Klimaks jamoalar (biotsenozlar)ni ularni mavjudlik sharoiti (biotopga) yoki hech bo’lmaganda joyning iqlimiga to’liq mos kelishi bilan tavsiflanadi (iqlimi klimaksi).
|
Klimaks vaqtida suktsessiya rivojlanishi to’xtaydi yoki juda sekinlashadi.
Ko’p hollarda muhit sharoiti antropogen omil ta‘sirida kuchli buzilgandan, jamoa oxirgi davrida klimaksga erisha olmaydi, lekin shunga qaramasdan muvozanat holatgacha rivojlanadi (disklimaks holati). Bunday jamoalar tugunlar jamoasi deb nomlangan.
Tabiiy suktsessiya jamoaning uzi tomonidan boshqariladigan qonuniy jarayondir. Shunday qilib, klimaks davrida ma‘lum vaqt davomida tur tarkibi va faoliyatini saqlab qolgan barqaror jamoa shakllanadi.
Qoidaga ko’ra, jamoalarning (biotsenozlar) suktsessiyali almashinuvi aniq ketma-ketlikda ro’y beradi: masalan, tabiiy suktsessiya 6.4 sxemada ko’rsatilgan.
Boshlang’ich, oxirgi natija va omillar ta‘siriga bog’liq holda suktsissiya – autogenli, allogenli, birlamchi va boshqa shakllarga ajratiladi.
Autogen suktsessiya asosan ekotizimlarning o’zaro ichki harakat ta‘sirida aniqlanadi va uni o’zi paydo bo’luvchi suktsessiya deb yuritiladi. Allogenli suktsessiya ekotizimga kirishda tashqi kuchlar ta‘sirida (bo’ron yongin, vulqon otilishi);. Birlamchi suktsessiya oldin boshqa jamoalar bilan band qilinmagan hududlarda rivojlanadi (masalan, vulqon qoyalarida).
6.4-rasm. Mo’‘tadil iqlim sharoitida jamoalarning tabiiy suktsessiyasi.
Barcha suktsessiyalarni progressiv deb atash mumkin. Lekin ba‘zi hollarda, masalan, iqlim sharoiti harorat va namlik keskin o’zgarganda teskari yo’nalishda jamoalar almashinuvi ro’y beradi. Bunday suktsessiyalarni biz regressiv deb atashni taklif qilamiz.
Bunday suktsessiyaning (aniqrog’i paleosuktsessiyaning) tavsifli misoliga, shimoliy yarim sharning mu‘tadil mintakasida botqoqliklar qatlamiga ko’milgan daraxtlarni keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |