25
yil ichida 578 gektarga qisqargan. Urmon maydonining yillik o‘rtacha
qisqarishi
19,3 ga ni tashkil etgan. Keltirilgan ko‘rsatkichlar ko‘riqxona o‘rmon tizimiga
antropogen ta’sir kuchayganligi va suvdan foydalanish tartibi qoniqarsiz
bajarilayotganini yaqqol ko‘rsatadi.
Ko‘pchilik tadqiqotchilar daraxtli to‘qayda uch shakllanishni ko‘rsatadilar:
ular turang‘il, tol, jiydaga oid (Maylun, 1973 y.).
Ularning bari landshaftni
tashkillashtiruvchi jamoadoshlardir. Floraning asosiy qismlariga ariy teragi yoki
xususan turang‘il (Populus ariana Dode), ko‘kimtir terak (P.prunosa Schenka),
jo‘ngari toli (Salix sonqarica), Vilgelm toli (S. wilhelmsiana), ingichka bargli jiyda
(Elaeaqnus anqustifolia)lap kiradi.
Terakning ariy va ko‘kimtir turi Termizdan tortib Amudaryo kuyi qismining
barcha ko‘lamida
kayd etilgan, bunda vodiyning turli uchastkalarida kaysidir bir
turi ustunlik qiladi (Ashirova, 1976 y.). Bu nuqtai nazardan «Baday- To‘qay»
qo‘riqxonasining turli jamoadoshlar shakllanayotgan xududi ma’lum ahamiyat
kasb etadi. Yuqorida nomi zikr etilgan ikkala turning areali O‘rta
va Markaziy
Osiyodan chetga chiqmagan.
Qo‘riqxona to‘qayzorlarini ta’riflaganda, o‘rmonlardagi hamma joyida
turang‘il ustunligi, jiyda va
taroqsimonlar kamroq uchrashi, joylarda Amudaryo
bo‘ylab qatorlab tollar ko‘zga tashlanishini aytib o‘tish lozim.
To‘qaylarning ancha qismi sharq ilonpechagi,
sibir sinanxumi, dala
chirmoviqlar, eron sarsabili va lianalar bilan o‘rilgan. To‘qadda butalar kam,
o‘tsimon o‘simliklar juda yomon rivoj topgan. Bunda eriantus, veynik, imperata singari
qadimgi uchlamchi davr unsurlari mavjud.
Nam joylarda oddiy qamish, qizilmiya, dag‘al kendыr, katta bargizub, lansetsimon
bargizublar uchraydn. Sho‘rxok
erlarda qorabaroq, sho‘rhok ajrigi, turkman svedasi,
dagaljunli yulg‘un va ba’zi joylarda tuzli substraktlar bilan bog‘langan oddiy yantoq o‘sadi.
Dostları ilə paylaş: