TOSHKENT IRRIGАTSIYA VА QISHLOQ XOʻJАLIGINI MEXАNIZАTSIYALАSH MUHАNDISLАRI INSTITUTI” MILLIY TАDQIQOT UNIVESITETI
“ EKOLOGIYA VA HUQUQ ” FAKULTETI “RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUN’IY INTELLEKT” KAFEDRASI “Ma’lumotlar bazasi”
fanidan
1- amaliyot mavzusini mustaqil bajarish uchun NAMUNA (2-kurslar uchun) Mavzu: Ma’lumotlar bazasi dasturlarini o‘rnatish va sozlash (PostgreSQL, Oracle, Microsoft SQL Server)
Fan o‘qituvchisi:
S a m a r q a n d _ 2023 Mavzu: Ma’lumotlar bazasi dasturlarini o‘rnatish va sozlash (PostgreSQL, Oracle, Microsoft SQL Server) Ishdan maqsad: Ma’lumotlar bazasi nima ekanligi haqida talabalarga amaliy ko’nikmalar taqim etish. Ma’lumotlar bazasi dasturlarini o‘rnatish va sozlash jarayonidagi muammolarni hal etish.
Ishni bajarishtartibi:
Barcha berilgan nazariy ma’lumotlarini o‘rganish;
Keyingi amaliyot mavzularini bajarish uchun har bir talaba o‘ziga qulay MBBT tanlash.
Tanlab olingan muhit qulayligi va kamchiligini tahlil qilib muhitni o‘rnatish;
Hisobotni tayyorlash va topshirish.
Nazariy qism Ma’lumotlar bazasi bu — tartiblangan ma’lumotlarni saqlovchi va qayta ishlovchi axborot modeli hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda, bir hil turdagi axborotlarni o‘zida saqlovchi va berilgan so‘rovlar orqali ularni taqdim etuvchi model. Misol uchun, kitoblar javoni, bu ma’lumotlar bazasi hisoblanadi, ya’ni bir hil turdagi (kitoblarni) obyektlarni o‘zida saqlaydi, yoki bo‘lmasa telefon raqamlar yozilgan kitobcha, bu yerda ism, telefon raqam kabi bir hil tipdagi ma’lumotlar saqlanadi, bu ham ma’lumotlar bazasi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi — bu ma’lumotlar bazasini hosil qiluvchi, ma’lumotlarni qayta ishlovchi va qidiruvchi tizim hisoblanadi. Qisqa qilib aytganda, MBBT barcha jarayonlarni amalga oshiradi. Ma’lumotlar bazasi faqat ma’lumotlarni saqlaydi, qolgan barcha ishlarni MBBT bajaradi.
Ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar, SQL so‘rov tillari orqali boshqariladi, bu tilda MBBT’ga so‘rov beriladi, bu so‘rov u yerda qayta ishlanib, natija olish uchun ma’lumotlar bazasiga murojaat qiladi, u yerdan so‘rovga mos ma’lumotni olib, so‘rovga javob beradi: