va tog‘dagi o‘rmonlarning qisqarib ketishi yovvoyi hayvonlarning qirilib ketishiga
olib keldi.
O‘lkadagi tabiiy ekologik sharoitning yomonlashuvi va inson omilining
bevosita ta’sirida bir vaqtlar tabiatda erkin yashagan turon yo‘lbarsi, qizil tulki,
sirtlon, xachir kabi hayvonlar butunlay yo‘qolib ketdi. O‘rta Osiyo qoploni, old
osiyo qoploni, chipor sirtlon (po‘lta), ustyurt qo‘yi, qora laylak, tuvaloq, shipun
oqqushi, qum charx iloni, o‘rta osiyo kobrasi, uzundum burgut kabi nodir
hayvonlar butunlay tugab ketish xavfi ostida turibdi. Ustyurt qo‘yi, buramashox
qo‘y (morxo‘r), o‘rta osiyo qunduzi, oqqush, yo‘rg‘a tuvaloq, kulanbaur, chipor
kaltakesak kabi hayvonlarning ham tugab ketish xavfi kuchli. Keyingi vaqtda
afg‘on maynasining ko‘payib ketishi oqibatida bulbul, qaldirg‘och, chittak, xatto
chumchuqlar ham ancha kamayib ketdi.
1997 yilda O‘zbekistonda «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan
foydalanish haqida» qonun qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1998 y. 1 apreldagi 139-son qarori bilan «Biologik rang-
baranglikni saqlashning milliy strategiyasi va harakatlar rejasi» ishlab chiqildi.
O‘zbekistonda «Qizil kitob» 1983 yili chop etilgan, unga 22 tur sut
emizuvchi, 31 tur qushlar, 5 tur sudralib yuruvchi va 5 xil baliqlar kiritilgan.
Ularning eng asosiylari: jayron, qoplon, Buxoro bug‘usi - xongul, irbis, Ustyurt
qo‘yi, arxar, oq va qora laylak, burgut, qirg‘iy, boltayutar, lochin, itolg‘i, ov turna,
tuva-loq, bizg‘aldoq, qum chumchug‘i, echkiemar, Osiyo kobrasi, baxri ba-liq,
mo‘ylov baliq, Sirdaryo kurakburuni, shomshapalak, shalpan quloq, ko‘rshapalak,
oq suvsar va boshqalar.
34
3.2. Qo’riqxonalarda uchrovchi turlar
Ba’zi hisoblarga yuksak o‘simliklarning umumiy soni 800-900 dan kam emas.
Bunda O’rta Osiyo tog o‘simliklarining xos belgilari ancha keng ko‘zga tashlanadi.
Qo‘riqxona murakkabgullilar (
Compositae
),
dukkaklilar
(
Lequminosae
),
krestgullilar (
Cruciferae
), ko‘plab boshoqlilar, (
Gramineae
), soyabongullilar
(
Umbelliferae
) va labgullilar (
Labiatae
)ra boy.
Dukkaklilar ichida ko‘psonli astragallar (
Astragalus
) o‘rinlidir, Ularning 70
turi topilgan, buning ustiga ularning 6 tasi G‘arbiy Xisorda, 2 tasi faqat Xisor
qo‘riqxonasida uchraydi.
Faqat qo‘riqxona hududida karraklarning beshta turi uchraydi. Qo’riqxonada
ko‘pchilik endemiklar populyasiyasi yaxshi saqlangan. Xisor qo‘riqxonasining
ayniqsa Toshqo‘rg‘on qishloq maydonida, Qizilsuv uchastkasining quyi
chegaralarida va CHakmonqo‘ydi tog’ massivining Tanhozdaryo va Qizildaryo suv
ayirgichlarida endemik turlar ko‘p ro‘yxatga olingan.
Palearktika chegarasidagi O‘rta Osiyo togpari mustaqil zoogeografik O‘rta
Osiyo Toglari viloya- tini tashkil etadi. SHimoli-G‘arbiy Xisor uning kuyidagi ikki
uchastkasi tutashgan erda joylashgan: G‘arbiy-Tyanshan va Tojikiston. O‘rta
Osiyo tog‘liklari boshqa tumanlaridagi kabi SHimo- li- G‘arbiy Xisorda palsarkgik
fauna elementlari qadimgi O‘rta yer dengizi, Eron-Turon, O‘rta Osiyo, shuningdek,
ancha janubiy hindu-ximoloy va sharqiy-Osiyonikiga mos keladi.
Hudud hayvonot dunyosi kam o‘rganilgan. Lekin, berilgan ma’lumotlarga
ko‘ra umurtqalilarning 268 ta turi xisobga olingan. Qo‘riqxona suv havzalarida
ikki xil baliq, 19 turdagi quruqlik va suvda yashovchi va sudralib yuruvchi
jonzotlar,
Surhon qo’riqxonasi O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan
Buxoro bug‘usini saqlash maqsadida tashkil qilingan edi.
Morxo‘rlar, Buxoro tog‘ qo‘yi, qushlardan: burgut, boltayutar va boshqalar,
shuningdek, morxo‘r va qo‘yni ovlash tasvirlangan jahon ahamiyatiga molik
Zarautkamar noyob arxeologik yodgorligi muhofaza etilgan.
|