1. Er qazish - tashish mashinalari Er qazish-tashish mashinalari (buldozerlar, skreperlar, greyderlar va avtogreyderlar) yengil va o’rtacha zichlikdagi gruntlarni qatlam-qatlam ishlash va surish uchun xizmat qiladi.
Bu mashinalar yer ishlarini mustaqil ravishda butun majmuasini bajara oladi, ya’ni qirqishi, ma’lum masofaga tashishi va qisman zichlashi mumkin.
Bulardan buldozerlar shahar fuqaro va sanoat, hamda gidroinshootlar qurilishda keng qo’llaniladi. (5.1-rasm).
Buldozerlar traktorlarga yoki g’ildirakli tyagachlarga montaj qilinadigan almashinadigan osma ish organlari hisoblanadi. Buldozer, pichoqli ag’dargich brus yoki rama ko’rinishidagi suruvchi qurilma va ag’dargichni gidravlik boshqarish tizimlarini o’z ichiga olgan baza mashinasining osma uskunalaridan iborat.
5.1-rasm. tayyorlov ishlarida qo’llaniladigan mashinalar
Buldozerlar yordamida qurilish maydonlarini tekislash, ko’tarmalar qilish, turli chuqurlar kovlash, tog’ bag’irlarida terrasalar tayyorlash, boshqa mashinalar tashigan tuproqlarni tekislash, tashish, handaqlar qazish, chuqur, handaq, bino atroflarini to’ldirish, atrofni qor, tosh, qurilish po’latlaridan tozalash va boshqa ishlar bajariladi.
Buldozerning asosiy parametrlari (5.3-rasm) ag’dargichning balandligi va uzunligi asosiy qirqish burchagi ag’dargichni orqadagi burchagi ag’dargichni ko’ndalangiga qiyalatish va planda burilish burchaklari ag’dargichni buldozer tayanch yuza sathidan ko’tarilish balandligi h1, ag’dargichni tushish chuqurligi h2 kiradi.
Buldozer ishlaganda ag’dargich ko’ndalang qiyalatish mashinaning universalligini bildiradi. Buldozerni gruntni qirqish va surishdagi ish unumdorligi n3 = 600 Vrp- Ky K„ K^TU i^/coar;