O'z-o'zini kuzatish mashqlaridan foydalanishning mumkin bo'lgan cheklovlari: Dastlabki bosqichlarda mashqlarni yolg'izlik va sukunat sharoitida bajarish tavsiya etiladi; bunday mashqlar muntazam tayyorgarlikni talab qiladi. O'z-o'zini kuzatishga asoslangan mashqlarning kutilayotgan natijasi: muntazam mashg'ulotlar (bu ko'p vaqt va maxsus jihozlangan joyni talab qilmaydi) ekstremal vaziyatda bir soniya ichida o'z-o'ziga yordam zarurati va tegishli usullarini to’g’ri aniqlashga imkon beradi; onglilik ,aqliy va jismoniy holatingizni boshqarish qobiliyatining ortishi ham mumkin. Nazorat uchun savollar: O'z-o'zini kuzatish jarayonining asosiy bosqichlarini sanab o'ting.
O'zingizni kuzatish jarayonida o'zingizga qanday savollar berishingiz mumkin?
Hissiy kechinmalarning og'zaki nutqini o'rgatish uchun foydalanishingiz mumkin bo'lgan mashqni tasvirlab bering.
O'z-o'zini kuzatish psixologiyaning asosiy usuli qachon paydo bo’la boshlagan?
Qo’shimcha adabiyotlar . G’oziev E.G’. Umumiy psixologiya. - T.: O’qituvchi, 2010.