Ekskavatorlar Ko’p cho’michli ekskavatorlar



Yüklə 178,53 Kb.
səhifə2/5
tarix02.05.2023
ölçüsü178,53 Kb.
#106207
1   2   3   4   5
Ekskavatorlar Ko’p cho’michli ekskavatorlar

L Kn (2tgy ■ RJ
Bu yerda:
Vrp - ag’dargich oldidagi sudraluvchi grunt prizmasining geometrik hajmi, m3;
L, N- ag’dargichning uzunligi va balandligi, m;
Y - harakatdagi gruntning tabiiy qiyalik burchagi 20-50°- gacha;
Kn- ag’dargichni to’lish koeffitsientbi. (Kp = 0,85 + 1,3)
K n-gruntni tashish paytida yo’qotilishini hisobga oluvchi koeffitsient
(Kn = 1-0,005);
K^-ish unumiga uchastka qiyaligini ta’sirini hisobga oluvchi koeffi- tsient (5+15%) ko’tarilishda ishlashda (Ku=0,67+0,4 gacha kamayadi), (5+15 %) nishablikda ishlasa (Ku -1,35 + 2,25 gacha ort.);
Kv- buldozerdan vaqt bo’yicha foydalanish koeffitsienti, ( Kv=0,8 0,9);
T -tsikl davomiyligi, s;
Tortish kuchi asosiy parametrlardan biri bo’lib, yuritkichni quvvat i: 50-60; 75;100-300; 140-150; 250-300 o.k bo’lgan traktorlarning tortish kuchi tegishlicha: 1,4; 3; 4; 6; 9; 15 tonna tashkil qiladi.
2 o’qli tyagach uchun: yuritkich quvvati: 16-22; 40-55; 63-75; 90-100; 160-180; 200-300; 375-430 o.k. Tortish kuchi; 0,75; 1,55; 2,25; 4; 6; 9; 15tonna.
Skreperlar o’zi yurar, tirkamali yoki yarim tirkamali zanjirli yoki g’ildirakli traktorga tirkaladigan) yer qazish-tashish mashinasi bo’lib, ular gruntlarni qatlam- qatlam kesish, tashish, to’kish va qisman g’ildiraklari bilan zichlash uchun mo’ljallangan.
Skreperning ish organi pnevmatik g’ildirakka o’rnatilgan cho’mich hisoblanadi. CHo’mich ko’tarish tushirish mexanizmlari bilan jihozlangan. Bu mexanizmlar traktor yoki tyagach yuritkichidan ishlaydigan chig’ir yoki gidravlik yuritma ta’sirida harakatlanadi.
CHo’mich tubining old qirrasiga (butun eni bo’yicha) pichoq
joylashtirilgan, cho’mich ana shu pichok, bilan gruntni kesadi (5.4-rasm).
Skreperlar qurilish maydonlarini muhandislik nuqtai nazaridan tayyorlashda 1-IV guruxdagi gruntlarni qatlamlab kovlash, tashish, qatlamlab to’qish va uni qisman shibbalash, ko’tarmalar hosil qilish, turli inshootlar hamda sun’iy suv havzalari uchun keng handak va boshqa ishlarni bajarishda ishlatiladi. Ular qumoq-qumoq va qora tuproq, gruntlarda yaxshi ishlaydi. Skreperlarning asosiy parametri cho’michining geometrik hajmi (m3) bo’lib, u mashinalarning tip o’lchamlariga asos qilib olinadi. (5.5-rasm).
Skreperning 1 tsikli quyidagicha: gruntni qirqish va cho’michni to’ldirish, cho’michdagi gruntni kerakli joygacha tashib olib borish, gruntni bo’shatish va yoyish, yana avvalgi holatga qaytib kelish.
Gruntni olish paytida gruntga tushirilgan cho’mich 2 ni pichoqlari gruntni qatlamlab qirqadi, bu qirqilgan grunt qatlam qo’zg’aluvchan zaslonkasi 3, ko’tarilgan holda bo’lgan cho’michga tusha boshlaydi. Grunt bu vaqtda cho’michning orqa devoriga qarab harakatlandi. Grunt unga yetib cho’michni to’ldira boshlaganda zaslonka tushib, cho’michga kirayotgan tuproqqacha yetadi. Bog’langan tuproqlarda bu payt burchak a, 70-75% ni tashkil etib, grunt oldingaharakatqilib zaslonka cho’michni oldingi qismini tuldira boshlaydi. Oldingi (zaslonka) qismini tuldirib bo’lgan grunt yuqoriga chiqishga intiladi, go’yo gruntning qaynashi hodisasi ro’y beradi. CHo’michni to’lganini sezgan mashinist
bir vaqtni o’zida zaslonkani berkitib, cho’michni ko’tarib gruntni to’kish joyiga olib ketadi.
CHo’michni bo’shatishda zaslonka 3 ko’tarilib, grunt pasaytirilgan cho’michdan uning orqa devori 5 yordamida majburan to’kiladi, skreper pichoqlari bilan tekislanib, g’ildiraklari bilan qisman zichlab ketiladi. Seriyalab ishlab chiqariladigan traktorga (tyagachlarga cho’michning hajmi 1,5; 3-6; 10 va 15 m3 li tirkama skreperlar va bir o’qda pnevmatik g’ildirakli tyagachlarga o’rnatilgan cho’michning hajmi 4,6,10, 15 va 25 m3 li yarim tirkama skreperlar mavjud.


m3/soat
Skreperlarning ish unumdorligi
Pm= n • q • Kn • 1/Kp
Bunda n-bir soat mobaynidagi tsikllar soni

Bu yerda:
ti -grunt olish vaqti, sek
t2 -yuklangan skreperlar yurish vaqti, sek
t3 -to’kish vaqti, sek
t4 -salt yurish vaqti, sek
t5 -burilish davomiyligi, tezliklar almashib ulash va boshqalarga sarflangan vaqti t5 =30 dan 60 sek.

5.3-rasm. Buldozerlar va almashadigan ish jihozlari.


5.4-rasm. 1-Skreper cho’michining grunt bilan to’ldirish sxemasi. 2-O’zi yurar


skreperlar. umumiy ko’rinishi; ish jihozi.

Yüklə 178,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin