJALARINI BAHOLASH MEZONI 11. Attestatsiya sinovi bo’yicha talabalar bilimini baholash O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risida”gi Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
12. Attestatsiya sinovi bo’yicha talabalar bilimini baholashda 5 baholik tizim qo’llaniladi.
13. Talabaning Attestatsiya sinovidagi natijalari quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
Talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, o’z bilimlarini amalda qo’llash imkoniyatlarini ochib beradi, topshiriq (mavzu)ning mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda topshiriq (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – “5” (a’lo) baho;
Talaba mustaqil mushohada yuritadi, o’z bilimlarini amalda qo’llash imkoniyatlarini ochib beradi, topshiriq (mavzu)ning mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda topshiriq (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – “4” (yaxshi) baho;
Talaba o’z bilimlarini amalda qo’llash imkoniyatlarini ochib beradi, topshiriq (mavzu)ning mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda topshiriq (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – “3” (qoniqarli) baho;
Talaba mazkur Dasturni o’zlashtirmagan, topshiriq (mavzu)ning mohiyatini tushunmaydi hamda topshiriq (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega emas, deb topilganda – “2” (qoniqarsiz) baho.
14. Axborot texnologiyalarini qo’llash orqali o’tkaziladigan test sinovlarida har bir talabaga 100 (yuz) ta savoldan iborat test varianti taqdim etiladi.
Har bir test variantida mazkur Dasturga kiritilgan fanlarga doir savol (topshiriq)lar nisbati o’zaro mutanosib taqsimotda bo’lishi lozim.
Talaba bilimi Attestatsiya sinovida to’g’ri topilgan test savollari soniga nisbatan quyidagi taqsimotda baholanadi:
86 ta va undan ko’p savollarga to’g’ri javob berilganda – 5 (“a’lo”);
71 tadan 85 tagacha savollarga to’g’ri javob berilganda – 4 (“yaxshi”);
55 tadan 70 tagacha savollarga to’g’ri javob berilganda – 3 (“qoniqarli”);
54 ta va undan kam savollarga to’g’ri javob berilganda – 2 (“qoniqarsiz”).
Test shaklidagi Attestatsiya sinoviga 3 (uch) soat vaqt beriladi.
Test shaklidagi Attestatsiya sinovi talabalar sig’imiga qo’yiladigan texnik talablarga mos, kompьyuterlar bilan jihozlangan o’quv xonalari (hudud)da o’tkaziladi.
15. Talaba baholash natijalaridan norozi bo’lgan taqdirda Attestatsiya sinovilari natijalari Komissiya tomonidan e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 (yigirma to’rt) soat davomida apellyatsiya berishi mumkin.
Talabaning apellyatsiya murojaati universitet rektori buyrug’i asosida tuziladigan Apellyatsiya komissiyasi tomonidan 2 (ikki) kun ichida ko’rib chiqiladi va uning natijasi bo’yicha qaror qabul qilinadi.