________________________________________________________________ "Экономика и социум" №4(107) 2023 www.iupr.ru koʻnikmaga ega boʻlgan mutaxassislarni yetishmasligi (61%) mavjud va yangi
texnologiyalar oʻrtasida integratsion aloqalarni sustligi (62%) kabi omillar
toʻsqinlik
qilmoqda. Ishlab chiqarishni raqamli trnasformatsiyasi sohasidagi
tadqiqotlarning natijalariga koʻra (koʻrsatishiga) raqamli texnologiyalar va
boshqaruv usullaridan foydalanayotgan korxonalar oʻz raqobatchilariga nisbatan
26% ga koʻproq foyda koʻrishar ekan. Raqamli texnologiyalashga yetarli darajada
mablag’ sarflagan xolda boshqaruvga kam e’tibor qaratayotgan korxonalarning
moliyaviy natijalari 11% ga past, faqat boshqaruv jarayonini modernizatsiyalash
hisobiga esa faqat 9% ga qoʻshimcha daromad olish mumkin.
Zamonaviy iqtisodiy vaziyat toʻrtinchi sanoat inqilobini boshlanganligi bilan
xarakterlandi. Ushbu inqilob doirasida raqamlashtirilgan “aqilli” korxonalar
tashkil etilmoqda. Bunday korxonalar ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh
boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatini yaratadi. Lekin bugungi kunda
mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalarida ishlab chiqarish
jarayonlariga raqamli texnologiyalarni keng koʻlamda joriy etish jarayoni
qoniqarli darajada emas. Bunga quyidagi xolatlar toʻsqinlik qilmoqda:
- yangi iqtisodiy tartibni tartibga soluvchi qonunchilik bazasining yoʻqligi
yoki uning hozirgi bosqichda sodir boʻlayotgan texnologik oʻzgarishlarga mos
kelmasligi;
- yangi texnologiyalar, iqtisodiy munosabatlar ob'ektlari va sub'ektlari paydo
boʻlishi, kapital shakliga aylangan ma'lumotlar hajmining tez oʻsishi
- malakali kadrlar tayyorlashning yetarli darajada emasligi, inson
kapitalining yetishmasligi;
- katta hajmdagi ma'lumotlar katta miqdordagi axborot oqimlarini va
ma'lumotlarni uzatish, qayta ishlash va saqlashda axborot xavfsizligini ta'minlash
bilan bog'liq xavflarni keltirib chiqaradi;